01:39
Tug'ish

Tug'ish bu normal fizioligik
jarayon bo'lib, unda bachadondan
tabiiy tug'ish yo'llari orqali
homila , homila oldi suvlar va
yo'ldoshning itarib chiqilishi
tushuniladi.
Odatda tug'ish homilador bo'lgan
oydan boshlab 10 akusherlik
oydan keyin yoki 280 kun (oxirgi
hayz ko'rishning birinchi kunidan
boshlab u yoki bu tomonga 2
haftagacha surilishi bilan, yoki
38-40 hafta) dan so'ng sodir
bo'ladi. Bu davrga kelib homila
yetuk bo'lib, bemalol
bachadondan tashqi muhitda
yashay oladi. Bunday tug'ish "o'z
vaqtida bo'lgan tabiiy tug'ish" deb
ataladi. Agar tu'gish 28 haftadan
37 haftagacha sodir bo'lsa,
bunday tug'ish "muddatidan oldin
tug'ish" deb ataladi. Agar
homiladorlik 42 haftadan oshib
ketsa, bunda "homiladorlik
muddatidan o'tib ketgan"
hisoblanadi.
Tug'ish jarayonini ko'rib
chiqamiz:
1. Tug'ish alomatlari davri - bu
davr tug'ishdan 1 oy yoki ikki
hafta oldin namoyon bo'ladigan
alomatlardan iborat. Bu
alomatlarga quyidagilarni
kiritishimiz mumkin:
- qorin tushishi (qoringa
qaraganda past tomonga tushib
qolgani seziladi);
- homila oldi suvlarning
kamaygani;
- bachadon kanalidan qopqoqning
ajralib chiqishi (odatda kam
miqdordagi qonli suyuqlik
ko'rinishda bo'ladi);
- onaning vazn yo'qotishi yoki
vazni ortmasligi kuzatiladi;
- qorin tagida regulyar bo'lmagan
pastga tortuvchi og'riqlarning
paydo bo'lishi kuzatiladi.
2. Dastlabki davr - bu davr aynan
tug'ish jarayoni boshlanganidan
dalolat berib, odatda 6-8 soat
davom etadi (ko'pi bilan 12 soat).
Bu davrda qorin tagidagi
noregulyar og'riq boshlanib,
sekin-sekin muntazam ravishdagi
og'riqlarga(to'lg'oq) o'zgarib
boradi. Bunda bachadon yo'llari
yumshayadi va homilaga yo'l
ochiladi. To'lg'oqlar regulyar (har
15 daqiqadan boshlanib bir necha
soniya oralig'ida bo'ladi) bo'lsa,
homila chiqishga tayyorligidan
dalolat beradi. Tug'ish jarayoni
ana shu to'lg'oqlarga bog'liq.
Chunki ular bachadon qisqartirib,
homilani itaradi. Shunda
bachadon suvlari oqa boshlaydi,
agar qon aralashsa, demak
bachadon yo'li qopqog'i ajralib
chiqqan bo'ladi.
3. Uchinchi bosqich - bu
bosqichda to'lg'oqlar muntazam
bo'lib, ular orasidagi vaqt kamayib
boradi (bir daqiqadan bir necha
soniyagacha). To'lg'oqlar
kuchayadi. Bu jarayonda
bachadon yo'llari qisqaradi.
Ayrimlarda bu davr tez o'tsa,
ayrimlarda cho'zilib ketishi
mumkin. Bunda bola pastga asta
sekinlik bilan tushib borayotgani
kuzatiladi. Bola to'lg'oqlar orasida
harakatlanadi.
Birinchi tug'ayotganlarda bu
bosqich 8-12 soatga, boshqalarda
esa 7-8 soatgacha cho'zilishi
mumkin.
4. Nihoyat bachadon yo'li 11 sm
gacha ochilgan bo'lib, aynan
tug'ish jarayoni boshlanadi. Bunda
bolani ona tanasidan itarilishi
kuzatiladi. Bu bosqichda
to'lg'oqlariga ona tozi va
diafragmasidagi qisqarishlar ham
qo'shiladi. Nihoyat bola itarilib
chiqadi. Birinchi tug'ayotganlarda
1 soatgacha cho'zilsa,
boshqalarda 10 daqiqadan yarim
soatgacha cho'zilishi mumkin.
5. Tug'ishdan keyingi davr -
boladan keyin bachadon
suvlarining, yo'ldoshning va
kindikning chiqishi kuzatiladi.
Tug'ishdan keyin bachadon bir
necha daqiqa jim bo'lib, keyin
asta-asta uning qisqarishi
qaytadan boshlanadi. Qisqarish
jarayoni bachadonni sekin-sekin
o'z holiga qaytishiga olib keladi.
Bu normal, ideal tug'ish
jarayonidir. Yaxshi niyat qilib,
Ollohdan bolajoningizga yengil
tug'ilishini so'rasangiz, Ollohning
qudrati bilan osongina tug'ib,
bolajoningizni bag'ringizga bosib
olasiz.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 17215 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 3.5/4
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama