01:41 Tug'ruqxonaga nima olib borish kerak? | |
Tug'ruqxonaga borishdan oldin tayyorgarlik ko'rish foydadan xoli bo'lmaydi. Ona uchun kiyim: - Kattaroq kiyim, chunki tuqqaningizdan keyin birdan oldingi holatingizga qaytmaysiz, o'shanga oldingi kiyimlaringiz sig'may qolishi mimkun; - Tapochka (tashqariga, bolalni oldiga, vrachni oldiga chiqish uchun kerak bo'ladi); - Issiq paypoq- 2 juft; - Ayollar podkladkasi (ushbu izoh uchun Qizaloqqa minatdorchilik bildiramiz) - Emizish uchun maxsus byustgalter; - Sovuq paytda tug'ayotgan bo'lsangiz gamash; Tug'ayotganingiz haqida qancha kam odam bilsa, tug'ish jarayoni shuncha oson bo'ladi, va aksincha, qancha ko'p odam dardingizni o'ylab siqilsa, dard shunchalik o'g'ir va uzoq bo'ladi. Isbotlanmagan, lekin tekshirilgan fakt. Tug'ruq oson kechishi uchun: - Soat (to'lg'oq vaqtini o'lchash uchun); - Yoqimli musiqali pleyer; - Massaj qiladigan losyon (tug'ish jarayoni cho'zilib ketsa, eringiz yoki yaqinlaringiz belingizni massaj qilib tursa, juda foydali bo'ladi); - Yoqimli yeguliklar: asal, plitkali shokolad, mevalar, sok, eringiz uchun yegulik (bo'lajak otani ham qorni ochib qoladi); Bolani olib chiqish uchun kiyim (agar tug'ruqxonada kiyim berilmasa): - Raspashonka; - Paypoq yoki pinetka; - Adyol; - Ustki ko'ylak yoki rubashka; - Paxtadan tayyorlangan bosh kiyim; - Issiq kombinezon yoki issiq adyol (havo sovuq bo'lganda ustidan o'rash uchun); - Tagliklar; Boshqa kerak bo'ladigan narsalar: - Tish chyotkasi va pastasi; - Taroq; - Ko'zoynak, linzalar; - Kosmetik buyumlar; - Fotoapparat; - Videokamera; - Sug'urta polisi (chet eldagilar uchun); - Telefon; - Ruchka, daftar (yozib olish uchun ko'p ma'lumotlar bo'ladi); - Ko'krakni parvarish qilish uchun maxsus yog' . manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama