01:43
Kesarev kesilishdan keyin tabiiy ravishda tug'ish

Kaserev kesilish yo'li bilan tuqqan
ayollar keyingi homiladorliklarida
tabiiy yo'l bilan tug'ishni istaydilar.
Buning iloji qancha?
Kesarev yo'li bilan tuqqan
ayolning keyingi tug'ishi tabiiy
bo'lish imkoniyati 60-80%ni
tashkil etadi. Bunga ko'plab
faktorlar ta'sir qilib, ulardan biri ilk
tug'ruq kesarev yo'li bilan
o'tkazilishiga bo'lgan sababdir.
Misol uchun, birinchi farzand
tabiiy tug'ilgan bo'lib, ikkinchisi
tug'ilish payti dumbasi bilan
joylashgani sababli kesarev
kesilish orqali tug'dirilgan bo'lsa,
uchinchi homiladorlikning tabiiy
tug'ish bilan yakunlanish ehtimoli
yuqori bo'ladi. Lekin ilk
tug'ayotganda to'lg'oqlar
davomida kuchana olmay, bolani
o'zi tug'a olmagani sababli
shoshilinch kesarev kesilish bilan
bola tug'dirilgan bo'lsa, u holda
keyingi tug'ruq ham kesarev yo'li
bilan yakunlanishi mumkin.
Kesarevo yo'li bilan tuqqan ayolga
ikkinchi homiladorligida tug'ruq
qaysi yo'l bilan o'tkazilishini hech
kim oldindan aniq ayta olmaydi.
Bu narsa faqat rejalashtirilishi
mumkin.
Agar homilador ayol kesarevo yo'li
orqali tuqqan bo'lib, keyingi
farzandini tabiiy yo'l bilan
tug'ishni maqsad qilgan bo'lsa, bu
haqda o'z ginekologi bilan batafsil
maslahatlashishi kerak bo'ladi.
Shunda ginekologning roziligi va
ba'zi shartlarning bajarilishi talab
etiladi.
Bu shartlar:
1. Oldingi tug'ishda bachadon T
yoki vertikal emas, gorizontal
kesilgan bo'lishi kerak. Muhimi
shundaki, qorinda ko'rinadigan
kesilish joyi ba'zida bachadondagi
chok bilan farq qilinishi mumkin.
2. Homilaning chiqish yo'llari
yetarlicha keng bo'lishi darkor.
Albatta buni aniq bilishning iloji
yo'q, lekin ginekolog ko'rik
o'tkazib tahmin qilishi mumkin.
3. Tabiiy tug'ishni rejalashtirgan
ayol bachadonida mioma yoki
shish mavjudligi tufayli jarroxlik
operatsiyasi mavjud bo'lmagan
bo'lishi shart.
4. Homilador ayolda kesarev
kesilish uchun zaruriyat mavjud
bo'lmasligi kerak (Masalan,
yo'ldosh bilan bog'liq muammolar,
shish mavjudligi va boshqalar).
5. Tug'ruq davomida zarur bo'lib
qolsa, kesarevo kesilish
muolajasini o'tkazish va homilaga
kerakli tez yrdam ko'rsata olish
uchun sharoit bo'lishi muhim.
6. Homilaning tug'ish yo'llariga
boshi bilan joylashgan bo'lishi
kerak.
Quyidagi faktorlar kesarevo
kesilishdan so'ng tabiiy tug'ishga
to'sqinlik qilishi mumkin:
Homilador ayolning yoshi
kattaligi;
Homilador ayolning vazni o'ta
yuqoriligi;
Tug'ilayotgan bolaning vazni 4.0
kgdan ortiqligi;
Homiladorlik 40 haftadan o'tib
ketganligi;
Kesarevo yo'li bilan tug'ishdan
so'ng keyingi homiladorlikkacha
bo'lgan muddat 2 yil va undan
kam bo'lishi.
Agar tabiiy ravishda tug'ish
imkoniyati bo'lsa, undan
foydalanish kerak. Chunki bir
necha bor kesarevo kesilishdan
so'ng bo'lgan homiladorlikda
yo'ldosh bilan bog'liq jiddiy
muammolar yuzaga kelishi
mumkin. Undan tashqari tabiiy
tug'ruqdan so'ng ona tez tiklanadi
va qo'shimcha muolajalarga
ehtiyoji bo'lmaydi.
Barcha shartlar bajarilganda
kesarev yo'li bilan tuqqan
ayollarning bachadoni keyingi
tabiiy tug'ruq davomida yorilishi
xavfi juda past bo'lib, bir foizni
tashkil etadi. Lekin yana bir xavf
shundaki, nobodo tabiiy ravishda
tug'ishga ayolning kuchi yetmasa
yoki boshqa tibbiy holatlar tufayli
shoshilinch kesarevo kesilish talab
etilsa, bunday holat rejalashtirilgan
kesarevo jarroxligidan ko'ra
xavfliroq bo'ladi. Bunda homila
salomatligiga ham ziyon
yetkazilishi mumkin.
Shuning uchun tug'ish yo'lini
tanlash borasida hamma
tomonlarni o'ylab qaror chiqarish
lozim.
Muhim!
Rejalashtirilgan
tibbiy muolajalar
shoshilinch
zaruriy bo'lib
yuzaga kelgan
holatlardan
ko'ra xavfsizroq
va asoratsizdir.
Manba: babycenter.com, askdrsears.com.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 5693 | Добавил: XakkeR_Kg | Рейтинг: 3.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан сайтимизни Топдингиз?
Всего ответов: 112
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama