01:46 Erning tug'ish jarayonida ishtirok etishi | |
Hozirgi kunda deyarli barcha mamlakatlarda erning xotini tug'ayotganida birga bo'lishi ko'zda tutilgan. O'zbekistonning ayrim tug'ruqxonalarida ham bunday amaliyot tadbiq qilinmoqda. Er bilan tug'ish yoki tug'maslik bu har bir er- xotinni shaxsiy tanlovi. Agar tug'ish jarayonida birga bo'lishni er-xotin niyat qilgan bo'lsa, u holda er xotiniga qanday yordam ko'rsatishi mumkinligi haqida bilib olish kerak. 1. Erning xotini tug'ayotganida birga bo'lishiga ham o'zining, ham xotinining xohishi bo'lishi zarur. Agar eri bundan bosh tortayotgan bo'lsa yoki xotiniga bu holat uncha yoqmasa, birga tug'ish foyda keltirmaydi. 2. Erkak xotini dard tutayotganda og'ir bo'lib, xotinini qo'ldan kelgancha tinchlantirib turishga qodir bo'lishi kerak. Uning hotirjamligi xotiniga kuch beradi. 3. Er to'lg'oqlar orasidagi vaqt intervalini o'lchab turishni bilishi kerak. Bu haqda oldindan vrachdan so'rab olsa bo'ladi. 4. Er ayoliga nafas olishi, to'g'ri holatda bo'lishig yo'l ko'rsata bilishi kerak. Og'riqdan qiynalayotgan ayolda nafas olish ritmi buzulsa, dard og'irroq kechadi. Ba'zi erkaklar tug'ishda ishtirok etishni istaganlari bilan, aslida tayyor bo'lmasliklari mumkin. Bu esa, tug'ish davomida ayolga qo'shimcha muammolar yaratib beradi. Shuning uchun ayol erini bilgan, eri birga bo'lish kerak yoki kerakmasligini o'zi hal qilishi lozim. 5. To'lg'oqlar orasida ayolning belini va yelkalarini asta massaj qilib turish kerak. 6. Ayolda og'riqlar kuchayotgan paytida unga jismoniy holatini o'zgartirishga, o'tirib olishga yoki aksincha turib yurishga yordam berish lozim. 7. Ayolga yordam bo'lishi uchun uni maqtab turish kerak, qilayotgan harakatlari, kuchanishi to'g'ri va hammasi yaxshi tugashiga ishontirib turish kerak. O'zbekiston shifoxonalarida tug'ish jarayonidagi sharoit chet eldagi tug'ish holatidan ancha farq qiladi. Masalan, O'zbekistonda ayol operatsiya xonasida yengillashsa, chet elda tabiiy tug'ayotganlar uydek bezatilgan shinam xonada tug'adilar. Albatta bu narsa erning tug'ish jarayoniga bo'lgan munosabatiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Buni ham inobatga olishni unutmaslik kerak. 8. To'lg'oq jarayonida ayol so'rayotganini (suv, yordam qo'li, suyukli er yelkasi yoki vrach yordami) tezda bajo keltirish darkor. 9. Yangi tug'ilgan chaqaloqni rasmini olish esdan chiqmasligi kerak. 10. Eson-omon qutilib olgan xotiniga "Rahmat" deyishni unutmaslik kerak. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama