01:49 Tug'ishdan so'ng ayoldagi og'riqlarni kamaytirish yo'li | |
Amerikalik olimlarining fikricha, tug'ishdan so'nggi onaning og'riqlarini kamaytirish yo'li mavjud ekan. Tadqiqodda tug'ish davomida va undan keyin turlicha og'riqlarni his etgan 1200 ayol qatnashdi. Tadqiqodlar natijasi shuni ko'rsatdiki, ona organizmidagi oksitotsin gormoni tug'ruqdan so'ng onani og'riqdan himoya qilib turar ekan. Oksitotsin jismoniy va ruhiy holatni bog'lovchi muhim gormon hisoblanib, tug'ruqdan so'ng ona va bola orasida bog'lanishni hosil qilar ekan, yosh onani esa og'riqdan xoli qilib turar ekan. Shuning uchun bo'lsada, shifokorlar orasida oksitotsin gormoni "baxt gormoni" deb ham ataladi. Muhimi, oksitotsin gormoni emizish jarayonida ishlab chiqariladi. Yangi tuqqan onalar aslo emizishdan bosh tortmasalar, og'riq va asabiylik kabi noxush holatlardan xoli bo'lar ekanlar. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama