01:56 Tuqqandan so'ng bel og'rishi | |
Beldagi og'riq ham ma'lum bir kasallikning belgisi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Ma'lumki, ayol tanasining tuzilishi ortiqcha zo'riqishga yo'l qo'ymaydi. Tana skeleti, mushaklar va boylamalar faqat homilani olib yurishga va uni dunyoga keltirishga moslashgan bo'ladi. Homiladorlik vaqtida organizmga yuklama asta-sekin osib boradi, tuqqandan keyin esa bu muvozanat keskin buzuladi, cho'zilgan mushaklar va boylamalar azaliy holatiga qaytmaydi. Bu holat qandaydir darajada har bir ayolda saqlanib qoladi va hayz ko'rish paytida belda qattiq og'riq paydo bo'lishiga qisman sabab bo'ladi. Jinsiy organlarning noto'g'ri joylashib qolishi, masalan bachadonning qiyshayib qolishi, bachadonning tushib yoki kattalashib ketishi, qoniqarsiz jinsiy hayot kechirish beldagi og'riqlar manbai bo'lishi mumkin. Shifokorlar tuqqan ayollarga maxsus jismoniy mashqlar, ginekologik massaj, fizioterapiya, mushaklar massaji, muntazam jinsiy hayot va jismoniy yuklamalarni kamaytirishni tavsiya qiladilar. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama