23:25
Yosh bola bir zumga katta hayotga o‘tib qolsa, ota-onasiga yozishi mumkin bo‘lgan so‘zlar

Men bilan
munosabatingizda
kuchingizni
ishlatmang; Bu
menga hisob-kitob
faqat kuch bilan hal
qilinishi kerakligini
o‘rgatadi.
Amalga oshira
olmaydigan
ishlaringiz haqida
menga va’da
bermang; Bu sizga
bo‘lgan
ishonchimni
yo‘qotadi.
“Sizni yomon
ko‘raman” – desam
hafa bo‘lmang, bu
haqiqat emas.
Shunchaki menga
qilgan ishingiz
uchun
afsuslanishingizni
istayman.
Men o‘zim
qilayotgan ishda
menga yordam
bermang; Buning
natijasida men
doim sizning
yordamingizga
o‘rganib qolaman.
Xuddi do‘stlaringiz
bilan bo‘lgan
munosabatingiz
kabi men bilan
munosabatda
bo‘ling; Shunda
men ham sizga
do‘st o‘rnida
bo‘laman.
Hammasidan ham
ko‘ra sizni ko‘proq
yaxshi ko‘raman;
Iltimos menga ham
shunday
munosabatda
bo‘ling.
Mening sizga
bo‘lgan
ishonchimni
yolg‘on bilan
sindirmang; Buni
sezib qolsam, men
ham yolg‘on
gapirishga o‘taman.
Meni xato qilishdan
asramang; Shu
bilan men o‘z
tajribamni
oshiraman.
Men savollar
berishni
boshlaganimda,
mendan tezroq
qutilishga
shoshilmang; Aks
holda sizdan
olmagan
javoblarimni
boshqa joylardan
izlashimga to‘g‘ri
keladi.
Sizda qiyin va og‘ir
kunlar ekanligini
men ham his
etaman; Siz bilan
o‘sha vaziyatda
yashashga menga
imkon bering. Siz
menga ishonsangiz
– men ham sizga
ishonaman.
Shunchaki turmush
qurganingiz sabab
emas, men sizning
sevgingizdan
dunyoga
kelganimni bilishni
istayman; Sizning
janjallaringiz esa
mening eng
qo‘rqinchli
xavotirimga sabab
bo‘ladi…
Bu fikrlar Fitness for
Brain saytidan olindi.
Ular maqola
muallifining shaxsiy
fikrlari bo‘lib, men
ularga qo‘shilaman.
Shu bois sizlarga
taqdim etyapman.
Agar siz yuqoridagi
fikrlarni noto‘g‘ri deb
hisoblasangiz yoki
sizda boshqa fikrlar
mavjud bo‘lsa fikr
bildirish orqali biz
bilan bo‘lishing.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2673 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama