03:41 Teng Tengi Bilan ( ONANIZM, QO'L BILAN QONIQISH OQIBATLARI) | |
Mehribon va Raximli Alloh nomi bilan boshlayman. Asta'izubillah: Nur surasi. 3. Зинокор эркак фақат зинокор аёлга ёки мушрикага уйланур. Зинокор аёлга фақат зинокор экак ёки мушрик уйланур. Ва бу (яъни зинокор аёлларга уйланиш) мўминларга ҳаром қилингандир. Bizchi Quronga amal qilayapmizmi? Zino botqog'idan toki qiyomatgacha chiqolmay qolishdan nahat qörqmasak? Hozir kim zino qilmayapti? M.OD.RU saytidan köpincha yoshlar foydalanadi, zino yoshlarimiz orasida, yigit qizlarimiz orasiga odatiy hol bölib qoldi. Zinokor yigitlar foxishaga qancha pul sarflashi, qomatli yosh foxishani topgani, kun ora foxishalarga qatnashini öz tengqurlari orasiga og'iz köpirtirib, maqtanishini qanday izohlash mumkin? Ey burodar san foydalangan foxishadan kunda nechtasi foydalanishini bilasanmi? San qilgan faxsh ishing bilan maqtanib öz oxiratingni kuydirishing haqida hech öylab kördingmi? Begim kuni ish bilan Bobur bog'ini kesib ötayotganimda, ötirg'ichda, qorda ikki "sevishgan" parkni qoq markazida bir birini pinjiga kirib ketkudek yopishib zino qilayotganiga közim tushib, ularga achindim! Sizchi birovni qizi, singlisi bilan sevgi bahona parkda shu ishlarni qilmaysizmi? Axir benikoh bu ishlarni qilishga naxot Robbingizdan qörqmasangiz? Ertaga siz ham kimgadir uylanasiz, va yuqoridagi oyatda aytilganidek u qizdan ham vaqtida kimdir sizdek foydalangan böladi. Zinokorga faqat zinokor yor bölishini Alloh haq kitobida bayon qilib qöyibti. Sizchi qadrli muslima qizlar, el orasida nomahram yigitiz bilan shu ishlarni qilishga uyalmaysizmi? Ertaga siz ham turmushga chiqasiz, eriz töydan söng boshqasi bilan yurishini sezmaysiz, sezsangiz ham aybni erizdan qidirasiz, aslida bilmaysizki ayb faqat özingizda. Yigitlarimizning köpchiligi zinokor, benikoh kim bilandir zino qiladi, ayrimlari yashirim ayrimlari esa oshkora. Ertaga unitma ey yigit, sani xotining ham sandan yashirin öynash topib zino qiladi, san buni sezmaysan, sezsang ham yoki xotiningni bög'izlaysan yoki özingni osasan, amalda bilmaysanki san ham vaqtida zinokor bölganingni. Zino shunchalik ham og'ir gunohki buni jazosi juda og'ir, vaqtinchalik 5 minutli kayfni natijasida butun umring, oxirating azobda ötishi haqida umuman fikr qilamizni? Haqiqiy musulmon zino qilmaydi, san og'iz töldirib men musilmonman, men muslimaman deb jar solasan lekin, Alloh shunday deydi: Asta'izubillah. Muminun sura: 5. Улар авратларини (ҳаромдан- зинодан) сақлагувчи кишилардир. Tushundingmi? Avratlarini haromdan saqlaguvchi kishi bu zinoning yana bir turi, ya'ni yigitlarda uchraydigan ONAMIZM shaxvatparastlik, qalb zinosi haqida aytilmoqda. Bu zino turi ham juda ommaviy bölib ketdi yigitlar orasiga, bu ulkan gunohlardan bölib, qiyomatga katta sharmandalikka olib keladi. Nau'zibillah! Undan saqlanish uchun esa, köz zinosidan tiyilish va röza tutish darkordir. Tavba qiling zinokorlar, Alloh mehribon, Asta'izubillah. Nur surasi: 5. Магар шу (қилмишларидан) сўнг тавба қилиб, (ўзларини) тузатган кишиларгина (фосиқ эмасдирлар). Зеро Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир. Agar yuqoriga ta'kidlangan zinokorlar tavba qilib, poklansa va zinodan qaytsa Alloh kechirguchi, magar bu maqolani öqib, Alloh eslatmasidan yuz burib yana zinokorlikda davom etishsa unda qiyomat kuni ularning ta'na a'zolari qilgan ishlari haqida ularning ziddiga ya'ni zarariga guvohlik beradilar, Qiyomat kuni Asta'izubillah: Yosin surasi: 65. Бу кун Биз уларнинг оғизларини муҳрлаб қўюрмиз. Ва Бизга уларнинг қилиб ўтган ишлари ҳақида — уларнинг қўллари сўзлар ва оёқлари гувоҳлик берур. Endi öylab köring butun insoniyat davrasida, ota-onangiz, xotiningiz, farzandlaringiz, payg'anbaringiz oldida sizni qilgan harom ishingiz, harom sirlaringizni öz jismingiz aytganida, qanday holga tushasiz? Bir öylab köringchi burodar, bu ulkan sharmandalik bölardi. Hali tiriksiz, zinodan qaytib tovba qilishga fursatingiz bor, bu fursat bugun bor, ertaga tirik yurishimizni hech kim kafolatlamaydi. Bugundan foydalanib, özingizni poklavoling yigit va qizlar! Allohning oyat va eslatmasidan faqat kofir qavmlargina yuz burur, siz esa musilmonsiz burodarim. Qiyomat kuni eng baxtli bandalarni aytaymi kimlar, ular yigitlik davrida, ayni shahvati qözigan paytda, shahvatini jilovlay bilgan, taqvoli, zinodan avratini saqlay bilgan böydoq yigitlardir. Qiyomat kuni Allohning Arshini panohida bölur bunaqa yigitlar, ularga jannat hurlari nasib etar, jannat hurlarini Alloh shunchalik ham gözal qilib yaratganki, uning husniga qarab töymaysiz, ularning hidini hidlab töymaysiz, ular taqvoli pok yigitlar uchun haqiqiy baxt va Allohning inomidir. Alhamdulillah! Ey burodar, Alloh mehribon tovba qil, zinodan qayt va jannatdan öz örningni top. Jannat hurlarini, qayodagi fohishaga, qöyningdagi "sevgiling"ga alishma. Toki uylanmaguningcha, avratingni haromdan va zinodan saqla burodar. InshaALLAH Allohning va'dasi haq, pokliging sabab albatta u mukofotlaydi seni. Qizlarimiz ham öz hirsini jilovini bilishsin, avratlarini bekitsinlar va qomatlarini tössinlar. Qizlar ham toki öz juftini topmagunicha pok yursinlar, sevgi degan xomxayolni yig'ishtirsinlar. Albatta zinokor yigitga, zinokor juft, taqvoli yigitga pok muslimalarni Alloh yaratgandur. Kim qaysi yölni tanlashi, öziga bog'liq! Eslatish bizdan, xulosa sizdan, hidoyat esa yolg'iz Allohdandur. Vallohi A'lam! Xurmat bilan, MUSLIM Manba: HAZON.RU | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama