05:21
Homiladorlikda soch bo'yash va boshqa kimyoviy moddalarni qo'llash...mumkinmi?

Ushbu savolga "ha" yoki "yo'q"
javob berishdan oldin, ba'zi
ma'lumotlardan sizni xabardor
etsak.
Homiladorlik davrida soch
bo'yashni istaydiganlar juda ko'p.
Sochni muntazam ravishda bo'yab
yuradigan ayol 9 oy davomida
bundan voz kecha olmaydi.
Sochiga oq tushganlar esa o'zini
bo'yalmagan soch bilan tassavur
qila olmaydilar. Homiladorlik kabi
nozik davrda soch bo'yashning
ziyoni yo'qmikin? "Rivojlanayotgan
bola salomatligiga soch bo'yoqlari
tarkibidagi va umuman boshqa
kimyoviy moddalar salbiy ta'sir
ko'rsatmasmikin?", kabi savollar
bo'lajak onani bezota qilishi ajab
emas.
Afsuski, bu savolga hech bir
tadqiqot ham hech bir ilmiy tajriba
ham aniq javob bera olmaydi.
Homiladorlikda soch bo'yashning
ziyoni chala o'rganilgan desak
adashmaymiz. Ba'zi tadqiqotchilar
uni ziyon keltiradi desalar, ba'zilar
buning homilaga hech qanday
zarari yo'q deb ta'kidlaydilar.
Kimga ishonish kerak?
Ahamiyat bersak, 21 asr
kasalliklarining ko'pchiligi yomon
ekologiya bilan bo'gliq. Atrofda,
har kunimizda, har qadamimizda
bizga kimyoviy moddalar sherik
bo'lib kelmoqda.
Oddiy mineral suvi baklashkasi bir
martadan ko'p ishlatilsa organizm
uchun zararli kimyoviy modda
ishlab chiqishi tasdiqlangan.
Uyimizdagi plastik idishlar,
tekshiruvdan o'tmagan plastik
o'yinchoqlar, plastik uy jihozlari,
remont vositalari, pardoz
buyumlari, tozalash vositalari va
boshqa shu kabilar bizni
organizmni o'ta zararli kimyo bilan
ta'minlab turadi.
Bu vositalarning salbiy ta'siri
albatta bir kunda hatto bir yilda
ham emas, balki yillar mobaynida
yig'ilib namoyon bo'ladi. Shuning
uhun ham "paroben" kabi o'ta
zararli moddaga ega tish
pastasining zararini biz ertasi kuni
his eta olmaymiz va unda tish
yuvishda davom etaveramiz.
Allergik kasalliklar, saratonning
ba'zi turlari, teri va nafas olish
organlari kasalliklarning kelib
chiqishiga va surunkali kechishiga
aynan kimyo sababchi ekanligi
tasdiqlangan. Bu kimyo
organizmda yillar mobaynida
yig'ilib asta sekin o'zini ta'sirini
jiddiy kasalliklarda namoyon
etishdan boshlaydi.
Afsus, hayot tarzimiz shunday
tuzilganki biz bir zumda
atrofimizdagi barcha kimyoni yo'q
qila olmaymiz. Ekobuyumlar,
ekomahsulotlar, ekomebel, ekouy
kabi iboralar endi-endi bizga kirib
kelmoqda. Chunki kimyo inson
uchun naqadar ziyonli ekanligini
barcha anglab yetdi.
Shunday ekan bo'lajak
farzandlarimizni ham 100%
ekologik muhitda, kimyodan xoli
ravishda katta qilish imkoniyatimiz
hozircha yo'q. Lekin imkon qadar
bolaga bo'ladigan kimyo ta'sirini
kamaytirish bizning qo'limizda.
Buni homiladorlik davridan
boshlash zarur. Aynan
homiladorlik payti bolaning organlari shakllanadi hazon.ru saytidan olingan va rivojlanishni boshlaydi. Shu davrda
unga imkon qadar ekologik toza
muhitni yaratib berish kerak.
Ekologik tozalik
bilan oddiy
tozalikni
adashtirmaslik
lozim. Ekologik
toza deganda
tabiiylik nazarda
tutiladi. Oddiy
tozalikka
erishish uchun
esa ba'zida o'ta
kuchli kimyoviy
vositalarni
ishlatamiz.
Bunda tozalik
yuzaga keladi
lekin ekologik
tozalik-tabiiylik
yo'qqa chiqadi.
Soch bo'yash vositalari, sochni
kimyoviy turmaklash, uyni
tozalashda kuchli kimyoviy
vositalardan foydalanish, kraska va
shu kabi kimyoviy moddalar bilan
nafas olishdan oldin bir o'ylab
ko'ring. "Kimyoviy moddalar ona
orqali bolaga o'tmaydi", kabi
tadqiqotlarga ishonib, lekin
bolaning salomatligi bilan tavakkal
qilgan yaxshimi yoki 9 oy chidab
turib, sog'lom bola tug'ilishi uchun
imkon qadar harakatni ayamaslik
yaxshimi?
Manimcha bo'lajak ona qaysi yo'lni
tanlashini bilish qiyin emas. Axir
tug'ilganida teri qizarib
qichishganidan qiynalayotgan
bolani ko'rishdan ko'ra, to'qqiz oy
kimyoviy vositalardan uzoqroq
bo'lib, bola salomatligi uchun
imkon qadar harakatda
bo'layotganingizdan xotirjamlikda
yurish afzalroq bo'lsa kerak.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 11894 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama