05:27 Homiladorlik payti xavotirga solishi kerak bo'lgan 7 holat | |
Ko'pincha homiladorlik muammosiz o'tadi. Lekin har bir homilador ayol homiladorlik uchun xavfli holatlar haqida bilib qo'ygani yaxshi. Quyida homiladorlikda eng ko'p uchraydigan ahamiyattalab 7 holat keltirilgan. Shifokor homilador ayolni kuzatish davomida xavotirga soluvchi holatlarni aniqlash va vaqtida bartaraf etish uchun kerakli analiz , test va tekshiruvlarni muntazam ravishda o'tkazib turadi. Homilador ayol ham o'z holatidan xabardor bo'lib, xavfli alomatlarni shifokorga vaqtida aytib turishi foydadan xoli bo'lmaydi. Bola tushishi Homiladorlikning ilk 20 haftasida bola tushishi ehtimoli mavjud. Barcha homiladorliklarning 10-20 foizi bola tushishi bilan yakunlanadi. Ularning 80 foizi esa homiladorlikning dastlabki 12 haftasida sodir bo'ladi. Ushbu davrda sodir bo'lgan bola tushishining asosiy sabablaridan biri urug'langan tuxumda xromosom nuqsonlar mavjudligidir. Bu nuqsonlar embrion rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va embrion rivojlanmay tushib qoladi. Bola tushishi alomatlariga asosan qon ajralishi va qon dog'larining paydo bo'lishi kiradi. Ba'zida homiladorlikning ilk davrida oz miqdorda qon ajralishi normal holat bo'lishi mumkin. Shunga qaramay homilador ayol o'zida qon ajralayotganini kuzatayotgan bo'lsa, darhol shifokorga uchrashi talab etiladi. Shifokor maxsus tekshiruvlar o'tkazib homila holati haqida aniq ma'lumot bera oladi. Muddatidan oldin tug'ish Agar homilador ayolda homiladorlikning 37 haftasidan oldin bachadon bo'yni ochilishi yoki ingichkalashi kuzatilsa, muddatidan oldin tug'ish xavfi paydo bo'ladi. Agar bola 37 haftadan oldin tug'ilsa u chala tug'ilgan hisoblanadi. Muddatidan oldin tug'ilgan bolaning salomatligida jiddiy muammolar bo'lishi mumkin. Bola normal muddatga qancha yaqin davrda tug'ilsa, shunchalik uning yashay olish va sog'lom bo'lish ehtimoli yuqori bo'ladi. Agar bundan oldingi homiladorlikda bola muddatidan oldin tug'ilgan bo'lsa, bu haqda shifokorga xabar berish va o'ta jiddiy nazoratta bo'lish talab etiladi. Muddatidan oldin tug'ib qo'yish alomatlariga qindan suv ketib qolishi, qon ajralishi, belda qo'yib yubormaydigan og'riq yoki hayz kutilayotgandek og'riq bo'lishi, to'lg'oqlar boshlanishi kiradi. Preeklampsiya Preeklampsiya homiladorlikning 20-haftasidan o'tgach yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holat. Bunda homilador ayol siydik analizida oqsillar aniqlanadi va qon bosimi oshgan bo'ladi. Agar preeklampsiya darajasi yuqori bo'lmasa, sog'lom bolani o'z muddatida tug'sa bo'ladi. Lekin preeklampsiya rivojlanib ketayotgan bo'lsa, u holda homilaga jiddiy zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun bolani muddatidan oldin tug'dirib olish talab etiladi. Preeklampsiya alomatlari: Kuchli bosh og'riq bo'lishi; Qon bosimining oshishi; Qorinning yuqori qismida kuchli og'riq bo'lishi; Yuz, qo'l va oyoqlarning birdaniga shishib borishi; Ko'ngil aynash va qusish; Ko'rish qobiliyatining birdaniga buzilishi; Vaznni keskin oshishi (haftasiga 3.5 kg dan ortiq). Homila oldi suvlarning miqdori kamayishi Homila oldi suvlari homilani himoya qiladi va uning rivojlanishida ishtirok etadi. Homila oldi suvlarnining kamayishiga oligogidramnion deb ataladi. Bu holat homiladorlikning 3 trimestrida paydo bo'lishi mumkin. Oligogidramnion bo'lsa, homilador ayol shifokorning uzluksiz nazorati ostida bo'lishi darkor. Chunki homila to'g'ri rivojlanayotganini keskin tekshirib turish talab etiladi. Homila oldi suvlarining alomatlari aniq namoyon bo'lmay, asosan UTD orqali ko'riladi. Gestasion diabet Homiladorlikning 24-28 haftalari oralig'ida har bir homilador ayol glukoza skrining testini topshirishi kerak. Agar homilador ayolda diabet rivojlanayotgan bo'lsa, u shifokorning jiddiy nazorati ostida bo'ladi. To'g'ri dieta va kerakli jismoniy mashg'ulotlar sog'lom bola tug'ishga yordam beradi. Lekin nazorat qilinmagan diabetlik homiladorlik bola salomatligida jiddiy muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Gestasion diabet asosan alomatlarsiz kechadi, lekin ba'zida ayolda ko'rish qobiliyatining buzilishi, tez-tez chanqoq bosishi, o'ta ko'p miqdorda siyish kabi holatlar kuzatilishi mumkin. Bachadondan tashqari homiladorlik Bunda urug'langan tuxum bachadonda emas, ko'pincha bachadon naylarida rivojlanishni boshlaydi. Agar rivojlanayotgan embrionni jarrohlik yo'li bilan zudlik bilan olib tashlamasa, bachadon naylari yorilib ichki qon quyilish yuzaga keladi va ayol hayoti xavf ostida bo'ladi. Bachadondan tashqari homiladorlik doim homila olib tashlash bilan yakun topadi. Yo'ldoshning oldida bo'lishi Yoldosh oldida bo'lishi degani uning o'ta pastda, siydik pufagi oldida joylashganiga aytiladi. Homiladorlikning ilk davrida bu xavfli bo'lmagani bilan, homila kattalashgan sari yo'ldosh yanada pastga tomon tushib qon ajralishiga, natijada bolaning muddatidan oldin tug'ilishiga olib kelishi mumkin. Yo'ldoshning joylashuvi homiladorlikning o'rtalarida UTD orqali ko'riladi. Lekin homila rivojlangan sari yo'ldosh joylashuvini yuqori tomonga qarab o'zgartirishi ham mumkin. Yo'ldoshning oldida bo'lganda qon ketishi kuzatiladi. Bu holat darajasi o'ta jiddiy bo'lsa, bola kesarev kesilish yo'li bilan tug'iladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama