08:07 Jinsiy munosabatlar uchun 3 ingrediyent... | |
Mazali, sizfatli hammaga yoqadigan taom tayyorlash uchun ingrediyentlar yaxshi bo'lishi kerakligi haqida barchamiz bilamiz. Jinsiy munosabatlarga ham 3 asosiy ingrediyent talab etilar ekan. Jinsiy munosabatlar har bir oilada mavjud. Ba'zi oilalarda ular juda yaxshi bo'lsa, ba'zilarda u bora- bora yomonlashishi yoki umuman yo'qqa chiqishi kuzatiladi. Lekin o'zimiz ham bilamiz, tadqiqotlar ham shuni tasdiqlaydi, jinsiy munosabatlar bizga ham jismonan ham ruhan juda kerakdir. Jinsiy munosabatlar oddiy, ehtirossiz, sust, boy, qiziqarli, yoqimsiz, yoqimli, ideal yoki boshqacha bo'lishi aynan quyida keltirilgan ingrediyentlarning kamligi, ko'pligi yoki umuman mavjud ekanligiga bog'liq ekan. Bir restoranda oddiy yapon salati o'ta mazali bo'lsa, boshqa bir restoranda xuddi o'sha yapon salati biroz bemazaroq bo'lishi mumkinligini bilamiz. Bunga sabab, bir tomondan, oshpazning mahorati bo'lsa, boshqa tomondan, salatga solingan ingrediyentlar va ularning miqdoridir. Jinsiy munosabatlarda oshpaz rolini er-xotin o'ynaydi. Ya'ni ularning mahorati munosabatlarni yaxshilaydi yoki yomonlaydi. Lekin salatdagidek singari jinsiy munosabatlarni ideal qilish uchun ham oshpazdan tashqari ingrediyentlar ham kerak. Agar jinsiy munosabatlar sustlashib, sifati buzilib, "mazasi" qo'lmayotgan bo'lsa, demak kerakli asosiy ingrediyentlardan birining o'zi yoki miqdori yetishmayapti. Ideal jinsiy munosabatlar uchun 3 ingrediyent talab etiladi. Ushbu ingredientlar ba'zida bir-birini o'rnini bosib turishi mumkin. Lekin ideal tarzda ular har doim birgalikda bo'lgani muhim. 1-ingrediyent - Salomatlik Er-xotin jismonan va ruhan sog'lom bo'lishi jinsiy munosabatlar uchun eng kerakli omildir. Jinsiy ojizlikning asosiy sabablaridan biri organizmda biron kasallikning mavjudligidir. Ayollarda jinsiy munosabatga bo'lgan sovuqqonlikni negizida ham ba'zida jinsiy a'zolar hazon.ru saytidan olingan bilan bog'liq kasalliklar yotadi. Muntazam ravishda kerakli miqdorda jinsiy munosabatda bo'lish uchun er-xotinning sog'lom hayot tarzida yashashi muhim. Undan tashqari er- xotinning ruhiy salomatligi ham ushbu ingrediyent tarkibiga kiradi. Ruhan sog'lom insonlar jinsiy munosabatlarda qiynalmaydilar. 2-ingrediyent - Muhabbat Muhabbat deganimizda faqat yosh er-xotin orasidagi ehtirosli muhabbatni emas, balki yillar mobaynida er-xotin orasida tobora ortib borayotgan mehr, ishonch, minnatdorchilikni ham nazarda tutamiz. Albatta muhabbatsiz ham hayotda minglab jinsiy munosabatlar mavjud. Lekin bizning ingrediyentlar aynan sifatli, "mazali", ideal jinsiy munosabatlar uchun kerakligi haqida unutmaylik. 3-ingrediyent - Ishonch Birinchidan, erkak yoki ayol jinsiy munosabatlarda o'ziga ishongan bo'lishi kerak. Ya'ni o'z jismoniy ko'rinishiga, sevilishiga, himoyalanganligiga, hurmat qilinayotganligiga ishonishi talab etiladi. Shunda bu munosabatlarga u uyalmay oson berilib ketadi. Undan tashqari o'z turmush o'rtog'iga ham ishonishi kerak. Turmush o'rtog'ining mehri, unga bo'lgan saboq.org saytidan olingan munosabati, unga istagini eta olishi, istakni bajara olishiga bo'lgan ishonch ham ushbu ingrediyentimiz tarkibida mavjud. Mana shu oddiygina 3 ingrediyentning mavjudligi jinsiy munosabatlarni ideal tarzda turmush davomida kechishiga sababchi ekan. Aynan shu ingrediyentlardan birining yetishmovchiligi yoki miqdorining kamligi jinsiyi munosabatlarning sifati tobora salbiy tomonga o'zgarib borishiga ta'sir ko'rsatadi. Bu ingrediyentlar qo'shilmagan jinsiy munosabatlar ham juda ko'p. Lekin ularning muddati naqadar qisqa va ma'nosiz ekanligini hayot ko'rsatmoqda. Agar oilada jinsiy munosabatlar asta sekinlik bilan salbiy tomonga o'zgarib borayotgani sezilsa, yuqoridagi 3 ingrediyentlardan qaysi birini qo'shib qo'yish yoki miqdorini oshirib qo'yish kerakligi haqida tahlil qilib ko'rish kerak. Kerakli ingrediyentni doim nazorat ostida ushlab, kerak bo'lsa qo'shib yoki miqdorini oshirib turish ideal jinsiy munosabatlardan turmush davomida bahramand bo'lishga imkon beradi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama