22:17
Qachon o'zgaradi?

Oilada ahillik bo'lishiga
qaramay,
er-xotin orasida bir-biriga
nisbatan shunday savol
tug'ilishi
ko'p uchraydigan holat. Qachon
o'zgaradi, axir?
Erkak va ayolni bir-biriga jalb
qilishda xarakter va
temperament katta ahamiyat
o'ynaydi.
Erkak va ayol biron sabab bilan
turmush quradi. Boshidan yoki
boshida bilinmay, yillar o'tib er
xotinida, xotini esa erida
yoqimsiz jihatlarni ko'ra
boshlaydi.
Misol uchun, erining
paypoqlarini
har joyga tashlashi xotiniga
yoqmaydi, biron joyga
ketishdan
oldin xotinining uzoq vaqt
pardoz-andoz qilishi eriga
yoqmaydi. Shu kabi jihatlarni
juftliklar bir-birida to'g'rilashga
harakat qiladi.
Erkak xotinidagi o'ziga yoqmas
jihatlarni to'g'irlash niyatida
bo'ladi, xotini esa erida. Bu
jarayon biron janjal bilan
o'tmaydi, aksincha, bu tanbeh
va
yo'riqlar kun mobaynida,
suhbatlashish yoki biron uy
ishlari bilan band bo'lgan
holatlarda, ichida saqlash,
chidash yoki asabiylashish bilan
davom etaveridi. Natijada er-
xotin orasida gap talashish
ko'payib ketadi, xarakter va
odat
esa o'z holicha o'zgarmay
qolaveradi.
U holda erining televizorni
oldida
uxlab qolishlaridan charchagan
ayol yoki xotinining ortiqcha
vazni bilan kurasha olmayotgan
erkak qanday saboq.org
saytidan olingan yo'l tutishi
kerak?
Shu yerda bir latifani aytib
berishni joiz deb bildik: bir
ayolni
burni eriga hech yoqmas ekan.
Har safar eri xotiniga qarab,
"burning juda xunuk, operasiya
qildirishimiz kerak, shunday
qolaversa, men sendan ketib
qolaman", deb aytaverar ekan.
Nihoyat xotini burnini operasiya
qildirishga rozi bo'libdi. Burni
chiroylik bo'ldiyu, o'zi eridan
ketib qolibdi.
Bu bilan nima demoqchimiz?
Har
bir insonning yonida o'ziga
loyiq
inson bo'ladi. Latifadagi
erkakka
ham faqat shu ayol munosib
edi,
burni go'zallashgach u ayolga
bu
erkak munosib bo'lmay qoladi.
Biz har doim o'zimizga loyiq
inson bilan yashaysmiz va
o'zimizga mos munosabatni
olamiz Hayotda ham shunday.
Erkak yonidagi ayolidan
nolivattimi,
uning ko'rinishi, biron harakati,
qilayotgan ovqatlari
yoqmayaptimi, o'ziga nazar
solishi kerak. Demakki, u
shunga
loyiq hayot kechirmoqda. Va,
aksincha, erining
baqirishlaridan,
qo'polligidan charchagan ayol
ham birinchi bor o'ziga nazar
solishi darkor. O'zini pol
lattadek
his qilayotgan bo'lsa, albatta
unda oyoqlarni artadigan inson
topiladi. O'zini qadr-qimmatini
biladigan ayolga munosabat
ham
qadrli bo'ladi.
Turmush o'rtog'ingiz
o'zgarishini
istayotgan bo'lsangiz, birinchi
o'zingiz o'zgaring. Go'zal
bo'lishini istasangiz go'zallikni
ko'rsating, muloyimlikni
xohlasangiz, shirin so'z bo'ling,
saramjonlikni kutsangiz,
yordam
so'rashni o'rganing, hurmat
qilishi kerak bo'lsa, o'zingizni
hurmat qiling.
Bir narsani unutmangki, agar
erkak yoki ayol siz uchun emas
boshqa biron sabab deb
o'zgara
boshlasa, siz ham unga
hazon.ru saytidan olingan mos
ravishda o'zgarishingiz darkor.
Siz turmush qurganda eringiz
yoki xotiningiz qanday bo'lgan
bo'lsa, 2-3 farzand ko'rib, bir
necha yil birga yashagandan
so'ng ham shunday bo'la
olmaydi, u tubdan o'zgaradi.
Ana
shu o'zgarish birgalikda bir
tomonga qarab sodir bo'lishi
lozim. Aks holda, "Men senga
o'ylanganimda bunday emas
eding," yoki "Ilk turmush
qurganimizdagi va'dalaringiz
boshqa edi," kabi gaplar orada
ko'payib boraveradi.
"Qachon o'zgaradi?", deyish
noo'rin, u o'zgarib kelmoqda,
aynan sizga mos ravishda. Yoki
aksincha, sizga mos ravishda
shundayligicha qolmoqda.
Agar sizga turmush
o'rtog'ingizning o'zgarishi
kerak
bo'lsa, "qachon men
o'zgaraman?, deyishdan
boshlang.


manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 3710 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama