03:06 Davolovchi Jinsiy Yaqinlik (1-qism) | |
Jinsiy yaqinlik va muolaja yoki boshqacha aytganda, davolovchi jinsiy yaqinlik haqida «Kama Sutra»da, Nik Dujas, Renni Slinjer, Abu Ali ibn Sino asarlarida va jinsiy yaqinlikka oid boshqa kitoblarda ko‘p yaxshi fikrlar aytilgan. XX asrda bu masala ustida, ayniqsa, doktor Xorsli juda yaxshi dalillarni o‘z klinikasidagi kuzatuvlar asosida keltirgan. Biz ham o‘zbek kitobxonlarini olimning tajribalaridan bahramand etishga, uni asos qilib olishga qaror qildik. Tibbiyotda jinsiy yaqinlik yo‘li bilan turli xastaliklarni batamom davolab yuborish, qaytarish yoki yengillatish mumkinligi isbotlandi. Keltirilgan dalillar hamkasblarning qoshini chimirishiga yoki labini tishlashga majbur qilsa, ajab emas. Bunday kasalliklar ro‘yxati belniig yuqorisi va pastki qismini o‘z ichiga oladi. Bularga semirish, siydik qopi kasalliklari, oshqozon va 12 barmoqli ichak yaralari, oshqozon saratoni, gi¬pertoniya, bavosil yurak urishining tezlashuvi, titrash (tremor), tungi vahima kasalligi, bronxial astma, gush (ekzema), eshakemi, giyohvandlik va alkogolizmga qarshi, uyqusizlik, oyoqning semirib ketishi va boshqalar kiradi. Ovro‘poning hamma madanli suvlari, barcha tropik daraxtlar, Xitoyning barcha shifobaxsh o‘tlari jinsiy yaqinlik vaqtida paydo bo‘ladigan tabiiy suyuqlik (eleksir)larning o‘rnini bosolmasligi aniq. 1. Bel og‘rig‘i. Doktor Xorsli «Umurtqa pog‘onasini silash uni qurib va bujmayib qolishidan saqlaydi» degan iborani ishlatgan bo‘lsa ham, yaxshi jinsiy yaqinlik umurtqa pog‘onasining to‘g‘ri va sog‘lom bo‘lishini ta’minlaydi. Yomon, qoniqtirilmagan jinsiy yaqinlikda esa hazon.ru saytidan olingan buning teskarisi bo‘ladi. Amarillis tili bilan aytganda, «dag‘al, qattiq bo‘yin og‘rigi sovuq jinsiy yaqinlik natijasidir». Ko‘pincha ayollar bo‘yin umurtqa pog‘onasining qattiq og‘rig‘idan saqlanish uchun pishiq matodan maxsus yoqa taqib yuradilar. Rentgen nuri ko‘rsatishicha, umurtqa pog‘onasi ko‘migida va umurtqa pog‘ona oraliqlarida o‘zgarishlar yuz bersa ham, yaxshi jinsiy yaqinlik bu ogriqlarni yo‘q qilib yuboradi. Doktor Xorsli fikricha, umurtqa pogona og‘riqlarini omadli nikoh orqali batamom tuzatib yuborish mumkin. Bu gan, jumladan, bel og‘rigiga ham tegishlidir. Bel og‘rigi hamda bel ostidagi og‘riqdan ko‘pincha jin¬siy hayoti yaxshi bo‘lmagan kishilar shikoyat qiladi. Agar jinsiy yaqinlik yuzaki, qoniqarsiz bo‘lsa, kishi sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatib, to‘xtagan og‘riqlar umurtqa pog‘onasida qaytadan boshlanishi mumkin. Qo‘zg‘alish vaqtida ayolning ham, erkakning ham jinsiy a’zolari qonga to‘ladi, agar jinsiy yaqinlik yaxshi orgazm bilan bo‘shalmasa, umurtqa pog‘onasining pastki qismi, payli bog‘lamlari va mushaklari himoyasini ta’minlovchi mexanizmlar mustahkamligiga zarar yetkazadi. Masalan, qo‘zg‘algan bachadon o‘z og‘irligi va hajmini uch barobar ko‘paytirib, bir soatdan ortiq vaqt tursa, qoniqarli lazzatlanish (orgazm) dan so‘ng asl holatiga 5—10 daqiqa ichida qaytadi. Agar bir jinsiy qo‘zg‘alish vaqti¬da qon bilan to‘lgan bachadonni yana kichik toz bo‘shlig‘idagi hamma organlar bilan hisobga olsak, yengil harakat ham taranglashgan umurtqa pog‘onasiga qanday hazon.ru saytidan olingan og‘irlik berishi o‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladi. Bularning hammasi erkakka ham tegishlidir. Shular e’tiborga olinsa, lazzatlanishning fiziologik foydali bo‘lishiga muvaffaq bo‘lmagan kishilar aql va tanani jinsiy rag‘batlantirishdan saqlashlari yoki biror boshqa chora qo‘llashlari kerak bo‘ladi. 2. Semirish. Ko‘pgina G‘arb mamlakatlaridagi ayollar semirishni xohlamaydilar va semirish erkaklarga sira yoqmaydi degan fikrdalar. To‘ladan kelgan ayolga ham er topiladi, chunki to‘la ayolni yoqtiradigan erkaklar hamma yurtda ham bor. Albatta, turmushga chiqishga, sevgiga, baxtli hayotga va jinsiy yaqinlikka intiluvchi har bir ayol qaddi-qomati kelishgan bo‘lishini istaydi. | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama