03:15 Davolovchi Jinsiy Yaqinlik (2-qism) | |
Azal-azaldan shifokorlar to‘la bo‘lmagan kishilar sog‘lig‘i yaxshi bo‘lishini, qon bosimi past yurishini, uzoq yillar yashashini isbotlaganlar. Semirish o‘z xususiyatiga ko‘ra ikki ko‘rinishda bo‘la¬di: haqiqiy semizlik, to‘lalik va semizlik yoki jinsiy yaqinlikdagi suyuqlikning yig‘ilib qolishi oqibatidagi semizlik. Ba’zi ayollar erini o‘zidan yiroqlatish maqsadida ko‘p ovqat va suyuqlik iste’mol qilib, «menga qarama» qabilida ish tutadilar, jinsiy yaqinlikka moyillik bo‘lganida esa ozadilar. Eridan ajralayotgan ayol, odatda, ko‘p ovqat yeya boshlaydi, unga qarama-qarshi o‘laroq o‘ziga jufti halol topgan ayol tezda parhezga o‘tib, oza boshlay¬di. Umuman, zavqli o‘tayotgan jinsiy hayot buyrakning ishlashiga, siydik qopi tonusining oshishiga sababchi bo‘lib, organizmdagi ortiqcha yuqdan xalos etadi. 3. Oshqozon-ichak kasalliklari. Ko‘pgina erkaklar yaxshi jinsiy yaqinlik saraton kasalligining oldini olib, uni bartaraf etishini va oshqozon faoliyatini yax- shilashini biladilar. Jinsiy yaqinlik yaxshi bo‘lmasligi, oshqozon kislotasining oshishi ertama- kechmi oshqozon yarasiga, yara esa saratonga aylanishiga bir qadam ekanini ham ko‘pchilik biladi. Qoniqarli jinsiy hayot oshqozonda kislotaning oshishi, yara, saraton kabi og‘ir dardlarning oldini olishi mumkin. 4. Bavosil. Bavosilga uchragan kishi ko‘p vaqtini vannada, hojatxonada o‘tkazadi. Yaxshi jinsiy hayot kechiradigan kishi esa vaqtini yotoqxonada o‘tkazadi. Shu bilan u bavosilga qarshi ishlatiladigan shamchadan kasallikning oldini olib qutiladi. 5. Tashvishli, xavotirli alomatlar. Freyd nazariyasi bo‘yicha, bu holat jinsiy yaqinlik frustratsiyasi oqibatida kelib chiqadi. Yurakning tez urishi, terlash, vahimali tushlar ko‘rish, titrash (tremor) kabi xolatlar organizmda kechadigan fizik va kimyoviy buzilishlar oqibatida yoki qalqonsimon bez kasalliklari natijasida bo‘lmasa, unda jinsiy yaqinlik qo‘zg‘alishlari to‘xtab qolishi oqibatida yuzaga kelgan bo‘ladi. Ayniqsa bu holatga ko‘pincha ko‘ngilga yaqin, sirdosh dugonasi yo‘qligi, jinsiy yaqinlik uchun yoqimtoy, sog‘lom erning yo‘qligi sababchi bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda qo‘rquv ostida rag‘batlangan jinsiy qo‘zg‘alish yoki boshqa saboq.org saytidan olingan murakkab holatlar kishilarda surunkali nafas olishning buzilishi, kam quvvatlilik, ko‘krak qafasida siqilish, yurak zo‘riqishi kabi belgilarni keltirib chiqaradiki, bu tibbiyot tilida «nevrotsirkulyator asteniya» deb yuritiladi. Bu kasallik ko‘pincha ko‘p miqdordagi uxlatuvchi dorilar hamda trankvilizator dorilar berib davolanadi, bu do¬rilar kishini ishga yaroqsiz, layoqatsiz qilib qo‘yadi. 6. Allergik holatlar. Yaxshi jinsiy yaqinlik bronxial astma, gush (ekzema), eshakemi kabi allergik kasalliklarning oldini olib, o‘ziga xos davolovchidir. Aloqaning yomon bo‘lishi esa bu xastaliklarni kuchaytirib yuborishi mumkin. Katta yoshdagi kishilarda ko‘proq uchraydigan bo‘g‘in artriti va bod xastaliklari ayollardagi traxomonoz tufayli ajraladigan suyuqlik va yaxshi amalga oshmagan jinsiy yaqinlik natijasida kelib chiqadi. 7. Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari va giyohvand moddalar odamlarni turli kasalliklarga yo‘liqtiradi. Yaxshi jinsiy yaqinlik insonlarni jigar sirroziga mubtalo qiluvchi aroqxo‘rlikning, odamni o‘z quliga aylantiruvchi giyohvandlikiing organizmga salbiy oqibatlarini bartaraf etishda foyda keltirishi mumkin. Lazzat bermaydigan jinsiy yaqinlik er-xotin o‘rtasiga sovuqlik soladi. Asabiylik esa tez- tez chekishga olib hazon.ru saytidan olingan keladi, tamaki tutuni o‘pka saratoni kelib chiqish xavfini tezlashtiradi. 8. Yaxshi jinsiy yaqinlik uyqusizlikning ishonchli va tabiiy dorisidir. Avvalo, yaqinlik to‘g‘risida o‘ylash, kishiga orom baxshida etadi. Biologik yaxshi jinsiy yaqin¬lik tabiiy uxlatuvchidir, u oldiniga sog‘lom mizg‘ishga, so‘ng chuqur uyquga aylanadi. Bu aytilgan holatni qoida sifatida aytadigan bo‘lsak: jinsiy yaqinlikdan keyin er-xotinni to‘shaqda uyqu elitmasa, jinsiy munosabatda qandaydir kamchilik bor. Lekin hammasi yaxshi bo‘lsa, bo‘shashgan tana, oyoqlar va ko‘zga uyqu malham bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, tibbiyotchilar o‘rganayotgan o‘nlab, yuzlab xastaliklar borki, yaxshi jinsiy yaqinliklar ularga ham davo bo‘la oladi. | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama