01:20
Turmush o'rtog'imga maslahat...

Turmush qurganimga bir necha
yil bo'lgani bilan hammasi huddi
yaqindagina bo'lgandek tuyuladi.
Oradan shuncha yil o'tganini
faqat bolajonlarimizning katta
bo'lishi eslatib turadi.
Sevgilim, mening hayotim
mazmuni, umr yo'ldoshim,
qahramonim! Siz bilan butun
umr birga bir yostiqqa bosh
qo'yib yashashni Ollohim nasib
etsin! Sizni baxtli qilish menga
nasib etsin!
Shunday uzun yo'lni birga baham
ko'rar ekanmiz, sizga bir
maslahatim bor qalqonim:
Men bilaman biz baxtli bo'lamiz.
Lekin, umr davomida ko'plab
qiyinchiliklar bizga uchraydi,
ko'plab insonlar yo'limizdan
o'tadi. Ba'zida bir-birimizga hatto
nafrat bilan ham qaraydigan
soniyalar, daqiqalar ham bo'ladi.
Farzandlarimiz ulg'ayadi, o'z
oilasini topib ketadilar. Biz esa
doim yonma-yon, bir-birimizga
suyanchiq, yupanchiq bo'lib
kelamiz. Suyanchiq bo'lish bilan
birga, eng ko'p bir-birimizdan
zarba ham yeymiz. Axir sizga
bo'lmasa kimga zarda
qilaman....axir menga bo'lmasa
kimga jahl qilasiz?
Biz qarindosh bo'lmasligimiz
bilan qondosh bo'lib ketamiz.
Yo'q, undan ham yaqinroq, biz
birdek bo'lamiz. Bir birizmini
qoplab turuvchi birlik.
Vaqt o'tadi, yoshimiz ulg'ayadi,
shu damda biz uchun qadriyatlar
o'zgaradi. Yoshlikdagi niyatlar
bilan yoshi ulg'aygan
insonlarning niyati tubdan farq
qiladi. Lekin shunda ham bu
niyatlar bizni birlashtirib turadi.
Ming afsus dunyo yomonlikdan
xoli emas. Balki shunday damlar
bo'ladiki, siz mendan ranjib hazon.ru saytidan olingan umringizdan afsuslanarsiz, men
sizdan nafratlanib yoningizda
o'tkazgan hayotimga
achinaman...1 soniyagadur, 1
daqiqaga....
Hiyonat, sabrsizlik, nodonlik,
tuxmat yana ko'plab salbiy
omillar bizning tuyg'ularimizga
xavf solish ehtimoli bo'ladi.....
Dilimiz og'riydi, ko'zlarimiz
yoshlanadi, armonlar paydo
bo'ladi.....
Shunda borlig'im mani sizga
maslahatim: mening ko'zlarimni
doim yodingizda tuting.
Yo'qligingizda yo'llarizga
termulgan, borligingizda sizni
ko'rib turib sog'ingan,
suyganingizda sizga to'ya
olmayotgan ko'zlarimni aslo
unutmang! Ko'z aldamaydi. Hatto
eng yomon so'zlar, eng alamli
gaplar tildan chiqayotgan paydi,
ko'zlarimni unutmang. Ko'zimda
dilimdir. Dilim esa sizni deb
yashaydi.
Tilim kechirmasa ham, tilim
ranjitsa ham, tilim qalbingizni
og'ritsa ham unga ishonmang.
Chunki sizni dilim sevadi. U esa
ko'zlarimda namoyon.
...Sizni sevaman, dildan
sevaman...hayotim mani!

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 3513 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama