01:49 Emizayotgan payti dori ichish | |
1. Dori ichishdan oldin o'zingizga savol berib ko'ring: - Bolaga bu dori zarar keltiradimi? - Dori tufayli ko'krakda sut miqdori kamaymaydimi? - Davolanishga bo'lgan ta'siri bir xil bo'lib, zarari kamroq dori mavjudligini surushtirib ko'rdingizmi? - Dori ichish vaqtini emizish vaqti bilan turlicha qilish imkoniyati bormi? Ko'pincha vrachlar emizuvchi onalarga dori yozayotganda dorining bolaga zarari haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmay vaqtincha emizishni taqiqlab qo'yadilar. Bu esa bola va ona uchun qo'shimcha muammolar keltirib chiqaradi. Chunki emizish to'xtatilgach ko'krakka sut kelishi kamayib boradi, undan tashqari bola butilkadan ovqatlanishga o'rganib, ko'krakni olmay tashlab yuborishi mumkin. Nima qilish mumkin? 1. Haqiqatan ham siz shu dorini ichishingiz shartmi? Masalan, shamollagan bo'lsangiz oyoqlaringizni issiq suvda ushlab, malina, limon choy ichib, ko'p suyuqlik ichib shamollashni yo'q qilish imkoniyati bor. Juda bo'lmasa, bir komponentli dorini ichish bir necha komponentli dori ichishdan ko'ra havfsizroq. 2. Muolajani boshqa vaqtga surish iloji bormi? Masalan, bir diagnostik muolaja kerak bo'lib qolishi mumkin, rengen yoki rejalashtirilgan operatsiya. Agar bola biroq katta bo'lgunga qadar kuta olsangiz muolaja vaqtini surganingiz ma'qul. Yangi tug'ilgan chaqaloq faqat ona sutini emgani uchun ona qabul qilgan dorilar miqdori bolaga ko'proq o'tib zarari ham kattaroq bo'ladi. Olti oylardan so'ng bola boshqa ovqatni ham iste'mol qilishni boshlaganda muolajalarni boshlash zararsizroq kechadi. 3. Dori tanlayotganingizda sutga o'tish darajasi pastini tanlang. Doim vrachlarga bola emizayotganligingiz haqida xabar bering. Imkoniyat bo'lganda dorini ichmay, zararlangan joyni o'zini davolang. Masalan, yara bo'lsa maz' yoki kremni yarani o'ziga surib, qo'shimcha dori ichmaslikka harakat qiling. 4. Dori ichish vaqti bilan emizish vaqtini bir vaqtda qilmang. Vrachdan dorini qonga surilish vaqtini aniqlab oling (bunda dori ona sutida yuqori miqdorda bo'ladi). Ko'p dorilarning qondagi eng yuqori konsentratsiyasi qabul qilingandan so'ng 1-3 soat ichida bo'ladi va 6 soatdan so'ng umuman qondan chiqib ketadi. Shuning uchun: - Dori ichishdan oldin bolani emizing; - Keyingi 1-2 martalik ovqatlantirish uchun sutingizdan sog'ib olib qo'ying; - Dorini iloji boricha bolaning eng uzoq uyqusi oldidan qabul qiling; - Agar bola dori qabul qilganingizdan so'ng 3-6 soat ichida emgisi kelsa, olib qo'ygan sutingizdan bering. Yuqoridagi maslahatlar sizga dori ichishingizda yo'l-yo'riq bo'lishi mumkin bo'lib, asosan oddiy kasalliklarni davolashda qabul qilinadigan va ko'p uchraydigan dorilarda qo'llashingiz mumkin. Ayrim kasalliklarda, masalan, radioaktiv dorilarni qabul qilish kerak bo'ladi. Bunda dorining ona qonidan chiqib ketishi uchun 24 soat kerak bo'ladi. Shuning uchun dori yozayotgan vrach bilan bamaslahat ish tuting. Tarkibida quyidagi moddalar mavjud bo'lgan dorilarni Emizish davrida aslo qabul qilish mumkin emas. 1-fenilciklogeksil piperidin gidrohloride amphetamine rakka qarshi dorilar narkotik moddalar metotreksat mysoline nikotine manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama