02:02
Chaqaloqlarga massaj qilish

Tadqiqodlarning
ko'rsatishicha,
massaj
bolani
rivojlanishiga,
hulq-
atvoriga
juda
ijobiy
ta'sir
ko'rsatar
ekan.
Bola
massaji bu avallo terini teri bilan
munosabatni ta'minlaydi, bu
munosabat esa ona va bolaning
o'zaro aloqalsini
takomillashtiradi, bir birlarini
yanada osonroq tushuna olishga
yordam beradi.
Albatta ayrim hollarda massaj
tibbiy tavsiya etilgan bo'lishi
mumkin. U holda bolangizga
maxsus vrach tomonidan massaj
qilinadi. Lekin agar chaqaloq
sog'lom bo'lib, vazni yaxshi
bo'lsa unga ham massaj juda
foydali. Bunday bolalarga
massajni onaning o'zi qilishi
mumkin. (bolaga massaj qilish
VIDEOdasturi)
Massaj shunchaki bolaga yoqimli
bo'lishidan qat'iy nazar, u bolani
yaxshiroq rivojlanishini va
o'sishini ta'minlaydi. Ayrim
mamalakatlarda bolaga ona
massaj qilmasa, bu katta xato
deb ta'kidlanadi. Massajning
qiziqarli tomoni shundaki, massaj
olgan bola tezroq o'sib, yaxshi
rivojlanadi. Nega?
1. Bolani silaganda bola
organizmida o'sish uchun kerak
bo'lgan maxsus moddalar ishlab
chiqariladi. Masalan, vaqtidan
oldin tug'ilgan chaqaloqlarga
massaj qilganda ularning vazni
47%ga ko'proq o'sayotgani
kuzatilgan. Hayvonlar ham
bolasini tili bilan yalab massajga
o'xshash harakatlarni amalga
oshiradilar. Yangi tug'ilgan
kuchuk bolalarini onasidan
ajratib, yalashdan cheklab
qo'yganda, bu kuchuk
bolalarining o'sish darajasi
pasayib ketgan.
Aynan mehr bilan bola
silanganda uning o'sishi
ta'minlanadi.
2. Yana bir tadqiqodning natijasi
ko'rsatishicha, masaj nafaqat
tanani o'sishiga yordam beradi,
balki miya rivojlanishiga ham
katta ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan.
Tadqiqodchilar aytishicha,
chaqaloqni silab massaj qilganda,
unda mielin moddasi ajralib
chiqar ekan. Bu modda esa miya
rivojlanishi uchun foydali ekan.
3. Bolaga massaj qilish uning
hazm qilish tizimini rivojlanishiga
ham foydali. Bolani silab, massaj
qilib tursa uning hazm qilish
tizimi yanada yaxshiroq faoliyat
ko'rsatar ekan, qorin og'rish kabi
muammolar yo'q bo'lar ekan.
4. Massaj bolaning xulqini
yaxshilaydi, bolani silab, mehr
bilan massaj qilsa u o'zini suyukli
deb his qilib xulqi yaxshilanar
ekan. Uyquga qiyin ketadigan
bola esa massaj yordamida
yaxshi uxlar ekan.
5. Massaj bolani o'ziga bo'lgan
ishonchini oshiradi. Bolani sevib,
mehr bilan massaj qilsangiz bola
o'z kerakliligini his etar ekan.
6. Massaj qilayotgan ota-ona
massaj orqali bolasini yanada
yaxshiroq o'rgana oladi.
Massaj qilishda bolangizga quloq
soling. Qilayotgan harakatlaringiz
juda mayin va mehrga to'la
bo'lmog'i lozim. Boshida
oyoqlaridan boshlab sekin-sekin
qorin, qo'l va beliga o'tishingiz
mumkin. Chaqaloqlarda asosan
silash va asta-asta ezib qo'yish
qo'llaniladi. Agar bolangiz
tipirchilab, oyoq qo'llarini
tortayotgan bo'lsa, demak siz
qilayotgan harakat unga
yoqmayapti. Bir oz dam berib
boshidan mehr bilan, iligan
qo'llaringiz bilan massajni
qaytaring. Kunda kamida bir
marta massaj bola uchun zarur.
Borib-borib barmoqlar bilan asta
bosish, asta-asta chimchilash,
mayin urib qo'yish kabi
harakatlarni qo'shib borishingiz
mumkin. Yangi tug'ilgan
chaqaloqning tizzalarini massaj
qilish mumkin emas.
Eng asosiysi, bolaga massaj
qilayotganda bolani ko'zlariga
qarab, u bilan gaplashib
mehringizni ayamang.
Chaqaloqlarga massaj qilish
videodasturini shu yerda
ko'chirib olishingiz mumkin.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6519 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama