23:41 6 oylik bola - rivojlanishi | |
Bola hayotining birinchi yarim yilligi o'tdi. Shu oyda bolaning vazni yana 600-650 grammga, bo'yi esa 2.5-3 sm ga oshdi. Shu davrda ko'pchilik bolalarda tish chiqishi boshlanadi. AKDS emlatishning uchinchi bosqichi amalga oshiriladi. Bolaning miya rivojlanishi jadal sur'at bilan ketmoqda. 6 oylik bola rivojlanishi: 1. O'tira oladi; 2. O'tirganda yiqilmaslik uchun qo'llarini tirab oladi; 3. Bolalar stulida o'tiradi; 4. Mebelni ushlagan holda tura oladi; 5. Yotgan holda ikkala tomonda ag'dariladi; 6. O'yinchoqqa qo'li yetishi uchun yerda yotib, oyoqlari bilan tanasini o'yinchoq tomon siljitadi; 7. Narsani qo'li bilan oladi; 8. O'yinchoqlarni qo'llari bilan ko'rsatadi; 9. Mayda narsalarni barmoqlari bilan ushlaydi; 10. Ko'proq xilma-xilroq tovushlarni chiqaradi; 11. Tovush balandligini o'zgartirib chiqarishni yaxshi ko'radi (eshitish qobiliyati yaxshi bo'lishi kerak); 12. Qattiq kuladi; 13. Chapay chaladi; 14. Kubik o'ynaydi; 15.Kattalar mimikasini qaytaradi; 16. O'yin davomida bir nimalarni o'ylagandek tuyuladi; 17. Taqillatishni xush ko'radi; 18. Sakratishganini yaxshi ko'radi; 19. Qo'shimcha ovqat yeyishni boshlaydi; 20. Stol ustidagi narsalarni tortib olgisi keladi. manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama