23:46
Tabiiy ravishda bo'yni o'stirish yo'llari

Bolaning bo'yi qancha bo'lishi
birinchi navbatda irsiyatda
bog'liq, lekin ba'zi tabiiy yo'llar
bilan bolaning bo'yini balandroq
bo'lishiga erishish mumkin. Bu
haqda Janubiy Koreya
mutaxassislarining ma'lumoti.
Bolaning bo'yi o'sishiga uch omil
bilan ta'sir qilsa bo'ladi:
1-omil - Ovqatlanish.
Oqsilga boy mahsulotlar (qizil
go'sht, tuxum va boshqalar),
yashil rangdagi sabzavotlar va
kalsiy moddasiga boy
mahsulotlar(sut va sut
mahsulotlari, qatiq va qatiq
mahsulotlari, pishloq va hokazo)
bolaning bo'yi o'sishiga ijobiy
ta'sir ko'rsatadi. Bolaning
kundalik ratsionida ushbu
mahsulotlar bo'lishi shart.
2-omil - Uxlash.
Albatta har bir bola uxlaydi, lekin
bo'y o'sishi uchun shunchaki
uxlash emas, balki chuqur
uyquda bo'lish kerak. Uyqu 4
fazadan iborat bo'lib, tun
mobaynida bu fazalar o'rin
almashadi. Ushbu fazalardan biri
chuqur uyqu fazasi bo'lib, shu
davrda bo'y o'sishi uchun javob
beradigan bez faoliyati tezlashib
bo'yni o'stiradigan gormon
yaxshi ishlab chiqariladi. Natijada
bolaning bo'yi o'sadi. Shuning
uchun bolaga chuqur uyquda
bo'lish uchun sharoit yaratib
berish kerak. Kun mobaynida
jismoniy aktivlik bunga as qotadi.
Kompyuter o'yinlarini o'ynash,
televizor ko'rish kabi
mashg'ulotlar chuqur uyquda
bo'lishga to'sqinlik qiladi.
3-omil - Jismoniy mashg'ulotlar.
Har bir jismoniy mashg'ulot ham
bo'yni o'sishiga ta'sir qilmaydi.
Lekin jismoniy mashg'ulotlar
yeyilayotgan kalsiy moddasini
bola organizmiga singishiga
yordam berishi haqida
unutmaslik kerak. Bo'y o'stirish
uchun eng kerakli mashg'ulotlar -
bu prigalkada sakrash, batutda
sakrash va basketbol o'yinidir.
Haftada kamida 5 kun, kamida 30
daqiqa davomida ushbu
mashg'ulotlarni bajarish baland
bo'yga ega bo'lishga yordam
beradi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 23908 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 3.0/2
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama