00:08
Bolam oilada baxtlimi?

Bolaning o'z oilasini chizgan
rasmiga qarab, uning oila
a'zolariga bo'lgan munosabatini
bilib olsa bo'ladi. Undan tashqari
bola o'zini oilada qanday his
etishini ham ko'rish mumkin.
Bolaga o'z oilasini chizib
berishini taklif qiling. Chizish
jarayoniga aralashmaslik muhim.
Rasm tayyor bo'lganda, uni tahlil
qilsa bo'ladi.
Ketma-ketlik: Oila a'zolarining
chizilgan ketma-ketligiga qarab
ularning qay biri bola uchun eng
muhim ekanligini bilsa bo'ladi.
Bola odatda birinchi bo'lib o'zi
uchun eng qadrli va sevimli
insonni chizadi. Agar oila
a'zolardan kimnidur chizish
esidan chiqqan bo'lsa, demak u
inson bilan munosabati yaxshi
emas. O'zini o'rtada chizgan bola,
oilada u sevilayotganini his
qilayotganidan dalolat beradi.
Umuman o'zini chizmay qolsa,
demak u yolg'iz va oila a'zolariga
o'zini kerakmas hisoblamoqda.
Razmer: Chizilayotgan insonning
razmeri qanchalik katta bo'lsa, u
shunchalik bola uchun hurmatga
sazovordir. Oilada
kamsitilayotganini his etgan bola
o'zini kichkina chizadi.
Masofa: Oilada tinchlik-
hotirjamlik bo'lsa, barcha a'zolar
bir-biriga yaqin joylashgan
bo'ladi. Agar oila a'zolari orasida
biron buyum yoki masofa
tasvirlangan bo'lsa, demak ular
munosabatlarida uzoqlik
borligini bola his qilayotganini
ko'rsatmoqda.
Rang: Bola sevadigan narsalarini
iliq yoqimli ranglar bilan bo'yaydi.
Qora rangda bo'yalgan oila
a'zosiga nisbatan bolada nafrat
borligi namoyon bo'lmoqda.
Tana a'zolari: Aniq va to'liq
chizilgan tana a'zolariga ega
inson bola uchun kerakli
ekanligidan dalolat beradi. Agar
oila a'zolaridan birining og'zi
juda katta yoki tishlari bilan
chizilgan bo'lsa, demak u bolaga
ko'p jaxl qilmoqda. Ko'zlarini juda
katta chizgan bola, nimadandur
qo'radi. Qo'llari juda uzun yoki
umuman tasvirlanmagan oila
a'zosi bolaga qattiq kuch
ishlatayotganini yoki uni
psixologik ezayotganligini
ko'rsatmoqda.
Bolaning dili juda nozik
ekanligini unutmaslik kerak.
Vaqt-vaqti bilan unga oila
a'zolarini chizib berishni taklif
qilib, o'z munosabatlaringizga
baho bering. Ularni yaxshilashga
turtki bo'ladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 1717 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama