00:15
Bolani uxlatish: muammolar

Bolani uxlatish juda oson ish
emas. Bola qanchalik charchagan
bo'lmasin, ko'pincha uxlatishga
qarshilik ko'rsatadi. U o'yin va
boshqa uning uchun qiziqarli
bo'lgan faoliyatlarga, qolaversa,
ota-onasiga to'yib olishni
xohlayveradi.
Ota-ona bolani uxlatishda asosan
6 xatoga duch kelar ekan. Aynan
shu xatolar bolani uxlatishda
qiyinchiliklar tug'dirib beradi.
1. Bolani juda kech uxlatish.
Ba'zi ota-onalarning bolani o'z
vaqtida uxlatishga vaqti
bo'lmaydi, ba'zida maktab
yoshidagi bolalar dars va
to'garaklar tufayli o'ynashga
vaqti qolmay kechqurun
o'ynavalib tunga yaqin yotishga
odatlanadi. Yana bir turdagi ota-
onalar bola ko'proq charchasa
yaxshi uxlaydi deb, bolani juda
kech uxlatishni afzal ko'radilar.
Natijada bola uyquga to'ymaydi,
uyquga to'ymaslik esa bolaning
sog'lom o'sib rivojlanishiga salbiy
ta'sir ko'rsatadi. Ikkinchi
tomondan, uxlatish tufayli bola
bilan urush va janjallar ikki
tomonni ham charchatib
yuboradi.
Yechim: bolani har kuni bir
vaqtda, ertaroq uxlatishni odat
qilib oling. Erta uxlagan bola, erta
uyg'onib kun mobaynida tetik
bo'ladi va asabiylashmaydi. Har
kuni bir vaqtda yotishga
o'rgangan bola organizmi ham
borib-borib aynan shu vaqtda
uyquga ketishga odatlanadi.
2. Uxlash uchun qo'shimcha
vositalardan foydalanish.
Bolaga multfilm qo'yib berib
uxlatish ko'pchilik xush
ko'radigan holat bo'lsa kerak.
Bola multfilm ko'rib yotguncha
ota-ona kundalik ishlarini qilib
olishlari mumkin. Hozirgi kunda
televizordan tashqari mobil
telefonlar, radio, har xil
o'yinchoqlar ham uxlatish
vositasini bajarib kelmoqda.
Bunday uxlashga o'rganib
qolgan bola, katta bo'lganda
hayotida biron stress yuz
berganda uyqusizlikka duch
kelishi va uxlash uchun biron
sun'iy vositaga zor bo'lishi
ehtimoli bor.
Yechim: Bola uxlayotganda tinch
joyda, atrofida uni chalg'ituvchi
biron visitasiz, hech qanday
elektron buyumsiz qorong'ulikda,
uxlashga o'rganishi kerak. Bola
uchun tim qorong'ulik emas,
bolalar uchun maxsus tun
yoritkichlari yoqilgan holdagi
qorong'ulik tavsiya etiladi.
3. Uxlash marosimini tashkil
qilmaslik.
O'yin-kulgi, chopish yoki multfilm
ko'rishdan so'ng bola birdaniga
ko'zini yumib uxlab qolishi qiyin.
Uni uyqiga asta sekin tayyorlash
kerak. Chopib turgan joyidan uni
olib karavatga yotqazib "uxla",
deyishdan hech qanday natija
chiqmaydi. Bola asabiylashadi,
xolos. Hatto kattalarga ham
uxlash marosimi talab etiladi.
Yechim: Har kuni bir xil uxlash
marosimini tashkillashtirish
lozim. Tun kiyimini kiyish, tish
yuvish, tungi ertak eshitish yoki
bo'lmasa ota-onaga hayrli tun
tilash kabi marosimlar bolani
asablarini tinchlantirib, uning
organizmi uyquga
tayyorlanishiga yordam beradi.
Bu marosimlar bola aktiv kun
faoliyatidan asta sekin chiqib,
uyquga ketishiga yordam beradi.
4. Charchatish.
Bir ota-ona bolasi uxlab qolishi
uchun mashinga o'tkazib
aylantirar ekan. Bola mashinda
chayqalaverib uxlab qolar ekan.
Yana bir misol, ota-ona bolasi
uxlashi uchun uyqudan oldin uni
charchashi uchun jismonan
aktivlashtirar ekan. Choptiradi,
sakratadi va hokazo. Natijada esa
bola nafaqat uxlashni istamaydi,
balki organizmida aktivlik uchun
javobgar gormonlar ko'payishi
natijasida uxlay ham olmaydi.
Yechim: Faoliyat bolani
uxlatmaydi. Uyqudan oldin har
qanday jismoniy aktivlikni
kamaytirish zarur.
Tinchlantiruvchi o'yinlar, suhbat
yoki kitob o'qish uxlash vaqti
kelishidan oldin eng yaxshi
faoliyat.
5. Bir joyda uxlamaslik.
Kattalarning ko'pchiligi o'zini
karavatidan boshqa joyda uxlasa
yaxshi uxlay olmaydi. Bolalar ham
shunday ekanligini unutmaslik
kerak. Bir kun opasini xonasida,
bir kun ko'rpachada, ertasi kuni
divanda uxlab qolgan bola
uyquga ketishda doim qiynaladi.
Yechim: Bola uchun uning
shaxsiy uxlash joyi bo'lishi kerak.
Bu joyda u faqat uxlashi lozim.
Shunda bu joy unda uyqu
refleksini uyg'ota oladi. Toza,
shinam, bolani chalg'itmaydigan
uxlash joyida har kuni uxlagan
bola, joyiga kirganda uyquga
ketishga odatlanib qoladi.
6. Mos bo'lmagan karavatda
uxlash.
Ota-onaning ko'ziga chiroyli
ko'ringan yong'oq daraxtidan
yasalgan katta karavot, chiroyli
siyoxrang gullar bilan bezatilgan
to'shak choyshaplari yoki zalda
turgan qizil divan bolaning
uxlashi uchun eng yomon joy
bo'lishi mumkin. Yoshiga,
tanasiga mos bo'lmagan uxlash
joyi bolaga noqulaylik keltiradi.
Undan tashqari kunduzi televizor
ko'rilgan divanda tunda bola
uxlashga qiynaladi, chunki
organizmi refleksiv holda
televizor ko'rishga intiladi.
Yechim: Bola uchun qulay,
yoshiga mos uxlash joyi bo'lishi
kerak. To'shak choyshaplarining
ranglari tinchlantiruvchi, bejirim
bo'lgani yaxshi. Imkon qadar
bolaning uxlash xonasi o'yin va
televizor xonadan alohida
bo'lgani darkor.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 3801 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama