00:23
Bolaga baxt kerak

Har bir ota-ona farzandi baxtli
bo'lishini istaydi. Lekin "baxtli
bo'l" degani bilan hamma ham
baxtli bo'la olmaydi. Bolani tabiiy
ravishda baxtli bo'la olishiga
nima yordam beradi?
Yangi tug'ilgan chaqaloq bu
dunyoni onaning ko'zi bilan
ko'radi. Dunyo yaxshiliklari-yu
yomonliklari unga ota-ona uchun
yahshi va yomon bo'lgan
narsalarda ko'rinadi. Bolaga
"Sening ko'zing chiroyli", deb
ota-ona aytsa, "Chiroyli ko'z - bu
mening ko'zim ekan," degan fikr
bilan bola katta bo'ladi. Huddi
shunday boshqa narsalarga ham
bolaning munosabati - bu ota-
onaning munosabatidir.
Shunday ekan bolaga baxt so'zini
qanday anglatish mumkin? Bola
katta bo'lganida baxtli bo'lishni
qaerdan o'rgansin?
Baxt bola uchun ota-onasining
baxtidir. Bola yoshligidan
boshlab qancha ko'p ota-onasini
kulishi, bir-biriga mehrga to'la
munosabati va hursandchiligini
ko'rsa, shu baxt ekan, shunday
yashash kerak degan fikr bilan
ulg'ayadi.
Ota-onaning baxtli ko'rinishi,
tabassumi bola uchun baxt
ma'nosini anglatib beradi.
"Hayotda baxt bor va unga
erishish uchun ota-onamdek
munosabat qurishim kerak",
degan psixologik qarash bilan
katta bo'ladi.
Lekin tez-tez janjallashib
turadigan, ko'zlari mayus va hafa,
ishi va hayotidan noliydigan ota-
onani ko'rib o'sgan bola, katta
bo'lganida huddi shunday tarzda
yashashni o'z oilasiga va
hayotiga olib boradi. Bu
psixologik holat: bola o'z oilasiga
ota-onaning munosabatlarini olib
borishi.
Shunday ekan ota-onalar hech
qachon farzandi oldida
janjallashmaslikka, bir-birini
haqorat qilmaslikka, behurmatlik
ko'rsatmaslikka harakat qilishi
kerak. Hatto orqadan turib
bolaga eshittirib turmush o'rtog'i
haqida yaxshi bo'lmagan
gaplarni gapirish aslo mumkin
emas.
Bola uchun ota ham ona ham
birdek aziz, bir-birini
yomonlaganini yoki ranjitganini
ko'rgan bola birinchi navbatda
bunda o'zini ayblaydi. Natijada
o'ziga bo'lgan hurmati va
ishonchi sina boshlaydi.
Ota-ona farzandiga yaxshi bilim
olish uchun imkoniyat, yaxshi
sharoit va qimmatbaho
o'yinchoqlarni sotib olishi
mumkin, lekin baxt va xotirjamlik
unda tabiiy ravishda bo'lishi
kerak. Buning uchun esa bola
yoshligidan ota-onasining
"baxt"ini ko'rib yashashi kerak.
Bolaning ko'zlarida "baxt" - bu:
onaning kulib yurishi;
otaning asabiy bo'lmasligi;
ota-onaning bir-biriga mehr-
muhabattining namoyon bo'lishi;
ota-ona bir-birini sog'inishi;
ota-ona bir-birini hurmat qilishi
va hokazolar.
Bolaga baxtli bo'lgin deyishni
qaytarishdan ko'ra, ota-ona
bolaning ko'zlarida baxtli yashab
kelishi maqsadga muvofiq
bo'ladi. Shunda farzand ulg'ayib
o'z oilasidan, ishidan, umuman
hayotidan mamnun ekanligini
ko'rish ota-onaning baxti va
yutug'i bo'ladi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 2513 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama