00:36 Bunday qilish mumkin emas | |
Psixologlarning fikricha, bola tarbiyasida bunday qilish mumkin emas ekan. Qanday desangiz, solishtirish. Qo'shnini bolasi ingliz tili o'rganayotgani uchun farzandini ingliz to'garagiga berish, jiyani a'lo baholarga o'qayotganini o'g'liga har doim namuna qilish, sinfdoshi yaxshi natijalarga erishganini ko'rib farzandidan ranjish - ko'pchilik ota-onaga tanish holat bo'lsa kerak. Aslida aynan solishtirish yaxshi tarbiyaga to'sqinlik qilar ekan. Birinchidan, bolani hadeb solishtiraverib uning haqiqiy qadr-qimmatini ko'rmay qolasiz. Qo'shni bolasining matematika bo'yicha a'lo baholarini quvish natijasida o'z farzandingizda aslida mavjud bo'lgan chizish qobiliyatini so'ndirib qo'yasiz. O'z bolangizni o'ylang, uning o'zining yutuqlaridan zavqlaning, birovdan oshgani uchun emas, o'zi ajoyib bo'lgani uchun. Ikkinchidan, bolani birov bilan solishtirganingizda uning yutuqlari yutuqdek emas, balki o'sha qo'shni bolasining baholariga erishilgan natijadek qaraladi. Agar solishtirish bo'lmaganda bolaning natijalari o'zining katta yutug'idek qabul qilinar edi. Masalan, ma'lum bir fandan sinfdoshi 78 ballga ega. Bolangiz o'sha sinfdoshiga yetishni maqsad qilib, 78 ball olsa...uni dildan maqtay olmaysiz. Faqatgina sinfdoshi natijasiga erishganligini ta'kidlaysiz. Bunda qahramon sizning farzandingiz emas, balki o'sha sinfdoshi bo'ladi. Uchinchidan, solishtirishni eshitavergan bola, o'zining siz uchun qimmati yo'q ekanligiga ishonib boradi. "Mening yutuqlarim, mening birovga o'xshashim yoki mening undan oshib ketishimgina ota-onamni xursand qila oladi, men emas", degan fikrga keladi. Bu fikr bolalikda shakllansa, keyinchalik hayot davomida inson o'zining qadr-qimmati haqida past, yomon fikrga ega bo'lishiga olib keladi. Natijada katta bo'lganda biron maqsadga erishishda, sevib-sevilishda muammolarga duch keadi. Ota-ona bolani o'zini sevadi. Lekin bola shunday sevgini his etishi lozim. "Qara anu bolalar jim o'tirishini, sen esa qanaqa topolonchisan", "Nega sen palonchiga o'xshab 5 baho olib kelmaysan", "Qachon qo'shnimiz bolasiga o'xshab medal olib kelasan" va hokazo va hokazo. Bu gaplar bolani qulog'iga kirib dilini yaralaydi. Bolani o'zini seving, bolaning o'zining yutuqlaridan quvoning, bola hech kimga o'xshamasdan aynan o'zining xarakter va qobiliyatiga ega ekanligidan quvonishni biling. Shunda u sevimli ekanligigni, qanday baho olishidan qat'iy nazar uni ota- onasi yaxshi ko'rishiga ishonadi. Psixologlar ishontirib aytadilarki, bunday tarbiya ko'rgan bola bugun bo'lmasa, ertaga albatta sizning ishonchingizni oqlaydi. O'zi, o'z hoxishi bilan, o'zining qobiliyatidan kelib chiqqan holda, lekin bu oqlash dildan va baxtli qalb egasidan chiqadi. manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama