00:18
Jinsiy suyuqlik sababchi bepushtlik

Bepushtlikka olib keluvchi yana bir kichik
faktor - bu ayol bachadon bo'yni suyuqligidir.
Uning kimyoviy va fizik holati erkak urug'ini
bepusht bo'lishiga olib kelishi mumkin.
Ma'lumki, erkak urug'i ayol tuxumdoni tomon
yo'l olishida unga bachadon bo'yni suyuqligi
yordam beradi. Spermatozoidlar o'zidan o'zi
ayol tuxum hujayrasi tomon harakat qila
olmaydilar. Ularning u yerga "yetaklovchi"
suyuqlik kerak. Ana shu suyuqlik ayolda
ovulyasiya davrida keskin ko'payadi va uning
holati spermatozoidlar uchun moyil bo'lib
qoladi.
Lekin bu suyuqlik nafaqat mavjud bo'lishi
kerak, balki u erkak urug'i uchun kerakli
holatda ham bo'lishi zarurdir.
Ba'zida er-xotin tibbiy ko'rikdan o'tadi, biron
kasallik aniqlanmaydi, orada jinsiy aloqa
muntazam ravishda bo'ladi, lekin homiladorlik
yuz bermaydi. Shunda ayolning bachadon
bo'yni suyuqligini tekshirish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
Bachadon bo'yni suyuqligi tufayli
spermatozoidlarni nobud bo'lishiga olib
keladigan holatlar:
1. Bachadon bo'yni suyuqligida erkak
spermatozoidlarga qarshi antitanachalar
mavjud bo'ladi. Bunda jinsiy aloqadan so'ng
erkak urug'i ayolning tuxum hujayrasiga yetib
bormay turib nobud bo'ladi. Chunki ayolning
bachadon bo'yni suyuqligidagi antitanachalar
erkak urug'ini ayol organizmiga yod deb bilib
nobud qiladi.
2. Infeksiya. Ayolning jinsiy a'zolaridagi
infeksiya erkak urug'iga salbiy ta'sir ko'rsatib,
spermatozoidlarning urug'lantirish qobiliyatini
buzadi.
3. Suyuqlikning PH darajasi. Normada
ayolning jinsiy a'zolaridagi PH 4.5 darajada
bo'ladi. Spermatozoidlarning bachadon bo'yni
bo'ylab harakatlanishi uchun bu past
hisoblanadi. Shuning uchun ovulyasiya
paytida LH gormoni tufayli ayol jinsiy
a'zolaridagi PH darajasi orta boshlaydi va 7
daraja atrofida va undan yuqori bo'ladi. Bu
muhit spermatozoidlarning harakati va tuxum
hujayrani urug'lantirishi uchun eng qulay
hisoblanadi. Agar ayolda jinsiy a'zolari yoki
bachadon bo'yni suyuqligining PH darajasi
ovulyasiya paytida oshmayotgan bo'lsa, u
holda spermatozoidlar bu muhitda tez nobud
bo'lib qoladi.
4. Bachadon bo'yni suyuqligining fizik holati.
Suyuqlik qanchalik suyuq va shilimshiq bo'lsa,
spermatozoidlar shunchalik tez va oson tuxum
hujayra tomon harakatlana oladi. Ba'zi
ayollarda jinsiy suyuqlik o'ta quyuq va yo'g'on
bo'lishi mumkin. Natijada spermatozoidlar
tuxum hujayraga yetib bora olmaydilar.
Yuqoridagi har bir holat bepushtlikka olib
kelishi mumkin.
Qanday qilib bachadon bo'yni suyuqligini fizik
va kimyoviy holatini bilsa bo'ladi?
Agar juftlikka bepushtlik diagnozi qo'yilib,
boshqa kasalliklar mavjud emasligi aniqlansa,
bachadon bo'yni suyuqligini tekshirish talab
etilishi mumkin. Bu diagnostika barcha
shifoxonalarda ham o'tkazilmaydi(Doctor-D
gospitalida ushbu diagnostikani o'tkazish -
Uzbaby.uz sayti tavsiyasi).
Suyuqlikni diagnostika qilish uchun
kasalxonada uning jinsiy aloqadan oldin va
keyingi holati tahlil qilinadi va unda
spermatozoidlarning yashay olish qobiliyati va
bunga ta'sir etuvchi omillar aniqlanadi.
Uy sharoitida bachadon bo'yni suyuqligini
tabiiy ravishda spermatozoidlarga qulay
holatga keltirish imkoniyati bormi?
Buning uchun homilador bo'lmoqchi bo'lgan
ayol muntazam ravishda quyidagilarni amalga
oshirishi lozim:
1. Kuniga kamida 2 litr ko'k choy ichish;
2.Antigistamin moddasiga ega dori
vositalarini qabul qilmaslik;
3. Sun'iy Vitamin C qabul qilmaslik;
4. PH darajasini oshirishga yordam beradigan
sitrusli mevalardan ko'proq iste'mol qilish.
Umuman barcha meva va sabzavotlar bunga
ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
5. Jinsiy aloqa davomida erkak
spermatozoidlarning yashay olishiga qulay
muhit ta'minlovchi maxsus lyubrikant (moy)
lardan foydalanish( Pre-Seed lyubrikanti -
Uzbaby.uz sayti tavsiyasi) .
6. Homilador bo'lish uchun jinsiy aloqani
aynan ovulyasiya kunida amalga oshirish.

manba: uzbaby.uz
Просмотров: 11362 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 1.5/2
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama