02:10 Jinsiy ojizlik | |
Jinsiy ojizlik sabablari juda xilma-xil. Lekin biz ularning eng asosiylariga to‘xtalamiz, xolos. Abu Ali ibn Sino jinsiy ojizlikning sababi yo olatning o‘zida, yo moyakda, yoki boshqaruvchi va ularga qo‘shni organlar, boshqaruvchi organlar va jinsiy organlar o‘rtasida bo‘ladi deb izohlaydi. Ibn Sino odam ruhiy holatiga, kayfiyatiga alohida to‘xtaydi. Uyalish va turli xayollar ham jinsiy yaqinlikni susaytiradigan va unga to‘sqinlik qiladigan omillardan sanaladi. Bular, masalan, erkak xotinini yomon ko‘rishi yoki undan uyalishi, oldindan aloqaga kuchsiz yoki ojiz bo‘lib qolamanmi degan qo‘rquvning paydo bo‘lishi, ayniqsa, undan oldin tasodifan shunday hol yuz bergan bo‘lsa, har gal yaqinlik qilishdan avval shu narsaning ko‘z oldiga kelishi tufayli jinsiy ojizlik yuzaga kelishi mumkin. Aloqani tark etish ham zaiflikka sabab bo‘ladi. Bunda nafs uni esdan chiqarib, organlar undan qaytadi va urug‘ hosil qilish bilan shug‘ullanmaydi. Bu hakda Ibn Sino «Bu bolani sutdan ayirgan onada tabiat sut tug‘dirish bilan shug‘ullanmay qolganiga o‘xshaydi», - deydi. Ulug‘ tabibning bundan ming yillar avval aytgan gapi hozirgi kunda ham ahamiyatlidir. Zamonaviy fan jinsiy ojizlikni ikki turkumga, ya’ni erkaklardagi jinsiy ojizlik (impotensiya) va xotinlardagi jinsiy ojizlikka bo‘ladi. Jinsiy yaqinlik 30-35 yoshlarda avjiga chiqsa, 50 yoshlardan o‘zgara boshlaydi, haftalik soni kamayadi, lekin 70 yoshli erkakning bir hafta mobaynida bir necha marta aloqa qilish qobiliyati saqlanib qolganligi va 70-80 yoshli qariyalarning farzand ko‘rganliklari ham hech kimga sir emas. Chekish, palapartish ovqatlanish, ish va dam olish o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishi, uzoq vaqt jinsiy yaqinlik qilmaslik, ichkilikbozlikka mukkasidan ketish, ko‘p miqdorda pivo, sifati past qizil vino ichish jinsiy ojizlikka olib keluvchi sabablardandir. Ko‘pgina hollarda Abu Ali ibn Sinoning bu xususdagi fikri boshqacharoq. Uni zamonaviy tilda aytsak, jinsiy ojizlikka bosh miya po‘stloq qismi faoliyatining buzilishi sababchidir. Ko‘p hollarda jinsiy ojizlikk prostata bezining shamollashi sabab bo‘ladi. Bunda bez yallig‘lanadi, kattalashadi, barmoq bilan silab ko‘rilganda og‘riydi. Prostatit ko‘pincha so‘zak, sil, gripp kasalliklari orqali kelib chiqadi, qari kishilarda ham uchraydi. Uning o‘tkir surunkali shakllari farqlanadi. O‘tkir prostatit isitma chiqishi, tez-tez siyish va bunda og‘riq turishi bilan o‘tadi. Surunkali prostatit ertalabki siydiqda yiring bo‘lishi, chanoq oralig‘iniig pastga tortib og‘rishi, ba’zan qichishish kabi xususiyatlarga ega. So‘zak oqibatida kelib chiqadigan prostatitning kataral, follikulyar, parenximotoz ko‘rinishlari uchraydi. 40-50 yoshdan keyin erkak uzoq vaqt jinsiy yaqinlik qilmaslikka yo‘l qo‘masligi kerak, aks holda, jinsiy ojizlik kelib chiqadi. Hayotida biror marta jinsiy ojizlikka uchramagan erkak yo‘q. Jinsiy kamchiliklardan ayollardan ko‘ra ko‘proq erkaklar hadiksiraydilar, chunki orgazmni his etmaslik, olat taranglashmasligi yoki urug‘ning tez to‘kilib ketishi holatlari tufayli ularda erkaklik qobiliyati yo‘qolganday tuyuladi. Lekin yuqorida qayd qilingan holatlar o‘tkinchi bo‘lib, jinsiy faoliyat tezda yana iziga tushib ketishi mumkin. Ba’zan jinsiy ojizlikka ayolning xulq-atvori, uning og‘zi yoki boshqa a’zolaridan kelgan noxush hid ham ta’ sir etishi mumkin. Ayollarda jinsiy yaqinlikka sovuqqonlik, ya’ni ojizlik (frigidlilik) ikki xil bo‘ladi. Birinchi xil ayol umr bo‘yi lazzatlanish sezgisini his qilmaydi, ikkinchi xilida esa oldin lazzatlanish hollari bo‘lgan, lekin keyinchalik, ba’zi sabablarga ko‘ra jinsiy mayl yo‘qolib ketgan bo‘ladi. Jinsiy ojizlik va tashqi muhit o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Jumladan jinsiy yaqinlikdan lazzat olmagan frigid ayol o‘zini mehnat bilan ovutishga harakat qiladi, ya’ni o‘zini siyosatga, fanga bag‘ishlaydi yoki rahbarlik lavozimlarida ishlashga harakat qiladi. Ba’zi ayollar hayotdan norozi, injiq, janjalkash, fitnachi bo‘lib qoladi. Bundan shunday xulosa chiqarish kerakki, jinsiy sovuqqonlik faqat shaxsiy bo‘lmaydi, jamiyatga ham taalluqlidir. Jinsiy sovuqqonlik jinsiy mayl va unga intilishning yo‘qligi bilan belgilanadi. Bu holat erkakka ta’sir qilib, ular o‘rtasida nizo uyg‘onadi. Shu bilan turmushlari buzilib ketishi mumkin. Ba’zi hollarda ayol jinsiy yaqinlikka mayl bildiradi, unga intiladi, lekin orgazm, ya’ni lazzatlanish yuzaga kelmaydi. Bunga sabab erning jinsiy muloqot vaqtida o‘zini noto‘g‘ri tutishidir. Er o‘zini o‘ylab, ayolining nozik hislarini esdan chiqaradi. Erkaklardagi jinsiy ojizlik belgilari turli ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Olat taranglashmasdan yoki taranglashsa ham, hali qisha kirib ulgurmasidan urug to‘kilib ketishi, olat qinga kirgani bilan bir-ikki harakatdan so‘ng lazzatlanishini kutmasdan urug kelishi hollari impotentlik - jinsiy ojizlik ko‘rinishlaridandir. Uz zamonasida Abu Ali ibn Sino jinsiy ojizlik belgilarini olatning bo‘shashganligi, asab mijozining sovuqligida olat tarang bo‘lmasligi va sovuq ta’sirida bujmaymasligida deb yozadi. Ibn Sino fikrini davom ettirib: «Moyak urug‘ a’zolari sababli bo‘ladigan jinsiy kuchsizlik, agar bu organlarning sovushidan bo‘lsa, urug‘ kamaymasa ham, qiyinchilik bilan chiqadi va olat ushlab ko‘rilganda sovuq tuyuladi. Agar bu organlarning quruqligi va urug‘ kamligidan bo‘lsa, bunda urug‘ kam bo‘lib, qiyinlik bilan chiqadi» deydi. Jinsiy ojizlik jigar va buyrak kasalliklari tufayli sodir bo‘lsa, ishtaha kam bo‘lishini, qon ishlab chiqarish yetarli darajadi bo‘lmasligini uqtiradi. Abu Ali ibn Sino keltirgan jinsiy ojizlikning o‘ziga xos belgilarini quyida jadval shaklida berishni lozim topdik. Jinsiy ojizlikning belgilari Sabablari Umumiy belgilari O‘ziga xos ayrim belgilari 1. Olat bo‘shashganligi va asab mizojining sovuqligi Urug‘ ko‘p bo‘lib, tezlik bilan chiqadi, olat qo‘zg‘almasdan urug to‘kiladi va zaiflashadi Olat sovuq suvda bu- jmayadi 2. Moyak va urug‘ organlarining ojiz ligi Urug‘ kamaymasa ham, qiyinlik bilan chiqadi. Badan oriq va kam qonlik bo‘ladi Olat ushlab ko‘rilganda sovuq tuyuladi 3. Jigar va buyrakdagi illatlar Ishtaha kam bo‘ladi, ishtaha va qon ishlab chiqarish bir-biriga munosib ravishda sodir bo‘lmaydi 4. Yurak ojizligi Olat kam qo‘zg‘aladi, ba’zan olat qo‘zg‘almasa ham, urug‘ ajraladi Tomir urishi kuchsiz va yumshoq bo‘lib, badan issig‘i kam bo‘ladi 5. Miya ojizligi Aloqa uchun zarur qitiqlanish va istak bo‘lmaydi Hislar holati ko‘zidan -bilinadi 6. Quyi a’zolarda damning ozligidan bo‘lgan zaiflik Quvvat sog‘lom, istak va urug‘ kuchli Olat qo‘zg‘alishi yomon Yuqoridagi jadvalda Abu Ali ibn Sinoning asosiy olti xil zaiflik haqidagi ta’riflariga to‘xtalib o‘tib, ularni hozirgi zamon tibbiyotining bu masalaga qarashlarini uyg‘unlashtirishga harakat qildik. Jinsiy ojizlikka tegishli fikrlardan har kim o‘zini qiziqtirgan savollarga javob topadi, o‘ziga yarasha xulosa chiqaradi degan umiddamiz. | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama