02:12
Sevgining chinakam quvonchi

Sevgining chinakam quvonchi ikki tana va
qalbning aralashib, poeziyada birlashib
ketadigan jazavasidadir. Agar erkak ideal
ayolni topgan bo‘lsa, uni poeziyadagi ja-
zavada siiashi va sevishi lozim.
Mastere o‘zining iiterviolaridan birida «sevgi»
so‘zini ishlatishni ma’qul ko‘rmasligini,
chunki u turli odamlar uchun turlicha ma’no
anglatishini, atamalar masalasida adashib
qolishni istamasligini aytgan edi. Mastere
bilan Konson olib borgan tadqiqotlar
natijalarini har tomondan ma’qullash mumkin,
ammo xuddi mana shu masalada ularning
fikriga butunlay qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki
sevgi Daosi izdoshlari shahvoniyat va sevgi
bir-biridan ajratilmasligi lozim, deb
hisoblaydilar. Sevgisiz shahvoniyat bekor va
nosog‘lom bo‘ladi, unda hayotni osuda va
isyonsiz qiladigan In bilan Yanning muhim
uyg‘unligi yetishmay qoladi. Boshqa to­
mondan, sevgisiz shahvoniyat shunchaki
biologik funksiyadir, xolos, u bizni o‘zimiz
ehtiyoj sezgan osoyishtalikka
yaqinlashtirishga qodir emas. Ushbu kitobda
shahvoniyat va lazzatga keng tarqalgan
qarashning o‘rnini biroz bo‘lsada, to‘ldirish
maqsadida «sevgi» so‘zi «shahvoniyat»
so‘ziga nisbatan ko‘proq yoki tez-tez
ishlatiladi.
Tez-tez ro‘y beradigan shahvoniyat va lazzat,
bizning nuqtai nazarimizda, quvonchli bo‘lishi
mumkin, ammo shahvoniyat haqiqiy
quvonchni keltira olmaydi. Masalan, shunday
ayollar borki, ular shunchaki oyoqlarini
chalishtirib va qisish (ba’zilari bir kunda o‘n
martalab shunaqa qila oladilar) yo‘li bilan
lazzat olishlari mumkin. Biroq bundan to‘la
qoniqish hosil qilgan bo‘ladilarmi? Agar ayol
qoniqtiradigan sevgi tajribasiga ega bo‘lsa, u
urug‘ tashlashni kamdan-kam ma’qul ko‘radi.
Urug‘ tashlash his-haroratsiz,
birlashilmaydigan, In va Yan uyg‘unligiga
erishilmaydigan shunchaki shahvoniyatdir.
Tabiiyki, agar er ayoli bilai sevgi
mashg‘ulotiga kirishsa, u urug‘ tashlash
payida bo‘layotganini sezdirmasligi lozim.
Bordi-yu, ayol o‘z jufti faqat o‘zining
bo‘shalishi tashvishini qilayotganini payqab
qolgudek bo‘lsa, boshqa hech bir narsa uni
bunchalik asabiylashtirmaydi va ranjitmaydi.
Sevgi jinslarning chinakamiga birlashib
ketishdan iborat bo‘lishi lozim. Ko‘pchilik
erkaklar uchun shahvoniyat shunchaki urug‘
tashlashdan farq qilmaydigan, go‘yoki yonida
asli yo‘qdek. Ba’zi erkaklarga o‘zlari zavq
olayotgandek tuyulishi mumkin. Aslida esa
ular sevgining haqiqiy quvonchiii chinakamiga
his etmaydilar, shuningdek, In va Yan
uyg‘unligiga erisha olmaydilar ham.
Shunday ekan, sevgining chinakam to‘la
quvonchi nima o‘zi? Biz uni may oyida tog‘da
qiyg‘os gullab turgan daraxtlar tagida
o‘tirganda olinadigan zavqqa qiyos qilishimiz
mumkin. Yoki sharshara ostida turib jimir-
jimir qilayotgan cheksiz suvlikka tikilgandagi
quvonchga yoxud yomg‘irdan keyii zarrin
quyoshning botishi oldidan zangor qushlar
nag‘masini tinglayotgan paytdagi zavq-
shavqqa tenglashtirsa bo‘ladi. Biz yosh
oshiq-ma’shuqlarga shunday demoqchimiz:
sevgi bilan shug‘ullanayotganda poeziya va
ehtirosni rivojlantiring va maromiga yetkazing.
Agar siz sevgining mana shu chinakam
quvonchini his etsangiz, qandaydir
bachkanalashib ketmaysiz, ana shunda jamiki
mayda-chuyda, bo‘lmagur narsalar sizni
umrbod tark etadi.
Biroq endi oilaviy hayotni boshlayotgan juftlar
nima qilishi kerak? Ular o‘zining xususiyatlari
- his etish, did, ko‘rish, eshitish, nutq va
nayqash qobiliyatlarini o‘rganishi, ochishi va
charxlashi lozim. Va ulardan to‘la-to‘kis
foydalangan holda o‘zining juftiga quvonch
bag‘ishlash, o‘z navbatida, undan ham olish
maqsadga muvofikdir. Er shu narsani chuqur
anglab yetishi kerakki, ayoli chin yurakdan
samimiy e’tirof etishini, ayniqsa, sevgi bilan
shug‘ullanayotganda yuksak darajada
qadrlashini istaydi. Mana shu yo‘lda erkak
sevgi bilan ehtirosli shug‘ullanishni bilib
olibgina qolmasdan, o‘z ongini bo‘shalish
tashvishidan xoli qilish yo‘llarini ham o‘rganib
oladi.
Ba’zi shahvoniyatshunoslar sevgi bilan
shug‘ullanayotganda bo‘shalishning oldini
olish uchun ortiqcha ishtiyoqqa berilmaslikni
taklif etadilar. Ular erkaklarga sevgi bilan
shug‘ullanayotganda siyosat, biznes ishlari
haqida uylash yoki hatto picha nafas rostlab
olishni maslahat beradilar. Ehtimol, bu
bo‘shalishning oldini olishda samarali bo‘lar,
biroq ehtirosga erishish yoki jufti bilan
uyg‘unlikni tenglashtirishga mos kelmaydi,
chunki ayol bunday holatda erkakning
odamoviligi yoki parishonxotirligidan
taajjubga tushadi - sababi aniq. Bundan
boshqa bir qancha yoqimli va quvonchli
narsalar ham bor. Er ana shular - ayol
sochining tuzilishi, terisining silliqligi,
badanining mast qiluvchi xush bo‘yi, mayin va
shirali lablari, tili haqida o‘ylashi darkor.
Lekin sog‘lom yosh yigit, ertami-kechmi,
o‘zida bo‘ntlish istagi tug‘ilib, tang nuqtaga
yetadi. Mana shunday paytda u sevgi
san’atiga binoan nima qilish kerak bo‘ladi?
Agar u navqiron yoshda, ya’ni o‘z hayotining
eng unumdor davrini boshdan kechirayotgan
bo‘lsa, bo‘shalishni nazorat qilishi juda qiyin
kechadi, deb hisoblashadi. Biroq bunday
xulosa ma’lum ma’noda oshirib yuborilgandir.
Bo‘shalish payti yaqinlashganda uning oldini
olish imkonini beradigan ba’zi choralar ham
bor.
Tormozlantirish usuli. Eng eski, ehtimolki, eng
yaxshi va oddiy usul qadimiy xitoyliklar
foydalangan usuldir. U By Sin tomonidan
qadamlar izchilligi tarzida yozib qoldirilgan:
1. Qulflash usuli xuddi Sariq daryoni qo‘l
bilan to‘xtatib qolishga urinishga o‘xshaydi.
Uni o‘rganish uchun betoqat erkak 20 kundan
ko‘proq amaliyot bilan shug‘ullanishi lozim
bo‘ladi. Bir qadar xotirjamroq odam ancha tez
o‘zlashtirib oladi. Agar bu usulni diqqat bilan
o‘rgansangiz, ana o‘shanda erkakning bebaho
xazinasi (urug‘, chjin) batamom xavf xatarsiz
holda saqlanib qoladi. Qulflash usulining
afzalligi uni bajarishning osonligidadir.
Masalan, agar erkak uchta mayda va bitta
chuqur zarba berish bosqichini bajarayotgan
bo‘lsa, u ko‘zlarini, og‘zini yumishi, chuqur
nafas olishi mumkin, lekin bo‘g‘ilib qolmaslik
uchun burni orqali ohista nafas olishi lozim.
Tez orada iazoratni yo‘qotishini seza
boshlaganida bitta epchil harakat bilan belini
ko‘tarishi hamda o‘zinipg reshob naychasini
bir dyuymgacha va hatto undan beriroqqa
tortib olishi, shu holatda harakatsiz yotishi
mumkin. So‘ngra u o‘pkasi bilan chuqur nafas
olishi, ayni choqda, xuddi hojat qistagan
paytida o‘zini nazorat qilgani kabi, qornini
ichga tortishi zarur. O‘zining urug‘ini saqlab
qolishning muhimligi, uni betartib ravishda
iyerof qilish mumkin emasligini o‘ylab, chuqur
nafas oladi-da, ko‘i o‘tmay tinchlanadi-
qo‘yadi. Keyin u zarb berishni yana sinab
ko’rsa bo‘ladi.
U uyg‘onishi bilan chekinishi lozimligini esda
tutib turishi nihoyatda muhim. Agar u
judayam uyg’onib ketgan holda chekinsa va
o‘zining urug’ini orqaga qaytarishga urinsa,
urug’lik kelmaydi, buning o‘rniga u nufakka
yoki hatto buyrakka borib tushadi. Bordiyu,
shunday hol ro‘y bersa, erkak ba’zi
kasalliklarga chalinishi mumkin, masalan,
nufakda, ingichka ichakda yoki buyraklarda
og’riq paydo bo‘ladi. 4. Xulosa qilib, aytish
lozimki, tormozlantirish usulining ustun
tomoilari ko’p, biz uyg‘onayotganimizni
payqashimiz bilan uni tajribadan
o‘tkazishimiz kerak bo‘ladi. Haddan tashqari
kechdan ko‘ra ancha-muncha ertaroq
chekingan ma’qul. Erkak bu usulni sinab
ko‘rar ekan, o‘zining bo‘shalishini hatto
birmuncha qulayliklar bilan nazoratga olish
imkoiiyatiga ega bo‘ladi, peshob naychasi
so‘lib qolmasligiga erishadi. Shu tariqa
uquch-quvvatini saqlaydi va o‘zini ancha-
muncha idora eta oladi. Va u kamida besh
ming marta zarba berishni amalga
oshirmagunicha o‘zining urug’ini
tashlamasligi kerak. Tormozlantirish usulini
o‘pka bilan chuqur nafas olish barobarida olib
borilgan holda u ishqiy harakatlarni noma’lum
vaqtgacha davom etishi mumkin.
Tormozlantirishning zamonaviy usullari.
Du Siniing tormozlantirish usuli zamonaviy
atamalar bilan izohlanganda ham juda oson
tushuniladi. Erkak o‘zi haddan tashqari
uyg’onib ketganini his eta boshla-sa, u,
shunchaki, o‘zining dastmoyasini vaqtincha -
o‘n soniyadan o‘ttiz soniyaga qadar
tashqariga chiqarib turadi. Shunday yo‘l bilan
u bo‘shalish xavfidan hamda ereksiya-ning 10
foizidan 30 foizigacha isrof bo‘lishidan
qutuladi. Shundan keyin u yana kiritishi va
zarba berishni davom ettirishi mumkin. Bu
ishni o‘zi istagan tezlikda bajarsa bo‘ladi.
Tajriba orttirganidan so‘ng chekinishga tobora
kamroq ehtiyoj sezayotganini seza boshlaydi.
Vaqti-soati kelib, kamdan-kam holatlardagina
xuddi shunday yo‘l tutish zarurati paydo
bo‘ladi. Qulflash usulini muvaffaqiyatli
qo‘llanilishining sir-sinoati erkakning
bo‘shalishni bundan buyon nazorat qilishga
kuchi etmaydigan daqiqalarni payqab
olishidadir. Mastere va Jonson uni «muqarrar
bo‘shalish bosqichi» deb ataydilar. Biz esa
yana ham soddaroq qilib, «qaytmaslik nayti»
deb aytamiz. Ayni shunday paytni ilg‘ab olish
hayotiy zaruratdir: faqat bo‘shalishni nazorat
qilish uchungina emas, balki har ikki sherik
mujassamlanish uchun chiqarib tashlash usuli
umidida bo‘lganida ham kerakdir.
Просмотров: 4295 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama