02:32
Ayrim savollarga mutaxassis javobi

Jinsiy hayot, eru xotin o‘rtasidagi nozik
munosabatlar xusu-sidagi bo‘limni
tugatayapmiz. Ammo sezib turibmiz, bu
kerakli va sirli mavzu tugal emas. Sizda
tug‘ilgan jinsiy hayot psixofizio-logiyasi
haqidagi ayrim savollarga mutaxassislar javob
berisha-di. Savol: Ayrim yosh yigitlarda jinsiy
aloqa boshlanmasdan, ya’ni olatni qinga
kiritmasdanoq yoki qinga kiritgan bo‘lsa ham
friksion xarakatlar boshlanmasidan avval
orgazm yuzaga keladi. Natijada olat
bo‘shashib, jinsiy aloqani boshlash yoki
davom ettirish imkoni bo‘lmay qoladi. Javob:
Buning sabablari haqida yuqorida yetarlicha
ma’lumot berildi. Ammo mazkur kitob xotin-
qizlarga mo‘ljallangani uchun ham ularga
ayrim narsalarni aytib o‘tmoqchimiz.
Bunday vaqtda kelinlar tillariga erk
bermasliklari, niho-yatda ehtiyotkorlik bilan
muomala qilishlari va hatto hazil ohangida
ham kuyov ustidan kulmasliklari zarur. Chunki
erkak kishi bu masalaga tabiatan nihoyatda
sezgir bo‘lib, jinsiy hayot sohasidagi har bir
muvaffaqiyateizlikni yuragiga yaqin oladi,
kuchli iztirob chekadi, buni shaxeiy qayg‘u
sifatida idrok qiladi. lily sababli ham psixogen
etiologiyasiga ega bo‘lgan impotent (ruhiy
tushkunlikka berilib, jinsiy zaif bo‘lib qolgan)
er-kaklarning ko‘pchilik qismi avvalo
xotinlarining jinsiy hayot-da yetarli uquvga
ega bo‘lmasliklaridan kelib chiqqan. Shuning
uchun barcha seksopatologlar erkaklarning
jinsiy ojizliginи — impotensiyasini
davolaganda faqat erkakning o‘zini emas,
balki qayliqlarini ham birga davolaydilar.
Chunki davolanayotgan erkakning davosini
tezlashtiradigan ham, yoki aksincha, uning tu-
zalishiga to‘sqinlik qilib, dardini
og‘irlashtiradigan ham xo-tindir. Shu sababli
erkaklarda uchraydigan bu xususiyatlarni
ayol-lar yaxshi bilishlari kerak.
Savol: — Qo‘zg‘alish va o‘z juftini
qo‘zg‘atishda turli qo‘zg‘atish shakllaridan
foydalanishning jinsiy aloqaga ijobiy ta’siri
bormi yoki bular jinsiy tubanlik va
bemazagarchiliklarning jinsiy ifodalangan
shakllaridan birimi?
Javob: — Sevgi va muhabbat asosida jinsiy
hayot kechirayotgan kuyov va kelin, er va
xotin uchun ikkovlariga ma’qul bo‘lgan yoki
biri ikkinchisiga baxtli daqiqalarni taqdim
etish niyatida tan-langan jinsiy holatni
qo‘zg‘atish va qo‘zg‘alish shakllari axloq-
sizlik hisoblanmaydi va jinsiy hayotda buning
ahamiyati katta-dir. Bu hatto o‘z navbatida
oila mustahkamligiga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Chunki bunda erkak va ayol bir-
birini umr yo‘ldoshi tariqasida yaxshiroq,
jinsiy hayotni esa nisbatan boy, ijodiy, teran
idrok etishadi. Bu esa oilaviy hayotda ma’lum
vaqtdan so‘ng yuzaga keladigan
psixofiziologik to‘yinishni su-saytiradi,
qayliqlarni, ayniqsa erkaklarni jinsiy to‘yinish-
dan so‘ng «yangi lazzatli uchrashuv»ni
qidirishdan, oiladan tash-qari jinsiy
munosabatlar o‘rnatishdan saqlashga yordam
beradi. Vafosizlikning oldini olish yoki uning
miqdorini kamaytirish oila mustahkamligini
oshiradi. Hatto ba’zan vafosizlik qilgan er yoki
xotin nihoyat o‘z turmush o‘rtog‘idan yaxshisi
yo‘kligiga yana bir bor iqror bo‘ladi va o‘zga
bilan yangi uchrashuvlar qidirishni to‘xtatadi.
Yuqoridagi fikrimizni yakunlab, yoshlarga har
bir nar-sada, shu jumladan jinsiy hayotda
ham ijodkor bo‘lishni, yaqin kishingizga baxtli
daqiqalarni taqdim etishni tavsiya etamiz.
Savol: — Jinsiy aloqada, kishining jinsiy
qoniqishida olatning katta-kichikligi muhim
rol o‘ynaydimi? Javob: — Ko‘pgina
seksologlar fikricha, agar olat qo‘zg‘alma-
gan, ereksiya bo‘lmagan holda uch
santimetrdan kichik bo‘lmasa, xotin kishining
jinsiy ehtiyojlarini to‘la qondira oladi. Ko‘pchi­
lik ayollarning fikricha, ayolning jinsiy
ehtiyojlarini qondi-rishda, olatning hajmi
muhim rol o‘ynamas ekan. Ayol orgazmi
olatning hajmiga emas, erkakning
suyunchakligi va jinsiy uquvi-ga, ayolning
jinsiy qo‘zg‘alganligiga, psixoerotik
tayyorligiga bog‘liq.
Savol: — Tug‘ilishdan qizlik pardasi — gimeni
bo‘lmasligi mumkinmi? Javob: — Bunday
savol ko‘pincha yigitlarda (ko‘proq bo‘ydoq
yigitlarda) uylanishdan oldin, uylanayotgan
qizning o‘tmishi-dan ikkilanishi oqibatida yoki
o‘zi nikohgacha ko‘plar bilan jinsiy aloqada
bo‘lib, ko‘pgina qizlarga nisbatan ishonchini
yo‘qo-tib qo‘yishi natijasida va sovchi orqali
uylanayotganda «xatoga yo‘l qo‘yib», birortasi
bilan aloqada bo‘lgan ( saboq.org saytidan olindi) juvonga uylanmas-lik
maqsadida yuzaga keladi. Gimen, qizlik
pardasi — qin dahlizidagi shilliq qavat
burmasi bo‘lib, u birinchi jinsiy aloqada
yirtiladi, ayrim hollarda birinchi jinsiy aloqada
emas, balki yillar davomida saqlanib, faqat
tug‘ish chog‘ida yirtilishi mumkin. Ba’zan
gimen-da hayz qonining chiqish teshigi
bo‘lmasligi ham mumkin. Bu og‘riq bilan
kechadi, bunday hollarda qizlik pardasi
jarrohlik yo‘li bilan kesiladi. Shuningdek,
gimendagi teshik kattaroq bo‘li-shi, pardaning
o‘zi esa nihoyatda elastik (cho‘ziluvchan)
bo‘lishi va jinsiy aloqa qilinganda ham
iirtilmay butunligicha qolishi mumkin. Bunday
hollarda yosh kuyovlar va savodsiz kuyov
jo‘ralar, qarindoshlar oilaning buzilishiga yoki
go‘zal damlarni shubhaga solib, zulmatga
aylantirishga bevosita ko‘maklashishlari
mumkin. Oilaviy baxt faqat gimen butunligiga
bog‘liq emasligini unut-maslik kerak. Savol: —
Qizlar gimenlari butunligiga qaramasdan
homila-dor bo‘lib qolishlari mumkinmi?
Javob: — Sevishgan yoshlarning ma’lum qismi
nikohgacha jinsiy aloqa qilish axloq-odobga
to‘g‘ri kelmasligini yaxshi uqqan holda bir-
birlari bilan petting ko‘rinishida munosabatda
bo‘la-dilar va ba’zan davomli pettingni ham
qo‘llaydilar. Gimenning, yuqorida yozilganidek,
hayz qoni chiqadigan teshik qismi bo‘ladi.
Yoshlarning pettingi natijasida maniyning bir
qismi jinsiy lablarga tushib, chaqqonlik bilan
teshikdan o‘tib bachadonga kira-di va
bachadon naylariga boradi. Agar shu kunlarda
qizning tuxum-donida gen tuxum hujayrasi
pishib yetilgan va u bachadon nayida bo‘lib
qolsa, darhol otalanib, homila yuzaga kelishi
mumkin. Yoshlar esa hayron bo‘lishadi, «Axir
hech narsa bo‘lmagan edi-ku, homila
qayerdan paydo bo‘ldi?» — deya o‘zlarini
qo‘yishga joy topmaydilar.
Savol: — Sevgi bilan seksni bog‘liqlik joyi
bormi? Javob: — Sevgini seks saqlaydi. Agar
sizda bir-biringizni tushunishda muammo
paydo bo‘lib, ranj-alam to‘planib qolgan
bo‘lsa, bir-biringiz bilan yaqinlik qilishdan
qaytmang. Bir-biringizning orangizdagi kekni
isbotlash bilan shug‘ullanmas-dan seks bilan
shug‘ullaning. O‘z nafsini qondirgan erkak siz
ayoldan xursand bo‘lib, sizga albatta
mehribonchilik va marhamat ko‘rsatadi.
Qolgan muammolarni hal qilish qiyin emas.
Savol: — Jinsiy hayotda har xillik ma’qul
ko‘rinadimi? Javob: — Ayolga har xillilik
kerak.
Har kuni qaytariladigan bir xillilik ayolning
ko‘ngliga so-vuq suvdek tegadi. Uning uchun
bu narsa har gal bir oz bo‘lsa ham
boshqacharoq bo‘lishi lozim. Ayol doimo
kutilmagan yangilik taraf-dori, erkaklarda bu
boshqacha, ular lazzatlanishga olib keladigan
qisqa ochilgan yo‘ldan yurishni yaxshi
ko‘radilar.
Savol: — Jinsiy aloqani sog‘liqqa qanday nafi
bor? Javob: — Tibbiyotda jinsiy aloqa yo‘li
bilan turli xasta-liklarni batamom davolab
yuborish, qaytarish yoki yengillatish
mumkinligi isbotlangan. Keltirilgan dalillar
hamkasblarning qoshini chimirishiga yoki
labini tishlashga majbur qilsa ajab emas.
Bunday kasalliklar ro‘yxati belning yuqorisi va
pastki qismini o‘z ichiga oladi. Ovruponing
hamma mineral suvlari, barcha tropik
daraxtlar, Xitoyning barcha shifobaxsh o‘tlari
jinsiy aloqadagi bu tabiiy obihayot suyuqlik
(eleksir)larning o‘rnini bosolmasligi aniq. Jin­
siy aloqa me’yorida bo‘lsagina sog‘liqqa
foyda, aks holda zarar ekanligini unutmaslik
kerak.
Yaxshi jinsiy aloqa uyqusizlikning yagona va
tabiiy dorisi-dir. Avvalo aloqa to‘g‘risida
o‘ylash xayolot olamini yangilaydi, kishiga
orom baxshida etadi. Biologik yaxshi jinsiy
aloqa tabiiy uxlatuvchidir, u oldiniga sog‘lom
mizg‘ishga kelib, so‘ng chuqur uyquga
aylanadi. Bu aytilgan holatni qoida sifatida
aytadigan bo‘lsak: er-xotinni to‘shakda jinsiy
aloqadan keyin uyqu elitma-sa, jinsiy
munosabatda qandaydir kamchilik bor. Lekin
hammasi yaxshi bo‘lsa, bo‘shashgan tana,
oyoqlar, sustlashgan ko‘zga uyqu malh-am
bo‘ladi. Eru xotinning yengil qadam tashlashi,
porlagan ko‘zla-ri kechasi bo‘lgan yaxshi
aloqa nishonasidir. Yuqorida aytib
o‘tilganlardan tashqari, tibbiyotchilar
o‘rgana-yotgan o‘nlab, yuzlab xastaliklar
borki, yaxshi jinsiy aloqalar ularga ham davo
bo‘la oladi.
Просмотров: 12489 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 2.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama