02:38
Siynalarni parvarishlash

Siynalar — ko‘kraklar tabiat tomonidan ayolga
ato etilgan eng go‘zal, latif, nafis bir mo‘jiza.
Siynalar qomatni chiroyli ko‘rsatadigan eng
muhim a’zolardan biri. Bundan tashqari bu
a’zo yangi-yangi avlodlarning dunyoga kelib
ilk bor totinadigan rizqi — ona sutining
sarchashmasi, tiriklik manbai ham. Balki
shuning uchun ham siynalar parvarishiga
ulg‘ayish jarayonida katta ahamiyat beriladi.
Siynalar shaklini saqlab tu-rishda sovuq suv
va badan tarbiya muhimdir. Ko‘krakni
muntazam yuvib turish va dush qabul qilish
ham tavsiya etiladi. Dushda siynalarning har
birini alohida pastdan tepaga qarata va
aylanasiga yuvish lozim. Oddiy yuvishda esa
bir bo‘lak matoni sovuq suvda ho‘llab (suvga
bir oz uzum sirkasi qo‘shish mumkin)
yuviladi. Shundan so‘ng ko‘kraklar o‘rtasidan
tashqariga qarab aylana harakatlarda
yengilgina siypalanadi. Ko‘kraklar
yuvilganidan keyin ularni zaytun moyi bilan
yog‘lab qo‘yish foydali. Bir oz so‘lib qolgan
ko‘kraklarni navbati bilan issiq va sovuq
suvda kompress qilish tavsiya etiladi. Issiq
suvga bir oz tuz qo‘shish, sovuq suvga esa
uzum sirkasi yoki limon sharbati qo‘shish
mumkin.
Muolaja issiq suvdan boshlanadi. Sochiqni
issiq suvda ho‘llab ko‘krakning pastidan
boshlab yarim daqiqa bosib turiladi. So‘ngra
sovuq suvda ho‘llab bir daqiqa davomida
bosib turiladi va bu muolaja 10 marta
qaytariladi, eng oxirida sovuq suv bilan
tugallanadi. Agar qaddingizni bukib,
yelkalaringizni tushirib yursangiz
ko‘kraklaringiz past bo‘lib, osilib turadi.
Yelkalarni kerib, tik yurganda esa ko‘krak
muskullari mustahkamlanib, siynalar ham tik
va kurkam bo‘ladi.
Kichkina ko‘krakka siynaband taqish shart
emas. Ko‘krak katta bo‘lganda esa uni ham
estetik, ham gigiyenik nuqtai nazardan tutib
turish kerak bo‘ladi. Agar siz siynaband
taqmaslikni odat qilgan bo‘lsangiz ham sport
bilan shug‘ullangan, hayz kurgan va
homiladorlik paytingizda uni, albatta, taqib
olishni unutmang. Bo‘lg‘usi onalar,
emizadigan onalar ko‘krak shakli buzilmasligi
uchun hatto uxlab yotgan paytlarida ham
siynaband taqib olishlari kerak. Siynaband
o‘zingizga loyiq, siynalaringizni yaxshi tutib
turadigan bo‘lishi kerak. U ko‘kraklarni
yuqoriga juda ko‘tarib yubormaydigan, bir-
biriga jipelashtirib yoki me’yordan tashqari
uzoklashtirib yubormaydigan bo‘lsin.
Siynalaringizning chiroyli bo‘lishi sizdan ko‘p
vaqt talab etmaydi. Buning uchun, yuqorida
aytib o‘tilganiday, sovuq dushda cho‘milish
va ko‘krakni dag‘al sochiqni ho‘llab ishqalab-
ishqalab artish kerak. Sovuq suv siyna terisini
tarang qiladi, ishqalab artish esa eng qulay
massaj hisoblanadi. Ko‘krak qafasi va ko‘krak
bezlarini rivojlantirish uchun mutaxassislar
tavsiya etgan badan tarbiya mashqlaridan
unumli foydalansangiz yana yaxshi.
Просмотров: 10066 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama