01:28
JInsiy hayot

Jinsiy hayot masalasi hamisha hamma xalqlar
diqqat markazi-da bo‘lib kelgan. Bu bejiz
emas, insoniyat paydo bo‘libdiki, bu masala
hayotiy ehtiyoj hisoblanadi. Hozirgi kunda
ham jinsiy tarbiya, ayol bilan erkaklar
o‘rtasidagi munosabat, er-xotinlik masalalari
har bir millat uchun jiddiy ahamiyatga ega.
Yashirish-ning hojati yo‘q, jinsiy hayot
psixofiziologiyasiga oid ilmiy-ommabop
risolalar uzbek tilida yo‘q hisobi. Shuning
oqibatida bu boradagi savodni ko‘p joylarda
kuyov bolalar «kuyov jo‘ralari»-dan, kelinlar
esa «kelin yangalari»dan o‘rganadilar. Ilgari
za-monda bunday «ustozlar» ancha-muncha
bilimdon bo‘lgan bo‘lishlari mumkin.
Hozirgilari esa... Kuyov jo‘ra yoki kelin
yanganing teskari«ta’limotlari» natijasida
barbod bo‘lgan oilalar anchagina topila-di.
Bugina emas. Yosh yigit-qizlarga jinsiy
tarbiya, jinsiy hayot masalalaridan ta’lim
beradigan, ularga murabbiylik qiladigan
o‘qituvchilar va ota-onalarning o‘zlari bu
masalalar bo‘yicha kam ma’lumotga ega.
Chunki ko‘p yillar davomida jinsiy tarbiyadan
saboq beruvchi foydali manbalar
«o‘zbekchilikka xilof» deya taqiq-lab kelindi.
Holbuki, to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan jinsiy hayot
salomat-lik garovi hamdir. Muttasil ravishda
jinsiy qoniqmaslik natijasida ayollarda nevroz,
erkaklarda esa asab buzilishiga oid jinsiy
ojizlik — impotensiya paydo bo‘ladi. Jinsiy
qoniqmaslik va uning muntazam ravishda
davom etishi tufayli oilada turli jan-jallar
kelib chiqadi. Ko‘pincha oilaviy janjallar
arzimagan, bu-tunlay boshqa narsadan
boshlanadi, lekin aslida unga jinsiy
qoniqmaslik sabab bo‘ladiki, buni ba’zan
hatto janjallashayotgan er-xotinning o‘zi ham
bilmaydi.
Masala oydinlashgach, oqilona chora-tadbir
ko‘rilmasa, tur-mush buzilishigacha borib
yetadi. Bunday hollarga yo‘l qo‘ymaslik er-
xotinning jinsiy hayot masalasiga oid bilimini
oshirishni taqozo etadi. Shularni hisobga
olgan holda jinsiy hayotning eng nozik
masalalariga oid bilimlar va tajribalar, ularni
oilaviy va amaliy hayotda qanday qo‘llash
zarurligi haqidagi fikr, mulo-haza va
maslahatlar bayon etilgan maqolalarni alohida
bo‘limda berishni ma’qul ko‘rdik
Просмотров: 6657 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama