01:34 Ko‘krak parvarishi | |
Bolaning o‘sib ulg‘ayishi, ona sutining mo‘l- ko‘l bo‘lishi hamda ona salomatligi uchun ham sut bezlarini to‘g‘ri parvarish qilish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, eng avvalo, nihoyatda tozalikka e’tibor qilish lozim. Ko‘rak so‘rg‘ichida yoriklar va mastit yuzaga kelmasligi uchun sut bezlarini ertalab va kechqurun iliq suv bilan sovunlab yuvish, so‘ng steril doka yoki paxta bilan artish kerak. Har safar emizish oldidan qo‘lni toza yuvib qaynagan suvga yoki ichimli soda (1 stakan suvga 1 choy qoshiq soda solinadi) eritmasiga xo‘llangan doka yoki paxta bilan artib turish lozim. Emizib bo‘lgandan so‘ng ko‘krak yuvib tashlanadi, toza doka yoki yumshoq sochiq bilan bosib-bosib quritiladi, vazelin yoki sterillangan o‘simlik yog‘i surtiladi. Bolani to‘g‘ri emizish juda muhim. Agar bola emib bo‘lgandan keyin ham ko‘krak uchini qo‘yib yubormasa, uni zo‘rlab tortib olish yaramaydi, buning uchun bolanig burni sal qisilsa, u og‘zini ochib ko‘krakni qo‘yib yuboradi. Emizib bo‘lgach ko‘krakda qolgan sutni (hatto u kam bo‘lsa ham) oxirigacha sog‘ib olinsa, bu qo‘shimcha massaj hisoblanadi va sut ko‘payishiga yordam beradi, sut tiralib ko‘krak taranglashishining oldini oladi. Ba’zi ayollarda sut o‘z-o‘zidan oqib qoladi, bu sut ko‘pligidan emas, balki so‘rg‘ich atrofidagi nerv tolalarining kasallanishidandir. Shuning uchun emizish vaqtida tinch sharoit yaratish kerak, biror narsadan hayajonlanish yoki siqilish sut ajratishni tartibga solib turuvchi asab tizimlariga noxush ta’sir etadi. Suti tezda oqib ketadigan ayol ko‘krak uchiga bir necha qavat steril doka qo‘yib yurishi va ularni tez-tez almashtirib turishi kerak. | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama