01:35
Nozik munosabatlar

Rivoyat qiladilarki, qadim-qadimda
Yunoniston tomonda ni-kohlanib, to‘yi o‘tgan
yoshlarga echkilar va asalarilar berishar
ekanda, ularni toqqa ko‘chirib yuborishar
ekan. Balki to‘ydan keyingi muddatning «asal
oyi» deb atalishi shundan kelib chiq-qandir.
Har qalay, kelin-kuyov tog‘ bag‘rida, kishini
sarxush qiladigan toza havoda, tabiat
qo‘ynida echkining suti-yu, asaldan iste’mol
qilib yashasharkan. Rivoyat qilishlaricha,
yunonlar o‘z millatining farzandlari baquvvat
va barno bo‘lishligi tadori-gini ular
tug‘ilmasdan ancha ilgari ko‘risharkan. Balki
donish-mand yunonlar buni yana ikki
yoshning olam bilan yuzma-yuz xoli qolib,
bir-biri bilan topishuvi, bir-biri bilan tom
ma’noda qovushuvi uchun shunday
qilishgandir.
Har qalay, zamonaviy ruhiyatshunoslar ham
er-xotinning tom va ko‘chma ma’noda
qovushuvi paytida eng yaxshi xayollar bilan
band bo‘lmoqlik lozimligini ta’kidlashadi.
Oilaning mustahkam bo‘lishi, er-xotinning
baxtiyor hayot ke-chirishlari va tinch-totuv
yashashlarida ularning o‘zaro qovushishi
muhim rol o‘ynaydi. Keling, o‘zaro
qovushishlarning ayrim ji-hatlarini ko‘rib
chiqaylik. Biologik qovushuv. Biologik
shoxobchaning ruhiy shoxobchaga nis-batan
birmuncha turg‘unligini, kam
o‘zgaruvchanligini hisobga olay-lik. YA’ni
shakllangan mijoz toifasini o‘zgartirib
bo‘lmasligini va unga intilishning
samarasizligini unutmaylik. Mijoz turi
jihatidan kelin-kuyovlar turlicha bo‘lishi,
ba’zan esa bir-biriga qarama-qarshi, zid
toifalarga mansub bo‘lishi ham mumkin. Bu
oila mustahkamligi uchun xavflimi? Yo‘q,
albatta. Dono xalqimiz aksari bunday
oilalardagi er-xotinlar bir-birlarida
yetishmaydigan ruhiy xususiyatlarni to‘ldirib
turishlarini aytadi. Bu haqda qisman yuqorida
suhbat yuritgandik.
Qayliklarning mijoz jihatdan turmush
qurishlari turli ko‘ri-nishlardan iborat bo‘lishi
mumkin. Masalan, xolerik kuyov — xolerik
kelin bilan, xolerik — sangvinik bilan, xolerik —
flegmatik bilan, xolerik — melanxolik bilan,
sangvinik — sangvinik bilan, flegmatik —
flegmatik bilan, flegmatik — melanxolik bilan,
melanxolik — melanxolik bilan va yana bosh­
qa murakkab «kombinatsiya»lar bo‘lishi
mumkin. Qovushuvda eng muhimi mijoz turi
emas, balki ular orasidagi hissiyot (muhab-
bat) kuchi, ruhiy-pedagogik bilim saviyasi,
oilaviy hayotni mus-tahkamlashga intilishi,
tarbiya va madaniy saviya darajasi, o‘zaro
munosabatlaridagi madaniyat hisoblanadi.
Kelin-kuyovlarda bir-birlariga yaxshilik qilish,
bir-birini sevishga intilish (agar sovchilar
yordamida qurilgan oila bo‘lsa), uyim-joyim,
bolam-chaqam deb yashash ustun bo‘lsa,
mijozdagi tafovut oilaviy hayot uchun xavf
tug‘dirolmaydi.
Ruhiy qovushuv. Jamiyatshunos va
aholishunos olimlarning ta’kidlashlaricha,
aksariyat oilalarda er-xotinlarning ma’lu-mot
saviyasi bir xil bo‘larkan. Bu tushunarli,
chunki uylanish yoki erga tegishda birinchi
mezon — «teng-tengi bilan» ekanini yaxshi
bilamiz. O‘g‘il-qizi yetilgan ota-onalar ham,
oila quradi-ganlarning o‘zlari ham «o‘qiganga
o‘qiganni» olib berishni to‘g‘ri deb bilishadi.
Odatda ma’lumoti tenglar yaxshi hayot
kechirib ket-ganini ko‘rganda «teng-da —
qovushib ketdi!» deyishadi. Biroq ran faqat
ma’lumotning yuqori bo‘lganida emas.
Olimlarning qayd etishicha, aynan ma’lumoti
yuqori er-xotinlar o‘rtasida ajralish sababi
nisbatan ko‘p ekan. Ayniqsa, ayolning
ma’lumot darajasi erinikidan yuqori bo‘lsa,
oila mustahkamligi uchun xavf tug‘ildi
deyavering. Umuman, bilim saviyasi qanchalik
yuqori bo‘lsa, o‘z turmush o‘rtog‘iga bo‘lgan
talab ham shunchalik oshib boradi. Bu —
tushunarli. Unda oliy ma’lumotli er-xotinlar
orasidagi ajralib ketishlarning ko‘pligiga
sabab nima? «Taxt ta-lashuv», birinchilikni
talashuv, ustunlik, hukmronlik hissi emasmi,
ishqilib? Olimlar ruhiy qovushuvda bilim,
ko‘nikma va malakaning muhim rol o‘ynashini
hisobga olib, ularni uchga bo‘lish mumkin,
deyishadi. a) Oilaviy hayotda muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan uy tutish, oila
budjetini taqsimlash, tejamkorlik bilan sarf-
xarajat qilish, pazandalik va turmushning
boshqa zarur tomonlari haqida bilim,
ko‘nikma va mal akal arga ega bo‘lish. b)
Bolalar parvarishi, ularni tarbiyalab voyaga
yetkazishdagi zarur bilimlar, ya’ni yosh ota-
onalarning ruhiy- pedagogi k saviya-si, oila,
turmush, bolalar oldidagi otalik, onalik
burchini, mas’uliyatni his etish va bularni ado
etish.
v) Jins va jinsiy hayot psixofiziologiyasi
haqida bilim,ko‘nikma va malakalarga ega
bo‘lish, turmush o‘rtog‘ining o‘ziga xos
xususiyatlarini hisobga olish, irodali, sabr-
chidamli bo‘lish, yaqin kishisining ehtiyojlarini
ustun qo‘yishga intilish.
Albatta, yosh er-xotin o‘rtasida bunday bilim,
ko‘nikma va ma-lakadagi farqancha bo‘lishi
mumkin. Biri ma’lum sohada tushuncha-li,
tajribali bo‘lsa, ikkinchisi o‘sha sohada
mutlaqo tajribasiz, bilimsiz, malakasiz bo‘lishi
mumkin. Pekin ma’lumoti juftini-kidan kam
emas — oliy! So‘nggi yillarda va ayniqsa
diplom uchun o‘qigan yoshlarda shunday
«ma’lumot» bilan maqtanish hissi kuchli. Oila
esa har jihatdan qovushuvni talab etadi.
Ayniqsa, jinsiy hayot masalalarida ana shu
farqyaqqol sezilib qoladi. Bunday payt-larda
ma’lum bilim, malaka va tajribaga ega
bo‘lgan juft turmush o‘rtog‘ini qo‘llab borishi,
tushuntirib, o‘rgatib turishi zarur. Ruhiy
qovushuvda markaziy o‘rinni ruhiy
shoxobchaning tarki-biy qismlaridan biri —
fe’l-atvor egallaydi. Fe’l-atvori bir-biriga
batamom o‘xshash qayliqlarni topish qiyin,
birmuncha yaqinlari topilgan taqdirda ham
ular orasidagi muhabbat tuyg‘u-lari o‘zaro
hurmat bosqichi bilan almashinadi. Shuning
uchun ular fe’l-atvori bir-biriga yaqin
bo‘lishidan qati nazar, har xil
kelishmovchiliklar yuzaga kelib turadi.
Masalan, o‘zaro yoki bosh-qalar bilan bo‘lgan
munosabatda biri — xudbinroq, ikkinchisi esa
uning aksi yoki har ikkovi ham xudbinroq,
shuningdek man-manroq bo‘lishlari mumkin.
Bunday yigit-qizlar sevgi-muhabbat-siz oila
qurolmaydilar. Ular o‘rtasidagi hissiyot oila
qurilgan dastlabki bosqichda xudbinlik
belgilarini ifodalamaydi. Muhabbat
alangalangan davrga o‘tgandan so‘nggina
xudbinlik, man-manlik kabi salbiy xususiyatlar
o‘zini ko‘rsata boshlaydi va endi oilada
nizolar soni keskin ortib ketadi. Shoshma-
shosharlik bilan qurilgan oilalarda ko‘pincha
er-xotinlar bir-birlarini yaxshi bilishmaydi.
Xuddi shunday oilalarda yuqoridagi salbiy
xislatlar to‘ydan keyingi dastlabki kunlardayoq
tez qalqib chiqi-shi mumkin.
Ayrim yangi kuyovlar erkaklarning uy
yumushlari bilan shug‘ul-lanishni o‘zlari
uchun haqorat deb biladilar. Aksincha, butun
uy ishlarini biron-bir asosli sabablarsiz
erining zimmasiga yuk-laydigan xotinlar ham
bor. Bunda ba’zi er va xotinlar shunday
turmushga tezda ko‘nikib va moslashib
qolishadi, umr bo‘yi nizo-janjallarsiz yashab
ketadilar.
Ijtimoiy qovushuv. Ruhiy shoxobchaga ijtimoiy
shoxobcha ham taalluqlidir. Ijtimoiy
shoxobcha shaxsning dunyoqarashi va uning
hayotda tutgan o‘rnini bildiradi. Bunday
qovushuvda oilaviy hayotda-gi dunyoqarash
asosiy rol o‘ynamasdan, balki shaxsning
kimligi yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rib o‘tilgan shoxobchalar to‘g‘ri
kelishidan tashqari, er yoki xotinning hayotda
tutgan o‘rni, kimligi muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘pincha ana shu narsa er-xotinlar
o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga, ajralib
ketishlarga sabab bo‘ladi. Yeki, aksincha,
ijtimoiy mavqei yuqoriroq bo‘lgan shaxsga
ikkinchi tomon so‘zsiz itoat etadi. Xalqimizda
«yetaklashga qodir bo‘lmagan yetovda
yuradi», degan ran bor. Buni ongli,
madaniyatli, bir-biriga hurmat bilan
bajarganlar ko‘p jihatdan, ayniqsa, oila
barqaror-ligini saqlab qolib, yutadilar.
Просмотров: 5937 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama