01:41
Qiz bolaning sha’ni

Eshitgandirsiz...
Onalar o‘rtasida qizlar tarbiyasiga oid gap
ketsa, ko‘pincha «Oq qanddek avaylab, gard
yuqtirmay o‘stirdim», deyishadi.
Oq qand... Darhaqiqat, juda nozik o‘xshatish.
Nozikligi shundaki, oq qandga biror gard
yuqsa, uni tozalash qiyin — gard tekkan joyini
kesib yoki qirqib olib tashlash kerak.
Ko‘pincha esa gard tekkan qand bo‘lagi mol
oxuriga yoki parranda donlari orasiga tashlab
yuboriladi.
Qiz bolaning nomiga ilashgan yomon dog‘ —
isnodning ketishi shuncha qiyin. Ba’zida
ko‘rmayin bosilgan tikan jabrini bir umr tortib
yurishga to‘g‘ri keladi. Ba’zan u kishini
umrbod gumon, shubha, demakki, baxti
bekamlik emas, baxti kemtiklik qiynog‘iga
solib qo‘yadi. Hammasiga ko‘pincha o‘ylamay
ish qilish, iroda jilovining bir-ikki daqiqaga
bo‘sh qo‘yilishi sabab bo‘ladi.
Qiz bolaning sha’ni... Bu haqda juda ko‘p va
har so‘ziga alohida urg‘u, alohida salmoq
berib gapiriladi. Insoniy fazilatlar, ma’naviy
qadriyatlar haqida so‘z ketsa ayni shular kiz
bolada eng oliy darajada bo‘lishi talab
qilinadi. Axir u qiz bola-da! Millatning kurki,
millatning kelajagi. Qiz bola shunchaki qiz
bola bo‘lib qolishi mumkin emas. U juda
nazokatli, iffatli, iboli, sabrbardoshli, oqila,
mehribon... bo‘lishi kerak. Hatto qiz bolaga
berilgan nisbat, o‘lchov, mezonlar ham
o‘rtamiyona, yarim, nim-ta’rif, chala nisbat
bo‘la olmaydi. Ular ustunning yo eng tepasi,
yo eng pasti bo‘ladi. Ayb yoki gunoh ish qilib
qo‘ygan boshqa hamma kishi kechirilishi
mumkin. Faqat qiz bola^kechirilmaydi. Qiz
bolaga kelganda hukm ham g‘oyat muxtasar:
«O‘g‘il bola shu ishni qilganda — boshqa ran
edi. Ammo u — qiz bolaya!» Tamom —
vassalom! Qiz bolaning ismi, jismi,
ma’naviyati, borlig‘i, xatti-harakatiga hamisha
o‘lchov boshqacha bo‘lib kelgan!
So‘ramishlar:
Dunyoda o‘limdan yemoni nima?
Qizingning noqobil bo‘lishi! Bu dahshatni
boshidan kechirganlarning dilidanda, tilidanda
bundan dahshatliroq nido chiqadi: — Qiz
asragandan ko‘ra, tuz asrasam bo‘lmasmidi?!
Dol bo‘lgan qadlar, egilgan boshlarga
keladigan xulosa undan ham dahshatli:
— Qiz keltirgan nomus — o‘limdan kuchli!
Asrlar, zamonlar bu azaliy matallarning
ma’nosini o‘chira olmaganidek, tig‘ini ham
o‘tmaslashtira olmaydi. Uzbek xonadoni borki,
agar unda qiz o‘sayotgan bo‘lsa, shu xonadon
sohiblarining ko‘nglida g‘urur, surur, shuur va
qiz sha’ni bilan bog‘liq or-nomus ham yuqori
bo‘ladi. Shuning uchun ham xalqimiz qiz
bolaning ma’naviy yetuk, komil inson bo‘lib
o‘sishi uchun alohida ahamiyat beradi. Uni
«oq qanddek o‘rab, avaylab, gard
tekkizmaslikka» harakat qiladi.
Просмотров: 3265 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama