00:41 Er-xotin urushi - doka ro'mol qurishi | |
Haqiqatan er-xotin urushib qolsa, tezda yarashib ketishi kerak, lekin hayotda har doim ham unday bo'lmaydi. Er-xotin orasida urushdan keyin alam, xafagarchilik va boshqa salbiy munosabatlar paydo bo'lishi mumkin. Ularni chetlab o'tish yo'llari bilan tanishib chiqing. 1. Er-xotin orasida tushunmovchilik bo'lib gap talashish boshlansa, haqoratga yo'l qo'ymang. Istaganizcha urushing, o'z fikringizni o'qtiring, faqat turmush o'rtog'ingizni haqoratlamang. 2. Urush davomida turmush o'rtog'ingizga og'ir botadigan so'zlarni ishlatmang, dili og'riydi. 3. Jahl ustida aql ketadi. Jahlingiz o'ta uchida bo'lganda o'ziz chiqib keting yoki turmush o'rtog'ingiz chiqib ketsin. Jahl ustida janjallashmang. Bir-biringizga yoqmas so'zlarni yoki harakatlarni qilib yuborishingiz mumkin. Jahldan tushib, keyin qancha xohlasangiz munosabatlaringizni oydinlashtiravering. 4. Urush davomida turmush o'rtog'ingiz qarindoshlarini, do'stlarini tilga olmang. 5. Mavzudan chetlashmang. Er-xotin urushayotgan paytingizda aynan urushni keltirib chiqqan mavzu bo'yicha baxslashing, yuz yil oldin o'tgan alam va xafagarchiliklarni qo'shmang, urush qizishib ketadi. 6. Bolalar oldida urushmang. Hech qachon farzandlaringiz yonida, bir-biringizni kamsitib, haqoratlamang. Farzandingiz sizni tushunmay notog'ri xulosalar chiqaradi. 7. Urushyotganingizda boshqalarni aralashtirmang. Er-xotin urushiga boshqa bir inson (ota, ona, opa-singil, do'st va hokazo) aralashsa urush janjalga aylanib ketadi. 8. Urushayotganingizda baqirmang. Hamma gapni sekin tushuntirib aytish mumkin. Agar o'zingizdan chiqib ketgan bo'lsangiz, baqirishdan foyda yo'q. O'zingizga kelib olib keyin davom eting. 9. Er-xotin orasidagi barcha muammo va tushunmovchiliklarni to'q qoringa oydinlashtiring. Och qorin urushni jiddiylashtirib yuboradi. 10. Urushyotganingizda turmush o'rtog'ingiz nima deyayotganiga ham quloq solib ko'ring, balki u haqdir. Albatta er-xotin hayot davomida urushmasdan iloji yo'q. Lekin har bir tushunmovchilik yoki xafagarchilikdan so'ng aybdor kechirim so'ra olsa, urush nimaga kelib chiqqani ham esdan chiqadi. Yarashish esa so'zlarda emas, balki shirin jinsiy aloqada namoyon bo'lishi hammani yutuqda qoldiradi. Manba: Uzbaby.Uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama