01:10 Men sevaman, sen sevasanmu | |
O‘tish har qaysi davr uchun ma’lum inqirozlar bilan kechgani sababli, bu bosqichda ham qator qiyinchiliklar kuzatilishi mumkin. Chunki aynan shu davrdan boshlab sevilgan insonni ideal-lashtirib idrok qilishga moyillik kamayib boradi. Endi shaxe qanday bo‘lsa, shundayligicha — aniq va xolisona idrok qilinadi. fidoyilikning yo‘nalishi o‘zgarib, ko‘proq farzandlar tomonga og‘adi. Ruhiy to‘yinish — er-xotinning bir-biridan to‘yib qolishi oilada turli ikir-chikirlardan nizolar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Er-xotinlar qanchalik yosh bo‘lsalar, olimlarning ta’kidlashicha, bu davr shunchalik og‘ir o‘tarkan, nizolar tezlasharkan. Ular yoshligi, tajribasizligi tufayli «muhabbatimiz o‘ldi» deb o‘yla-shadi yoki bundan ham battari: «Muhabbatda, umr yo‘ldoshi tan- lashda adashdim, men hali yoshman, xatoimni to‘g‘rilab olaman», degan xulosaga kelishadi. Kuyov o‘zicha: «Kucha to‘la xotin», desa, kelin: «Er qurib qolibdimi, qancha xushtorlarim bor, rozilik bersam, ertagayoq haqiqiy erkakka turmushga chiqaman», deydi. Bundan faqat oilaviy yong‘in avjga chiqadi, chinni sinishga keladi. Bu — oila, muhabbat bosqichlari, hissiyot ifodasida mijozlarning ahamiyatini bilmaganimizdan. Oila, muhabbat, ruhiyat bobida savodsizligimizdan, agar shu savodxonlik mavjud bo‘lsa, xotirjam, bosikdik bilan to‘yinishga uchragan hissiyotlar tahlil qilinib, to‘g‘ri xulosa chiqarib olish, chorasini ko‘rish imkoni qidiriladi. Masalaga aql-idrok bilan, muhabbatning o‘tgan bosqichlarida kechirilgan yaxshi davr xurmati o‘laroq yondoshgan kishilar, nafsilambirini aytganda, «osmon uzilib yerga tushgulik» hech bir holat yuz bermaganini, aksincha, juftlar «ko‘proq shirinlik yeb ko‘yganlarini» tez anglab yetadilar va «muhabbatimiz o‘libdi» xulosasidan yiroq bo‘ladilar. Hayotda shunday tahlilning zarurligini anglab yetmaganlar salbiy munosabatlar quliga aylanib qolganini ko‘plab ko‘rish mumkin. Bunda, asosiy sabab bir chekkada qolib, aksariyat, kelin yoki kuyovning ota-onasidagi kamchiliklar o‘rtaga tashlanadi, do‘sti yoki qarindoshining to‘ydan avval ogoxlantirgani bormi, to‘ydan oldin sevishganlar orasida bo‘lib o‘tgan nizolar bormi — eslana-di. Kuyov va kelin ma’lumotidagi tafovutlar ham chetda qolmaydi: «Savodsiz bo‘lmasa shu ishni qilarmidi?», «Oliy ma’lumotli xotin olgandan ko‘ra uylanmasdan o‘tgan yaxshi!» Ilgarilari hur-mat bilan qaraladigan juftlar yoshi orasidagi tafovut asosiy sabab qilib ko‘rsatiladi: «Ering katta bo‘lsa aql o‘rgatadi», «Ering o‘zingdan katta bo‘lsa ezma bo‘ladi». Avvaldan kimga uyla- nayotgani yoki kimga erga tegayotgani ulardan sir tutilgandek kasblar ham nizoga bahona: «Xotining pedagog bo‘lsa — bir umr tarbiyalaydi», «Ering san’atkor bo‘lsa — oilaviy hayoting sahnaga aylanadi», «Xotining san’atkor bo‘lsa — vafosizlik soya kabi ajralmaydi». «O‘z millatim vakili bilan turmush qurganimda bunday xorlanmas edim!», «Uzbek qizga uylanganimda farishtadek boshini egib turardi!» kabi milliy tafovutdan, ayniqsa ota-onaga aloqador kamchi-likdan axtariladi hamma sabab: «Ichkilikboz otaning o‘tli kim bo‘lardi?», «It emganiga tortadi!». Ongsizlik, irodasizlik, yengil-lik oqibati bor ayb umr yo‘ldoshiga ag‘dariladi. Oqibatda muhabbat tobora jarga qulayveradi. Bunday munosabat shakllangandan so‘ng oilaviy hayotdagi har qanday kelishmovchilik va nizolar xuddi shu munosabat zaminida hosil bo‘layotgandek idrok etiladi. Bu munosabatga to‘g‘ri kelmagan yaxshi dalillar xotirada sakdanmaydi-yu, to‘g‘ri deb qabul qilinayotgan yomonlik esa tobora ongu yurakni zabt etaveradi. Bora-bora erkak ham, ayol ham salbiy munosabatlarning kuliga aylanadilar. Asta-sekin nikohning poydevori yemirilib, oila barbod bo‘lishiga olib keladi. Sudda ko‘pincha er-xotinlar emas, o‘sha mayda-chuyda narsalar to‘qnashadi. Aksariyat kechagina bir-biriga: «Men sevaman, sen sevasanmi?» deb turganlar nizo nimadan chiqqanini ham eslasholmaidi, deb hikoya qiladi fuqarolik ishlarini ko‘ruvchi sudya. Achinarlisi shuki, eru xotinlar shu salbiy munosabatlarning intizomli, prinsipial, jasur jangchilariga aylanadilar. Ular orasidagi jang muhabbatni tamomila toptab bo‘lmagunlaricha davom etaveradi. Xalqimizda «Oldingdan oqqan suvning qadri yo‘q», degan maqol bor. Bu, eng avvalo, oilaviy hayotga, er-xotinlar orasidagi munosabatlarga taalluqlidar. Shuning uchun doimo o‘rtadagi sevgi-muhabbatning, qadr- qimmatning arzimas sabablarga ko‘ra yo‘qo- lishiga yo‘l qo‘ymaslik, ko‘ngilsizliklarning oldini olib yashash kerak. Aks holda keyingi afsus va pushaymonlar bir umr ruhiy azob berishini, hayotni qayta boshlashning esa imkoni bo‘lmasli-gini yoddan chiqarmaslik lozim. Hayot murakkab jarayon, unda nimalar bo‘lmaydi, deysiz. Arzimas sabablardan janjal chiqarishga, uni avj oldirishga harakat qilmaslik kerak. Bizda «er-xotinning urushi — doka ro‘molning qurishi» degan ibratli gai bor. Xususan o‘rtada farzandlar paydo bo‘lgandan keyin juda ehtiyot bo‘lish zarur. Barbod bo‘layotgan muhabbat tuyg‘usini hech bo‘lmaganda norasida go‘daklar hurmati uchun, ular taqdirini o‘ylab ham asrab qolish shart. Loaqal oila saqlab qolinmaganida ham, sevgi-muhabbat hislarining nafratga ayla-nib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Oila hayotidagi xursandchiliklarni, ilgarigi shirin damlarni, iliq munosabatlarni eslash, ularni qadrlash arzimas nizolarning alanga olishiga yo‘l bermaydi. Er yoki xotin bir-birla- rining xulq-atvorlaridagi ijobiy xususiyatlarni eslab, jufti dunyodagi eng keragi ekanini anglaganlarida o‘rtadagi urishiqholat «doka ro‘mol quriguncha» ham davom etmaydi. Muhabbat yengib chiqadi. manba Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
![](http://saboq.org/homiladorliktaqvim.png)
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama