01:38
Er-xotin - do'stlar?

Er-xotin munosabatlari juda chuqur ma'noni
anglatadi. Har bir inson bu munosabatlarda
o'zgacha ma'noni ko'radi. Turli xil insonda bu
munosabatlardan kutiladigan "manfaat" ham
o'zgacha bo'ladi.
Er-xotin munosabatlari yillar o'tgan sayin
o'zgarib boradigan xameleon, desak
adashmaymiz. Turmushning ilk oylarida er-
xotin munosabatlari asosan jinsiy tuyg'ular
bilan bog'liq bo'ladi. Farzand tug'ilgach bu
munosabatlarga ota-onalik vazifasi
qo'shiladi. Yillar o'tgan sayin er-xotin orasida
minnatdorchilik, hurmat kabi tuyg'ular
uyg'onishi mumkin. Qarichilikda jinsiy
tuyg'ularga o'rin qo'lmaydi. Shunday qilib
turmushning davriga qarab er-xotin
munosabatlari o'zgarib boraveradi.
Uzoq vaqt davom etadigan baxtli turmushda
er-xotin orasida do'stona munosabat bo'lishi
muhim ekan. Erkak va ayol orasida do'stona
munosabat bo'lishi mumkinmi? Ha, agar ular
er-xotin bo'lsalar.
Erkak ayoliga do'st bo'la olishi juda qiyin.
Buning uchun u ayolini tushuna olishi,
dardiga malham bera olishi va eng muhimi
ayolini hurmat qila olishi lozim. Ayol erkakni
sevgisini qozonishi oson, lekin erkakning
hurmatiga sazovor bo'lishi juda qiyin.
Xuddi shunday, erkak uchun ham ayol do'st
bo'la olishi qiyin. Erkak ayolini seva oladi,
erkalay oladi, himoya qila oladi, lekin unga
do'sti sifatida qaray olishi qiyinchilik kasb
etadi. Buning uchun ham ayol erkakni
hurmatini qozona olishi lozim.
Ehtiros, sevgi kabi tuyg'ular o'tkinchidir. Ular
bir bo'ladi, bir so'nadi. Hech qaysi turmush
aynan shu tuyg'ular asosida uzoq davom eta
olmagan. Baxtli uzoq davom etadigan
turmush uchun o'zaro manfaat kerak. Manfaat
deganda moliyaviy yoki ijtimoiy manfaatni
emas, balki hissiy manfaatni nazarda tutamiz.
Erkak ham ayol ham yolg'izlikni istamaydi.
Ularninig turmush qurishi yolg'izlikdan qutilish
manfaatini ko'zlashdir. Demakki, inson o'z
turmush o'rtog'idan ehtiyojini qondirishni,
ya'ni yolg'izlanmaslikni kutadi.
Ruhiy yolg'izlik juda qiyin tuyg'u. Yonida
suyadigani, farzandlarining onasi o'tirsa-yu,
lekin erkak o'zini oilada yolg'iz his etayotgan
bo'lsa, juda yomon. Shunda ba'zi erkaklar
do'stlariga yuz o'giradilar, ba'zilar boshqa
ayolga intiladilar, ba'zilar ichiga kirib ketadi,
oilaviy munosabatlarda qandaydur sukunat,
qo'pollik yoki sovuqqonlik ko'paya boshlaydi.
Agar ayol eriga, eri ayoliga do'st bo'la olsa,
oilada ruhiy yolg'izlikka joy qolmaydi.
Shunda erkak, o'z muammolarini, dardini,
hatto maqsadlarini ham lozim topganda va
bunga ehtiyoji bo'lganda ayoliga ayta oladi. U
biladi, ayoli uni qo'llab-quvvatlaydi, tushunadi
va yo'l topishda yordam bera oladi. Ayolni
biron masala qiynayotgan bo'lsa, u ham
bema'ni maslahatlar bilan oilaga
aralashadigan dugonalarga, qizining
muammosiga xolisona baho bera olmaydigan
ota-onasiga murojaat qilmay, o'z jufti xaloli
bilan dardlashadi, muammoga birgalikda
yechim izlaydi.
Ayolning erkak bilan dardlashishida eng
muhimi, hamma gapni ham gapiravermaslik .
Erkak va ayol psixologiyasi turlicha bo'lgani
uchun, ayol uchun birdek ko 'ringan masala ,
erkak uchun umuman boshqacha ko' rinishi
mumkin. Shuni inobatga olgan holda ayol eri
bilan dardlashishi darkor.
Natijada, birinchidan, oilaviy munosabatlarga
birovlar aralashmaydi, ikkinchidan, er-xotin
yanada yanqinroq bo'ladi, uchinchidan esa,
maqsadga birgalikda erishiladi.
Lekin bu oson emas. Erkak xotini uchun do'st
bo'la olishiga yoki unga xotini do'st bo'lishi
uchun er xotinini hurmat qilishi shart.
Hurmatsiz hech qanday do'stona munosabat
bo'la olmaydi.
Hurmatni ayol qozonishi lozim. Ayol o'sishi
kerak! Osishda to'xtamasligi kerak. O'sish
deganda, ma'naviy, jismoniy va ruhiy o'sishni
nazarda tutamiz. Uch farzandga ega bo'lib,
ayol o'z jismoniy holatini tashlab qo'yishi
to'g'ri emas. U o'z ustida ishlashi kerak. Bu
yo'lda qo'ygan maqsadiga erisha bilishi kerak.
Yoki, ayol faqat idish tovoq va pishiriqlar
bilan kifoyalanmay, adabiyotga ham qiziqishi
lozim. Kitoblarni mutoala qilish ayolni nafaqat
ma'naviy yuksaltira oladi, balki farzandlariga
chiroyli tarbiya berishda ham foyda beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o'tkazish, bema'ni
kinolarni ko'rishdan ko'ra bir dona adabiyot
bilan tanishish qanchalik foydaliroqdir.
Turmushning qiyinchiliklariga bardoshli
bo'lishi uchun o'z ruhiyati ustida ishlashi
lozim. Kerakli psixologik adabiyotlar, milliy
qadriyatlar va otabobo va momolarimiz
udumlari bilan tanishib ulardan ibrat olish
bunda qo'l keladi. Maqsad, erini hurmatiga
sazovor bo'la olish. O'zining inson sifatida
yutuqlariga ham ega bo'lish.
Oshxonadan chiqmaydigan ayolga erkak
qanday qaraydi? Oshpazga qaragandek!
Uylarni erta-yu kech yig'ishtirishdan
tolmaydigan ayolga-chi? Erkak istasa ham,
bunday ayollar unga do'st bo'la olmaydi. Ular
bu erkak dardini tushuna olmaydi ham. Ular
bilan erkak do'stlasha olmaydi.
Ayol turmushga chiqdimi, faqat yuksalishi
kerak. Asal oyi munosabatlarida, ota-ona
munosabatlarida, uy-ro'zg'or munosabatlarida
u bir ravonda emas, yuqoriga intilgan holda,
yangi-yangi cho'qqilarni zabt etgan holda
yashashi darkor. U ham bir nimaga erisha
olishini ko'rsata bilishi kerak. Masalan, biron
o'qishga kirib bilim olgani, uning harakati
bilan farzandi yutuqlarga erisha olgani,
bolalarida o'qishga yoki rasm chizishga mehr
uyg'ota olgani, o'z qo'llari bilan uy
buyumlarini yarata olgani, ishda yutuqlarga
ega bo'lgani kabilar bilan erkak ko'zida
yuksala oladi, uni hurmat qilisga sabab paydo
bo'ladi. Ahir, kiyevskiy tort pishirib hurmat
qozonmaydiku...ja bo'lmasa, pishiriqlar
haqida kitob yozish kerak.
Geysha sirlaridan biri, erkakka do' st bo 'la
olishdir.
Bunday ayollar bilan erkak faxrlanadi. Bunday
ayol bilan erkak suhbat qurishni istaydi.
Bunday ayolni erkak do'st qila oladi.
Erkak ayolni emas, insonni hurmat qila oladi.
Siz ming go'zal, ajoyib, ayol bo'lmang, kuchli,
ma'naviy boy inson bo'la olmasangiz, erkak
sizni hurmat qilishi uchun bu yetarli emas,
demakki siz unga va u sizga do'st ham bo'la
olmaydi.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 6490 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama