01:49
Erning jinsiy ehtiyoji

Er-xotin munosabatlari yaxshi bo'lishi uchun
jinsiy munosabatlarning ahamiyati juda katta.
Hozirgi zamon muammolaridan biri - bu
erkakning jinsiy munosabatlarga bo'lgan
ehtiyojining pasayishidir.
Bu holat ayniqsa, yoshi 30-40 atrofidagi
juftliklarda keng tarqalmoqda. Bunga sabab,
aynan bu yoshda erkaklar ishga yoki karyera
qilishga berilgan bo'ladilar.
Har bir erkakda jinsiy ehtiyojini qondirish
muddatining o'rtacha davri bo'ladi. Bir erkak
uchun har kuni jinsiy aloqada bo'lish talab
etilsa, boshqa erkakka haftada yoki oyda 1
marta aloqa qilish yetarli bo'ladi. Bu faktor
asosan ularning yoshligidan shakllanib kelgan
gormonal salomatligiga bog'liq bo'lib, unga
biroz ta'sir qilish mumkin, lekin keskin
o'zgartirishning iloji yo'q. Ya'ni jinsiy aloqaga
oyda 1 marta ehtiyoji mavjud erkakni tabiiy
ravishda har hafta aloqa qilishga ehtiyojini
uyg'otishning iloji yo'q.
Muhimi shundaki, turmushning ilk yillarida
erkak qanchalik aktiv yoki passiv bo'lsa, umr
davomida tashqi faktorlar ta'sir etmasa, bu
ko'rsatkich atrofdagilarga nisbatan deyarli
o'zgarmaydi. Ya'ni 20 yoshdagi do'stlariga
nisbatan aktiv erkak 60 yoshida o'zining
yoshligiga nisbatan passivroq bo'lgani bilan,
60 yoshlik do'stlariga nisbatan baribir
aktivroq bo'ladi.
Ayollarda erkaklardan farqli o 'laroq hayot
davomida yuz beradigan keskin gormonal
o' zgarishlar tufayli jinsiy ehtiyoj doim
o' zgarib turadi .
Yuqoridan xulosa chiqaradigan bo'lsak, erkak
tumushning ilk yillarida aktivlikni ko'rsatgan
bo'lib, bir necha yil o'tgach birdan jinsiy
ehtiyoji pasayib qolgan bo'lsa, bunga biron
tashqi faktor ta'sir qilgan ligi aniq.
Tashqi faktorni izlashdan oldin, erkak
haqiqattan jinsiy aloqada uzoq vaqt
bo'lmayotganiga amin bo'lish zarur. Ba'zilar
turmush o'rtog'iga jinsiy sovuqqonlik
ko'rsatgani bilan, jinsiy ehtiyojlarini boshqa
ayol yoki boshqa usullar bilan qondirishni
davom etayotgan bo'lishi mumkin. Agar
ushbu holatga shubha bo'lmasa, u holda yuz
berayotgan passivlikni sababini izlasa bo'ladi.
Eng asosiy faktor - bu charchash. Charchov va
stress to'g'ridan-to'g'ri erkakning jinsiy
ehtiyojiga ta'sir ko'rsatadi.
1. Erkak ish kunlari kamida 8-9 soat uxlashini
ta'minlash zarur;
2. Dam olish kunlari kun mobaynida ham bir
necha marta uxlash talab etiladi;
3. Ishdan kelganda, kitob mutoala qilish,
yoqimli teleko'rsatuv ko'rish yoki boshqa biron
bo'shashtiradigan va asabni buzmaydigan
faoliyat bilan shug'ullanish lozim.
Yaqin insonni yo'qotish, qattiq ruhiy zarba
olish, ba'zi jismoniy kasalliklar, moliyaviy
holatning keskin o'zgarishi kabi holatlar ham
jinsiy ehtiyojni qisqa muddatga bo'lsa ham
o'zgartirib yuboradi.
Keyingi faktor - ovqatlanish.
1. Uch oy muddat davomida 2 kunda bir
tansiq ovqatlar bilan tamadi qilish zarur.
Bedana tuxumi, qo'y go'shti, mol go'shtidan
tayyorlangan jarkob, dimlama, osh, manti kabi
milliy taomlar ayni muddao;
2. Xamir ovqat, makaron, non va non
mahsulotlari kabilar miqdorini kamaytirish
lozim;
3. Shirinliklardan ko'ra ko'proq meva va
sabzavotlarni yeyish maqsadga muvofiq
bo'ladi.
4. Yong'oq, xandon pista, bodom, yer yong'oq
kabilarni har kuni yeyish tavsiya etiladi.
5. Turshak va pomidor spermotozoidlarning
miqdori va sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Spermatozoidlarning ko'payishi natijasida
jinsiy ehtiyoj ham ortadi.
Yana bir muhim faktor - erkakning psixologik
holati.
1. Erkak jinsiy ehtiyoji pasayganligi sababini
o'zida ko'rmasligi lozim. Buning uchun xotini
jinsiy munosabatlar sustlashib ketayotganiga
urg'u beravermasligi ma'qul. Jinsiy
passivlikka oddiy charchov sabab bo'lishi
mumkin, lekin ayolining gaplaridan so'ng
erkak siqilib sababini jinsiy ojizligida, deb
bilishni boshlaydi. O'z erkakligiga ishonchini
yo'qotgan erkakni jinsiy aloqaga undash
undan ham qiyin bo'ladi.
2. Er-xotin munosabatlarida jinsiy aloqaning
o'rni kamayib ketayotgan bo'lsa, bunga
farzandlarning kech uxlashi, ayolning
charchab qolishi yoki boshqa er-xotinga
bog'liq bo'lmagan faktorlarga erkakni
ishontirish lozim. Erkak bunda muammo
borligini anglamasin.
Erkaklar uchun bu juda nozik masala
ekanligini unutmaslik lozim. Aloqaga ayoli
undab turganida javob bera olmagan erkak
befarq ko' rinsa ham , aslida juda qiynaladi.
3. Romantik kechalar, go'zal ichki kiyimlarni
bu davrda chetroqqa surib qo'yish kerak.
Xotini ajoyib romantik tun uyushtirganiga
qaramay, jinsiy ehtiyoji uyg'onmagan erkak,
ichida qattiq siqiladi va erkaklik kuchiga
bo'lgan ishonchi yanada pasayadi. Undan
tashqari bunday kechalarning natijasi bir
martalik bo'ladi, xolos, muammo negiziga
ta'sir etmaydi.
Ushbu tavsiyalarni doimiy ravishda amalga
oshirgan holda ham erkakning jinsiy ehtiyojini
o'zgarishiga kamida 3 oy talab etiladi.
Shu 3 oydan so'ng ham erkakda passivlik
davom etaversa, u holda biron jinsiy infeksiya
yoki boshqa tibbiy muammo borligiga shubha
qilsa bo'ladi.
Bir erkakdagi aktivlik yoki passivlikni bilish
uchun uni boshqa erkak bilan solishtirmaslik
muhim. Erkakninig jinsiy ehtiyojini
o' zgarishini faqat o' zining bundan oldingi
bo'lgan aktivligi yoki passivligi bilan
solishtirish lozim. Undan tashqari
turmushning ilk 1 - 3 oydagi jinsiy aktivlik
normal ko 'rsatkich emas . Asal oyi o' tgandan
so'ng davom etgan jinsiy munosabatlardan
erkakning jinsiy aktiv yoki passivligini ko' rsa
bo'ladi .
Erkakda jinsiy passivlik yuz berganida befarq
bo'lish kerak emas. Ayoliga kerak bo'lmagan
holda ham, erkakni kuchini qaytarish lozim.
Erkaklik kuchini yo'qotib borayotgan erkakning
o'ziga bo'lgan ishonchi, hurmati pasayib
ketaveradi. Shunda u yonidagilarga qo'pollik,
jahl va asabiylikni namoyon qila boshlaydi.
Eng yomoni, jinsiy ojizligini sababini xotinidan
izlasa. Xotini sababchi emas ekanligini
yuqoridagi faktorlarni bartaraf etibgina bilish
mumkin.

manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 11038 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Ёшингиз Неччида ??
Всего ответов: 375
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama