00:48 Erim yordam bermaydi...so'rang! | |
Erkak ko'cha ishlari bilan band bo'lishi biz uchun oddiy holat. Agar erkak uy ishlarida yordam bersa, bizga bu kamida g'aroyibdek tuyuladi. Uy ishlarini charchamay qilib yuradigan o'zbek ayolining eridan yordam so'rash hayoliga ham kelmaydi. Parda ilish, o'gir narsa surish, qopqoqni ochib berish, tarvuz so'yib berish va boshqa shu kabi yumushlarni ayol o'zi uddalashga harakat qiladi. Ho'jayini televizor ko'rib o'tirganida uni bezota qilib, jahlini ko'rgandan ko'ra, ayol bir amallab o'zi barcha ishlarini uddalaydi. Bolasi qorni ochib yig'layotgan, beli sinib ketay deyayotgan, ko'zi charchaganidan yumilib ketayotgan bo'lsa ham o'zi qila oladi. Yordam so'ramaydi! Koreyalik mashhur bir psixologning oldiga er-xotin kelibdi. Ayoli homilador. Psixolog og'zini ochmasidan haligi ayol yig'lab eriga arz qilmoqda. Eridan xafa bo'lishining asosiy sababi eri unga hech qachon yordam bermasligidir. "Oldin ham yordam bermas edi, indamas edim, lekin homilador bo'lganimda hech bo'lmasa ozgina qarashsa bo'lar ediku!", deb tinmay yig'lamoqda. Shunda psixolog eriga yuzlanib undan vaziyat tavsilotini so'rabdi. Eri ayoliga mehr bilan qarab, "Axir aytsang qilardimku!", dedi, xolos. Ayoli yana yig'lab davom etdi: "Farzandimiz dunyoga kelishiga oz qoldi. Shuning uchun uylarni tozalab, yangi mehmon kutib olish uchun tayyorlanayotgan edim. Dam olish kuni, erim uyda bo'lganida oynalarni yuvdim. Kuni bilan televizor ko'rib yotdi. Biron marta, "qiynalmayapmanmi?", qiziqib ko'rgani ham yo'q. Kechki payt rosa charchab pardalarni ilay desam, stuldan yiqilay deb, yig'lab yubordim. Erimga baqirib ketdim. "Yoningda o'lib ketsam ham sezmaysan", deb alam bilan rosa yig'ladim". Psixolog erining bunga munosabatini bilmoqchi bo'ldi. Eri o'zini aybini tan olgan holda, faqat bir narsani ta'kidladi: "Axir aytsang, yordam berar edimku. Man o'yladim o'zing qiynalmay chaqaloq tug'ilishiga uylarni chiroyli qilmoqchisan, deb. Xayolimga ham kelgani yo'q, senga bu qiyinchilik tug'dirayotganini. Chunki mening tasavvurimda, agar qiynalganingda yordamimni so'rar eding". Homilador bo' lib ko 'rmagan erkak, qaerdan bilsin ayoli bu davrda qiynalishini ? Shunda psixolog negadur erkakni yonini oldi. Nega? Psixologning ta'kidlashicha, erkaklarning psixologiyasi ayollarnikidan tubdan farq qiladi. Ayollar hissiyotlarga tayansa, erkak faktlarga, mantiqqa tayanadi. Erkak ayolini indamay ish qilayotganini ko'rib unga yordam kerakmas deb mantiqan o'ylaydi. Chunki erkakning psixologiyasi bo'yicha, ayolga yordam kerak bo'lsa, u shuni so'rashi kerak. Ayolning psixologiyasi bo'yicha, insonga yordam kerak bo'lganini yonidagi his eta olishi kerak. Mana shu eng muhim narsa! Hech qachon erkak bir narsani hissiyotlariga tayanib qilmaydi. Unga fakt kerak. Fakt: ayoli yordam so'ramoqda. Natija: erkak yordam beradi. Fakt: ayoli indamay ish qilib yuribdi. Natija: demak ayoliga yordam kerak emas. Erkakning bunday bo'lishiga u aybdor emas. Bu uning psixologiyasi. Huddi shunday ayol ham ba'zida faktlarga tayanmay, hissiyotlaridan kelib chiqqan holda ish tutadi. Bunga ham uning psixologiyasi sababchi. Yuqoridagi er-xotinga psixolog birgina maslahat berdi. Ayolga yordam kerak bo'lsa, erining jahli chiqishi, uni bezota qilib qo'yish yoki eridan so'kish eshitishi mumkinligini o'ylamay yordam so'rashi kerak. Erkak ming jahli chiqsa ham turib yordam beradi. Birinchi marta turmagan holda ham, unga yalinsa, turadi va yordam beradi. Faqat ayol so'rashi kerak. Yordamni olgandan keyin esa eriga minnatdor bo'lishni bilsa, keyingi safar yordamni olish yanada oson bo'ladi. Ko'pincha, ayollar erini yordam berishi kerakligidan noroziligini eshitishdan ko'ra bir amallab o'zi qilishni afzal ko'radi. Bir yil qilar, o'n yil qilar, keyin bir kun kelib kuchi qolmaganida eridan yordam so'raganda ham yordamni olish juda qiyin bo'ladi. Chunki erkak yillar davomida ayoliga yordam kerak emasligiga, ayoli doim o'zi eplab yurganiga, u juda kuchli ekanligiga va uni himoya qilish shart emasligiga ishonch hosil qilib bo'lgan. Hatto bolani parvarish qilishda ham ba 'zi ayollar erini aralashtirmaydilar. Keyin esa erining bolada mehri yo' qligiga hayron bo 'ladilar . Besh kunlik chaqaloqni ham erkak juda zo' r parvarishlay oladi . Qo 'yib bering ! Faqat yutasiz. Yordam so'rashni bilishda ham ayol qanchalik ayolligi ko'rinadi. Haqiqiy ayol, eridan yordam so'rab, uni silab siypab ish qildira oladi. Shunchaki ayol esa, o'z bo'yniga nafaqat hamma ishni balki, erkakni ishini ham oladi. Keyin eri unga muloyim bo'lmay qolayotganiga hayron qoladi..."nega erim menga qo'pollik qilyapti?", deb. Axir o'zingiz uni hayotida erkak bo'lib qolmayapsizmi? Ayol eri unga muloyim bo 'lib , uni qadrlab , unga nozik niholdek munosabat bildirishini istasa, shunga yarasha bo 'lishi kerak. Uy ishlarini 200 % ga bajaradigan kuchli ayolni ardoqlashga xojat bormi ? Manba: Uzbaby.uz | |
|
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot
Reklama