02:16
Homiladorlik payti yuzaga keladigan anemiya

Homilador ayollarning deyarli 30 foizi
anemiyani boshidan kechiradi. Vaqtida
davolanmagan anemiya homilaga ham,
homilador ayolga ham salbiy ta'sir ko'rsatishi
mumkin.
Anemiyaning bir necha turi mavjud bo'lib,
homiladorlik davrida asosan temir moddasi
yetishmovchiligi anemiya si yuzaga keladi.
Homilador ayolda anemiya borligini qanday
bilsa bo'ladi?
Odatda homilador ayol ginekolog nazoratida
bo'lganida, bir necha bor qon analizlarini
topshiradi. Shunda uning qonidagi
gemoglobin darajasi ham aniqlanadi.
Gemoglobin darajasi pasayib ketgan bo'lsa,
onada anemiya rivojlanayotgani aniqlanadi.
Agar homilador ayol egizaklarni ko'tarayotgan
bo'lsa, u holda homiladorlik davomida
gemoglobin tez-tez tekshirilib turadi.
Odatda normal homiladorlik da qondagi
gemoglobin darajasi o'zgarib turadi. Agar
homiladorlik ning boshida u kerakli darajada
bo'lsa, uchinchi trimestrga kelib pasayishi
namoyon bo'ladi.
Agar anemiya rivojlanayotgani aniqlansa, u
holda ginekolog qo'shimcha temir moddasini
vitamin shaklida qabul qilishni tavsiya etishi
mumkin.
Temir moddasi yetishmovchiligi tufayli
anemiya kimda yuzaga keladi?
Temir moddasiga boy mahsulotlar (qizil
go'sht, o'rik, uzum, banan, magiz va
hokazolar)ni kam iste'mol qiluvchilarda;
Homilador bo'lishdan oldin ko'p qon
ketadigan hayz ko'radigan ayollarda;
Egizaklarni ko'tarayotgan homilador
ayollarda;
Yoshi 20dan kam bo'lgan ayollarda.
Anemiyaning alomatlari qanday bo'lishi
mumkin?
Kuchsizlanish va holsizlik;
Tez charchash;
Yurakning tez urishi;
Ba'zi homilador ayollar bosh og'riq, bosh
aylanish, quloq shang'illashini ham sezishi
mumkin.
Bu alomatlarni homiladorlikning ilk
trimestrida yuzaga keladigan toksikoz va
holsizlik bilan adashtirmaslik lozim .
Organizmni temir moddasi bilan boyitish
uchun nima qilsa bo'ladi?
Temir moddasini yetishmovchiligini qoplash
uchun eng yaxshi yo'l, kerakli mahsulotlarni
muntazam ravishda yeyish.
Temir moddasiga boy ikki xil maxsulot
mavjud:
1. Qizil go'sht, baliq va parranda go'shti
tarkibidagi temir modda bo'lib, u organizm
tomonidan oson qabul qilinadi.
2. Qurutilgan meva, boyitilgan quymoqlar,
butun bug'doydan pishirilgan non
mahsulotlari, to'q yashil rang ko'katlar
tarkibidagi temir modda bo'lib, uning
organizmga singishi biroz qiyin bo'ladi.
Odatda vitamin C temir moddasini organizm
tomonidan qabul qilinishiga yordam beradi.
Shuning uchun 2 guruhdagi temir moddasiga
boy mahsulotlarni 1 stakan apelsin sharbati
bilan qabul qilish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Ba'zi mahsulotlar temir moddasini organizmga
singishiga to'sqinlik qiladi:
Choy va kofe;
Jig'ildoq qaynashi va ovqatni xazm qilish
uchun mo'ljallangan dori-vositalari;
Sut va sut mahsulotlari.
Homilador ayolda temir moddasi
yetishmovchiligi tufayli anemiya bo'lsa,
homilaga ta'sir qiladimi?
Homilador ayolda organizm temir moddasini
birinchi navbatda homilaga yetishtirib beradi.
Shuning uchun anemiya holati o'tkir
bo'lmaganda, homilaga deyarli
sezilmaydi. Lekin ona tez charchaydigan,
holsiz bo'lib yuradi.
Agar homilador ayolga shifokor temir
moddasini ichishni tavsiya qilgan bo'lsa,
albatta unga amal qilish zarur. Anemiya
kuchayib ketsa, quyidagi salbiy oqibatlar
yuzaga kelishi mumkin:
Muddatidan oldin tug'ish ;
Bola tug'ilganida vazni kichik bo'lishi;
Bola tug'ilganida muddatiga nisbatan kamroq
rivojlangan bo'lishi;
Tug'ilgan bolada temir yetishmovchiligi
kuzatilishi. Bu holat uning jismoniy va aqliy
rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasi
qanday davolanadi?
Odatda temir moddasi dori-vositasini shifokor
tavsiya etadi. Ba'zi temir moddasi dori-
vositalari tarkibida foliya kislotasi ham
bo'lishi mumkin.
Imkon qadar temir moddasi dori-vositalari
apelsin sharbati bilan iste'mol qilinishi kerak.
Ba'zida temir moddasi dori-vositalari
homilador ayolda quyidagi noxush holatlarni
keltirib chiqaradi:
Ich qotishi;
Ko'ngil aynashi;
Qusish;
Ich ketishi;
Jig'ildoq qaynashi;
Qo'rin og'rishi.
Undan tashqari qabul qilinayotgan temir
moddasi tufayli siydik rangi ham to'qlashadi.
Lekin bu noxush holatlar vaqt o'tgan sayin
yo'q bo'lib ketadi, shuning uchun shifokor
bilan maslahatlashmay turib ularni qabul
qilishni to'xtatmaslik zarur.
Anemiyaning kuchli holatlarida temir moddasi
ukollari ham qo'llaniladi.
Ba 'zi tadqiqotlarning ko 'rsatishicha ,
homiladorlik davrida anemiyasi bo'lgan
ayollar tuqqandan so'ng depressiyaga boshqa
ayollarga nisbatan ko' proq chalinar ekanlar .
Manba: hemotology.org, babycenter.com,
nhs.uk.
Просмотров: 7246 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama