00:44
Hayz sikli (menstruatsiya)

Har bir sog'lom ayol balog'at yoshiga yetgach
muntazam ravishda hayz ko'radi. Homilador
bo'lish, ovulyasiyani hisoblash va bepushtlik
sabablarini bilish uchun ayol o'zining hayz
sikli(menstruatsiyasi) haqida ma'lumotga ega
bo'lish zarur.
Hayz(oy ko'rish) nima degani?
Hayz deb, ayolda muntazam ravishda qon
ajralishiga aytiladi. Qon arjralmalari
bachadon devorlari qatlamidan qin orqali
keladi.
Hayz sikli nima degani?
Hayz sikli deganda hayz ning ilk kunidan
boshlab keyingi hayz ning ilk kuniga qadar
bo'lgan davrga aytiladi.
Normada hayz sikli kamida 21 kun, ko'pi bilan
35 kun davom etadi.
Ko'pchilikda hayz sikli 25-30 kunni tashkil
etadi.
Qiz bola ilk bora necha yoshida hayz ko'radi?
Sog'lom qiz bola o'rtacha 9 yoshdan 15 yosh
oralig'ida birinchi marta hayz ko'radi. Hayz
kelgan ilk yillarda u muntazam bo'lmaydi va
bir necha oydan so'ng bir muntazamlikka
kelib oladi.
Qon kelishi necha kun davom etadi?
Asosan 3 kundan 7 kungacha bo'lib, ba'zida
uzoqroqqa ham cho'zilishi mumkin.
Hayz davomida 7 kundan ortiq qon kelishi
anemiyani keltirib chiqarishi mumkin .
Hayz sikli davomida ayol organizmida nima
bo'ladi?
Qon kelishi tugashi bilan, ayol organizmi
gormonlari tuxumdonlardan tuxum ajralib
chiqishi uchun ish olib boradi. Undan tashqari
ushbu gormonlar bachadon devorlarini bo'lishi
mumkin bo'lgan homiladorlik uchun
tayyorlaydi.
Hayz siklining deyarli yarmi tuxumning
rivojlanib tuxumdondan ajralishi uchun
sarflanadi.
Ayolda bir hayz siklida bitta tuxum
urug 'lanish uchun yetarli darajada
rivojlanadi . Ikki va undan ko 'p tuxum
rivojlansa , egizaklar dunyoga kelish
imkoniyati paydo bo' ladi.
Tuxumning yorilishi ovulyasiya deb ataladi.
Yorilgan tuxum urug'lanish uchun tayyor
bo'ladi.
Tuxum yorilgach bachadon bo'yni orqali
bachadon tomon yo'l oladi, shu davrda
bachadon devorlari qalinlashishda davom
etadi. Bechadon devor qatlami urug'langan
tuxum yaxshi o'rnashishi uchun yetarlicha
qalinlikda bo'lishi lozim.
Agar tuxum spermatozoid bilan urug'lansa, u
bachadonga tushib tayyor bo'lgan kerakli
qalinlikdagi bachadon devorlariga joylashadi.
Bu jarayon implantasiya deb ataladi. Agar
tuxum ushbu siklda urug'lanmay qolsa, u
holda u nobud bo'ladi, bachadonning
qalinlashgan devor qatlami ko'chadi va qon
bo'lib chiqadi. Ya'ni, yangi hayz sikli
boshlanadi.
Normada ovulyasiya sodir bo 'lgan kunidan
keyingi hayz sikli boshlanguniga qadar 12 -14
kun o 'tadi.
Nega hayz davomida og'riqlar bo'ladi?
Bachadon qalinlashgan devor qatlamini
butunlay chiqarib tashlashi uchun qisqaradi.
Ba'zi ayollarda og'riqlar hayz kelishining
o'zida namoyon bo'lsa, ba'zilarda hayz
kelishidan 1-2 kun oldin yoki undan keyin
ham namoyon bo'ladi.
Hayz davomida kuchli og' riqlar patologik
holatlar ( jinsiy va gormonal kasalliklar) dan
ham darak berishi mumkin .
Quyidagi hollarda shifokorga uchrash talab
etiladi:
Agar hayz kelishi 7 kundan ortiq bo'lsa;
Ajralayotgan qon miqdori juda ko'p bo'lsa (bir
dona taglik 1-2 soatda bo'kib ketgan
holatlar);
Ikki hayz oralig'i 3 oydan ortiq bo'lsa;
Ikki hayzlar oralig'ida qon ajralishi kuzatilsa;
Hayz muntazam ravishda kelib, birdan
nomuntazam bo'lib qolsa;
Hayz sikli davri 21 kundan kam bo'lsa.
Hayz siklining homiladorlik va bepushtlikka
aloqasi qanday?
Homilador bo'lish uchun ayolda urug'lanish
uchun tayyor tuxum va urug'langan tuxumni
joylashishi uchun munosib bachadon bo'lishi
zarur. Mana shu ikki faktor sog'lom hayz sikli
davomida gormonlar ta'sirida yuzaga keladi.
Gormonal buzilish va boshqa sabablar tufayli
bu 2 faktor keraklicha holatda bo'lmaydi,
natijada homiladorlik yuz bera olmaydi.
Hayz siklining buzilishi osonmi?
Hayz sikli butunlay gormonlarga bog'liq
bo'lgani uchun uning buzilishi oson. Ba'zida
qattiq charchov, uyqusizlik, asabiylashuv ham
hayz siklini buzilishi, natijada ovulyasiya
sodir bo'lmasligiga olib kelishi mumkin.
Hayz ko'rish qachongacha davom etadi?
Hayz ko'rishni to'xtashiga menopauza deb
ataladi. Menopauza ayollarda 40-60 yosh
oralig'ida boshlanadi. Ayolning yoshi o'tgan
sari hayz sikli muntazamligi buziladi, tuxum
ajralishi kamayadi, qon miqdori ham
susayadi. Bunga 50 yoshdan so'ng ayol
organizmida yuzaga keladigan gormonlar
o'zgarishlar sababchi bo'ladi. Menopauzadan
so'ng, ya'ni hayz ko'rmaydigan ayol homilador
bo'la olmaydi.
Homiladorlikka tayyorlanayotgan ayol o'z
hayz sikli haqida bilishi darkor. Holbuki, hayz
siklidagi lichik bo'lsa ham patologik
o'zgarishlar homiladorlik yuz berishiga
to'sqinlik qilishi mumkin.
Maqola yoqqan bo'lsa, do'stlaringiz bilan
bo'lishing!
Manba: Uzbaby.uz
Просмотров: 16528 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saboq.ORG saytiga qay darajada muhlissiz ?!
Всего ответов: 56
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama