06:14
Bolaning ko'krakdan bosh tortishi sabablari

Chaqaloqning ko'krak emishdan bosh tortishi
onani qiynaydigan eng katta muammo desak
mubolag'a bo'lmaydi. Bolaning ko'krakdan
bosh tortishiga doimo bir sabab bo'ladi, ana
shu sababni bilish muammoni yechimi
hisoblanadi.
Bola ko'krakdan bosh tortayotganida amaliy
yordam.
1. Bola haqiqatan ko'rak sutidan bosh
tortayaptimikin?
Ba'zi chaqaloqlar bir davrga kelib onani
kamroq ema boshlaydilar. Ba'zilar bir faqat
ko'rkakni xush ko'rib qoladilar. Ko'pchilik
chaqaloqlar oldingi emishdan so'ng ko'p vaqt
o'tmagani sababli qorni to'q bo'lgani uchun
yaqin soatga emishdan bosh tortadi.
Ikki oy bo'lgach, soatlab emib yotgan bola bir
necha daqiqa davomida tez-tez emib turishga
o'tib olishi mumkin. Shu kabi holatlar onani
ranjitishi hech gap emas. Bolaning bir tartibda
emishiga o'rganib qolgan ona uchun bu
ko'krakdan bosh tortishdek tuyuladi. Aslida bu
chaqaloq odatlarining o'zgarishidir, xolos.
Ularga moslashish kerak bo'ladi.
2. Ko'krak sutga to'lib ketayotgan bo'lsa?
Shunday davr keladiki, bola uyquda ko'p bo'lib
yoki uzoq vaqt davomida emmay yursa,
onaning ko'kragi sutga to'lib ketadi. Odatda
ko'krak suti bolaning ehtiyojiga munosib
ravishda keladi. Agar ko'krak suti haddan
ziyod ko'p kelib, ko'krakka og'riq berayotgan
bo'lsa, u holda ortiqcha sutni sog'ib tashlash
lozim. Sog'ilgan sutni to'g'ri saqlab
keyinchalik bolaning o'ziga bersa bo'ladi,
ko'krakni esa og'riq, mastit kabi noxush
holatlardan asrab qolasiz.
3. Bolani talabiga qarab emizish .
Bolani emishga ehtiyoji bo'lganidagina
emizish lozim. Agar bola biron jadval, vaqt-
soatga qarab emizilsa, uning organizmi bu
tartibga o'rgana olmaydi. Natijada u
ko'krakdan bosh torta boshlaydi. Masalan,
ba'zi chaqaloqlar kunduz kuni emishni yaxshi
ko'rsalar, ba'zilari tuni bilan onasini emib
chiqishni xushlaydilar. Shu yo'l bilan ular
o'zining sutga bo'lgan 24 soatlik ehtiyojini
qoplaydilar. Bolaning onaning tartibiga emas,
ona bolaning tartibiga moslashishi lozim.
Ona ko'krakni vaqti-bemahal emas, aynan
bola xohlaganida unga tutqasishi kerak. Bola
har emganida qancha emishi muhim emas,
uning jismoniy ko'rsatkichlarining ortib borishi
sut yetarli ekanligidan dalolat beradi.
4. Terga-ter holatda bo'lish.
Bolada emish ijobiy taasurotlarni uyg'otishi
kerak. Bolani emizayotganingizda unga qarab,
uni erkalab, shirin so'zlar gapirib, biron joyga
shoshmagan holda emizish muhim. Shunda
bola ko'krakdan biron sabab tufayli bosh torta
boshlasa, uni yalong'och qilib, terini
o'zingizning teringizga tekkazib uzoq vaqt
quchoqlab yuring. Teri teriga tegishi bolada
emish instinktlarini uyg'otib yuboradi va uni
yana emishga undaydi.
5. Sut kelishi hajmi o'zgarishi.
Yangi onalarda chaqaloqning ilk 2 oyida sut
juda ko'p keladi. Chaqaloqlar bu davrda
qiynalmay, kuchanmay emishga o'rganib
qoladilar. Ikki oylar o'tgach ona organizmidagi
gormonal o'zgarishlar natijasida sut hajmi
ma'lum bir qisqa muddatga kamayib qolishi
mumkin. Shunda chaqaloq sut hajmi va oqimi
pasayganligi tufayli emishda qiynaladi va
ko'krakdan bosh torta boshlaydi.
Shunday holat yuz berganda bolaga boshqa
ko'krakni galma-galdan tutqazib ko'ring.
Emayotganida ko'kragingizning yuqori qismini
kaftingiz bilan sut keltirish maqsadida asta
ezib-ezib turing. Bu jarayon bolaga
qo'shimcha sut kelishini ta'minlaydi. Eslatib
o'tamiz, sut birdan kamayib qolish davri bir
necha kunda o'tib ketadi va bolaning
ehtiyojidan kelib chiqqan holda yana kerakli
holiga qaytadi.
Muhimi , shu kichik davrda bolani ko' krakdan
ajratishga shoshilib, sun'iy ovqatlanishga
o 'tib yubormaslik lozim.
6. Alaqsish.
Uch oylardan so'ng bolada asta-sekin atrof-
muhitga bo'lgan e'tibori oshib boradi. Shunda
emayotgan payti u atrof -muhitga
alaqsirayveradi va ko'krakdan bosh tortadi.
Qorni och bo'lsa ham, uning qiziquvchanligi
emishga y'ol qo'ymaydi. Shu kabi holatlarda
bolani qorong'ulikda, uyquga ketish yoki
uyqudan turish payti emizish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
Onaning bo'ynida bolaning ko'ziga yoqimli
taqincho' q bo' lishi uni diqqatini tortib tiniqib
emishga undaydi.
7. Butilkaga o'rganib qolmadimi?
Bolaga qo'shimcha tarzda butilkadan sut
ichirayotgan bo'lsangiz, u holda u ko'krak
sutidan chiqib ketishi oson bo'ladi. Chunki
ko'krakdan farqli o'laroq butilkadan sut tortish
bolaga juda oson, ayniqsa soska teshigi katta
bo'lsa.
Butilkadan qo'shimcha emizish shart bo'lsa, u
holda undan emayotganida bolani ko'krakni
emgan holatida ushlamang yoki karavotda
yotqazib emizing. Ko'krak sutini emganda esa
u bag'ingizga yaqin bo'lsin. Iloji bo'lsa, uning
teri teringizga tegib tursin. Shunda u ko'krakni
butilka bilan alishtirmaydi, chunki onaning
bag'rida yotish uchun ko'krakdan emishi kerak
bo'ladi.
8. Emizish holati.
Bola birdan ko'krakdan bosh tortayotgan
bo'lsa, uni boshqa holatda emizib ko'ring .
Ba'zi chaqaloqlar o'sgan sari emayotganida
boshqa holatda bo'lishni istaydi.
9. Issiqlik.
Jazirama issiq kunlari bola emishni istamay
qoladi. Yoz kunlari ham uy haroratini 24-26
gradus atrofida ushlab turishga harakat
qiling.
10. Qo'shimcha ovqatlar.
Olti oydan so'ng onalar shoshib-pishib
qo'shimcha ovqat berishni yoki undan yomoni
bolaga kattalarning ovqatidan yalatishni
boshlaydilar. Turli xil ovqatlarning bola
ratsioniga tezlik bilan kirib kelishi bolani
ko'krak sutidan bosh tortishiga sababchi
bo'ladi.
11. Tish og'rig'i.
Bolada tish chiqishi ham ko'krak sutidan bosh
tortishga sababchi bo'lishi mumkin. Og'zi
og'riganidan qiynalib ketgan bola emgisi
kelmay qoladi. Bolalar uchun maxsus tish
qichitgichini muzlatib emizishdan oldin bolani
og'ziga berib qo'ying. Muzlagan qichitgich
og'riqni biroz bosadi va bola emishga tayyor
bo'ladi.
12. Hayz va homiladorlik.
Bolaning ko'krakdan bosh tortishiga yana bir
kichik sabab bu onaning gormonal holatidir.
Ba'zi ayollarda hayz davomida ko'krak suti
hajmi va hatto mazasi ham o'zgarib qoladi.
Huddi shunday homiladorlik davomida ham.
13. Onadan uzoq muddatga ayri bo'lish.
Biron sabab tufayli ona bola bir necha kun
davomida birga bo'lmasa, bola ko'krakdan
bosh tortadigan bo'lib qolishi mumkin. Bu
holatni yengish uchun teriga-teri usulini
qo'llash juda samarali bo'ladi.
Tajribali onalarning maslahat berishicha ,
bola ko 'krakdan bosh tortayotgan bo 'lsa ,
og 'ziga 2 -3 tomchi ko' krak sutini tomizish
kerak , u sutning mazasini his etib , ko 'krakni
olishga intiladi.
14. Ko'krak terining mazasi.
Ko'krakka biron kosmetik vosita surilgan yoki
undan vosita isi taralayotgan bo'lsa, bolaga
yoqmasligi mumkin. Ko'krakdan faqat sut hidi
va mazasi kelishi kerak. Hatto dengizda
sho'ng'ib chiqib bolaga ko'krakni tutqazsa, u
bosh tortadi. Chunki dengizning sho'r suvi
ko'krakni terisini bola uchun yoqimsiz qilib
qo'yadi.
Eng muhimi, ko'krakdan bosh tortish doim
vaqtinchalik holat ekanligini unutmaslik kerak.
Ona imkon qadar asabiylashmay, tinchlanib
yo'l tutsa, tez orada hammasi joyiga tushadi.
asabiy onani bola umuman ema olmaydi.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 4757 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama