06:25
ERKAK VA AYOL MUNOSABATLARIGA ILIQLIK KIRITISHNING 10 USULI...

Uzoq yillar davomida baxtli, totuv yashab
kelayotgan oilalarda ham er-xotin
munosabatlarini takomillashtirib turish zarur.
Buning uchun yengil yo'llardan biri - bu
munosabatlarga iliqlik kiritish. Bola-chaqa,
uy-ro'zg'or ishlari aynan shu narsani
kamaytirib qo'yar ekan.
1. Ko'pincha oilada romantikaning yo'qligiga
vaqt yetishmovchiligi sabab bo'ladi. Haftada
bir marta o'zingiz uchun, ya'ni er va xotin bir-
biringiz uchun vaqt ajrating. Bir kecha.
Bolalarni buvilariga olib borish mumkin axir,
eng asosiysi bir biringiz bilan yagona qoling.
Shu kechada telefon, televizor va boshqa
e'tiborni jalb qiluvchi narsalarni o'chirib
qo'ying, faqat siz va suyukli yoringiz. Mayin
romantik musiqa qo'shimcha bo'lishi mumkin.
Albatta bunday kecha ikkovingizga ham ruhiy
va jismoniy lazzat olib kelishi aniq.
2. Oilada iloji boricha doim birga ovqatlaning.
Ertalabmi, kunduzimi yoki kechki nonushtami,
birga bo'lsangiz munosabatlaringiz iliq boladi.
3. Erkaklar, ayolingizni gul bilan yoki
bo'lmasa arzimagan bir sovg'a bilan
bayramda emas, balki kunda xursand qilib
turing.
4. Birga yolg'iz bo'lganingizda televizorni
o'chirib qo'ying.
5. Erkaklar ayollariga bayram qilib, ayrim
kunlarda oshxonada oshpazlik qilishi lozim.
6. Charchagan bo'lsangiz, shunchaki yoqimli
musiqa tinglab bir-biringiz quchog'ingizda
bo'lib suhbatlashib o'tiring, charchamagan
bo'lsangiz bir-biringizni seving (jinsiy aloqa
bilan shug'ullaning).
7. Bolalarni uxlatib bo'lgach, tezda uyquga
ketmang, bir oz bir biringizga vaqt ajrating.
8. Agar jinsiy aloqaga vaqtingiz bo'lmay qolsa
(yangi tug'ilgan chaqaloq, og'ir ish), u holda
bir biringizni quchoqlab, o'pib turishni
unutmang.
9. Kunda bo'lgan voqealar haqida bir biringiz
bilan suhbatlashing, maslahatlashing - bu
juda yaqinlashtiradi.
10. Doim xayolingizda suyukli insoningiz
haqida yaxshi fikrlarni yig'ib yuring.
Manba: uzbaby.uz
Просмотров: 8776 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama