00:49
Onam meni urganda

Mashhur bolalar yozuvchisi Astred
Lindgrenning fikricha, dunyodagi vahshiylik
bolalar xonasida boshlanar ekan.
1979 yilda Astred Lingredning bir nutqidan
so'ng Shvetsiya birinchi bo'lib bolalarni oilada
urish mumkin emasligi haqida qonun
chiqaradi.
Astred Lingred o'z nutqida quyidagi hikoyani
so'zlab beradi:
Bir ona hech qachon farzandini urmaslikka
o'ziga va'da beradi. Lekin shunga qaramay,
bir kuni o'g'lining bir nojo'ya harakati tufayli
uni jazolamoqchi bo'ladi. U davrlarda bolani
chiviq bilan urish keng tarqalgan jazo turi edi.
Shunda ona o'z farzandiga borib ko'chadan bir
nechta chiviq olib kelishini buyurgan. U chiviq
bilan urib uni jazolashini bolasiga aytgan.
Bola uzoq vaqtga yo'q bo'lib ketib, birozdan
so'ng ko'zi yoshdan ishib ketib kelgan. Faqat
qo'lida chiviq emas kattagina tosh bo'lgan.
Onasi hayron bo'lib, toshga qarasa, bola unga
yig'lab: "Chiviq topa olmadim, lekin meni
jazolash uchun shu toshni topib keldim, uni
menga otsangiz bo'ladi", degan.
Shunda ona ushbu holatga bolaning ko'zi
bilan qaragan. "Onam menga og'riq
keltirmoqchi bo'lsa, nima farqi bor, qanday
yo'l bilan unga erishadi, chiviq bilan uradimi
yoki menga tosh otadimi..." Shunda ona
yig'lab yuboradi. Kim bolasiga tosh ota
olarkan...unda chiviq bilan urishning undan
nima farqi bor?
Hech qachon jismoniy jazo bolani to'g'ri
yo'lga sola olmaydi. Chunki bola bu jazoga
qanday qarashini biz ota-onalar bilmaymiz.
Bola yomon ish qilib qo'ygani uchun uni
jazolashyapti, esida qolishi uchun uni
urishmoqdaligini tushunmaydi. U uni himoya
qiladigan, sevadigan va u ishongan inson-ona
unga og'riq keltirayotganini his eta oladi,
xolos.
Shuning uchun Astred Lingred vahshiylik
aynan bolalar xonada boshlanadi deb
ta'kidlagan. Chunki bola uchun eng qadrli
inson - onasi unga og'riq keltirib, buni har xil
gaplar bilan ta'gin oqlab turayotgan bo'lsa, u
holda boshqalardan nima kutsa bo'ladi,
boshqalarga nimani ravo ko'rsa bo'ladi?
Ahir dunyodagi vahshiyliklar ham doimo har
xil oqlovlar bilan amalga oshirilmaydimi?
Qizimga har doim bir nimadan qo 'rqsa ,
" Qo 'rqmagin, men seni himoya qilaman ",
deyman . Bir kuni uni bir qilig 'i deb urshib
turayotganimda , "Siz aldoqchisiz , qanday
qilib himoya qiladigan odam, shunday
urshishi mumkin" , deb aytgan.
Haqiqattan bolalar ba'zida bizdan ham aqlli
bo'ladilar. Ular vaziyatga umuman boshqa
nazar bilan qaray oladilar.
Ota-onalar hech bo'lmasa psixologlar, olimlar
va statistikaga ishonishlari lozim. Bolani urib
jazolab uni to'g'ri yo'lga solib bo'lmaydi.
Faqat yaxshi tarbiya bolani yaxshi bo'lishiga
yordam beradi. Bolani urganda esa, bola
kuchli bo'lsa, u vahshiy bo'lib katta bo'ladi,
agar bo'shroq bo'lsa, u holda alamli,
uyatchan, o'zini kamsitadigan inson bo'lib
yetishadi.
Albatta shunday davr bo'ladiki, bolani
jazolashga to'g'ri keladi. Lekin buning uchun
urishdan boshqa ming xil boshqa yo'llar
mavjud. Ota-ona boshqa yo'l izlashga sabri
ham vaqti bo'lmaydi, shunga osongina bolani
urib tinchitib qo'yadi.
Onaning jismoniy kuchi mana shu 6-7 yoshli
bo'laga yetadi.
Qizig' i shundaki , ota -onaning kuchi odatda
bir farzandiga yetadi . Ko' pincha bu to' ng'ich
farzandidir . Uni eng ko' p urshadi, unga
qo 'yilgan talab eng katta bo 'ladi, uni urish
ham osonroq bo'ladi . O ' ylab ko'rganmisiz
hech , nega ?
"Meni ham ota-onam urgan, kam bo'lmadim",
deb o'zingizni oqlamang. Shunday deya
olayotganingiz ham sizni psixologik zaif inson
bo'lib katta bo'lganingizdan dalolat
bermoqda. Urmay tarbiyalashning iloji bor.
Yoshligida jismoniy jazolanmagan minglab
baxtli mehribon farzandlar mavjud. Ular
kelajakda ajoyib ota-ona bo'ladilar.
Tarbiya bera olmaslik bu boshqa, urmaslik bu
boshqa. Birini-biri bilan adashtirmaslik lozim.
Manba: Uzbaby.Uz
Просмотров: 2797 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 130
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama