00:41
Jinsiy aloqa yo‘li bilan yuqadigan eng xavfli kasalliklar

O‘tgan 20-asrning 70 yillarida ko‘pchilikka
faqat ikkita jinsiy aloqa orqali yuqadigan
kasallik ma’lum edi. Bizning davrimizga kelib
esa, ularning soni 25tadan oshgan. Ularning
ba’zilari butunlay bedavo hisoblanib,
tibbiyotchilar haligacha ularga qarshi
samarali da’voni yarata olishmadi. Barchaga
ma’lumu mashhur orttirilgan immun
tanqisligi sindromi (OIV) va genital gerpes
virusi shular jumlasidan.
Qizig‘i shundaki, inson papilloma virusi,
sifilis va genital gerpes xastaliklari faqatgina
teri orqali yuqib, bu holda maxsus himoya
vositalari (prezervativlar) hech qanday
yordam bera olmaydi.
Eng yomoni, bu kabi xastaliklarga chalingan
har uch bemorning ikki nafari hali 25 yoshga
to‘lib ulgurmaganlardir. Dunyo bo‘ylab har
15 soniyada bir kishi ana shunday
xastaliklarga chalinadi. Odamlar
ko‘ngilxushlik qilish istagining shu qadar
kuchliligidan oldida qanday ayanchli va og‘ir
musibatlar kutayotganiga shunchaki ko‘z
yumishadi. Bu tabiiy hol albatta. Vujud
istak-xohishlardan o‘t bo‘lib yonsa, yurak
qaynoq, o‘tli muhabbatni tusab tursa, fojeali
qismat haqida qanday bosh qotirish
mumkin?!
E’tiboringizga havola etishni istagan
quyidagi ma’lumotlar yoshlarni tizginsiz nafs
ortidan ketsa ularni qanday natijalar
kutishidan ogohlantiradi, bu yo‘ldan
qaytaradi, degan niyatdamiz.
1. OIV-OITS
OIV – inson immuniteti yetishmasligi virusi
bo‘lib, orttirilgan immun tanqisligi
sindromining so‘nggi bosqichi sanaladi.
Bunda odam organizmida ko‘p sonli xavfli
o‘smalar paydo bo‘ladi, infeksiya, turli virus,
bakteriya, zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi
infeksiyalar avj oladi. Odatda sog‘lom
kishilar organizmi ularga qarshi yetarlicha
kurasha oluvchi immun tizimiga ega bo‘ladi.
OIV holatidan esa oddiygina shamollash
virusi ham inson organizmini adoyi tamom
qila oladi. Unutmaslik lozimki, OITSni
davolash imkonsiz, uni qimmatbaho dori
vositalari yordamida bir muncha vaqt ushlab
turish mumkin xolos. Rasmiy ma’lumotlarga
ko‘ra bugun dunyoda 42 million nafardan
ziyod OITSga chalingan bemorlar ro‘yxatga
olingan (Yana millionlab bemorlar o‘zining
kasal ekanini bilmaydi yoki buni barchadan
sir tutadi). Ular soni har kuni kamida 14
mingtadan oshib bormoqda.
OITSning yuqish yo‘llari: qon orqali — jinsiy
aloqa, shprits, ba’zida homilador ayoldan
go‘dagiga.
2. Sifilis
Jinsiy aloqa vaqtida yuquvchi kasallikni
treponem mikroorganizmlar keltirib chiqaradi.
Dastlab xastalik bir oy muddat inkubatsion
rejimda yashirin kechadi. Shundan so‘ng teri,
shilliq qavatlar, ichki organlar, suyaklar va
asab tizimini shikastlaydi. Kasallik uzoq
muddat, juda murakkab va anchagina
qimmatga tushuvchi davolanishni taqozo
etadi.
3. Xlamidioz
Klinik xaritasi: teri-tanosil kasalliklari ichida
“lider”. Har yili bu kasallikka o‘rtacha 100
million kishi chalinadi. Bu dunyodagi jinsiy
faol bo‘lgan erkak va ayollarning 5-15 foizi
demakdir.
Kasallikni xlamidioza – Chlamidia
trachomatis keltirib chiqaradi va siydik yo’li
kasalliklari, erektil funksiyaning sustlashuvi
hamda bepushtlikka olib keladi.
Shuningdek, xlamidioz ateroskleroza,
suyaklar zaiflashuvi, qon tomir kasalliklari,
hattoki, qandli diabetning rivojlanishiga ham
sabab bo‘ladi. Uning ko‘rlika olib kelgan
holatlari ham qayd etilgan. Xlamidioz
muntazam ravishda immun tizimini
zaiflashtirib, organizmning o‘z-o‘zini himoya
qilish kuchidan mahrum etadi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, bemor onadan
homilaga.
4. Gonoreya
Mazkur infeksion xastalikni gonokokklar
keltirib chiqaradi. Ular siydik chiqarish
yo‘llari, ko‘z, og‘iz bo‘shlig‘i va to‘g‘ri
ichakning shilik qavatini shikastlaydi. Uning
dastlabki alomatlari peshob qilish vaqtidagi
og‘riq va siqishlar, turli ajratmalar bilan
ko‘zga tashlanadi. Bu paytda shifokoga
murojaat qilinsa, xastalikni arzonroq,
osonroq va tezroq davolash mumkin. Aks
holda asoratlari og‘irlashib, surankali tarzga
o‘tadi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, shaxsiy gigiyena
vositalari — ichk kiyim, mochalka, sochiqlar.
5. Trixomoniaz
Eng keng tarqalgan siydik yo‘li
kasalliklaridan. Yer yuzi aholisining taxminan
10 foizi ushbu xastalikka yo‘liqqan. Uning
tarqatuvchisi bir hujayrali sodda trixomonad
parazitidir. Mazkur kasallik og‘ir oqibatlarga
olib kelishi mumkin, hattoki erkak va ayollar
bepushtligiga sabab bo‘ladi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, unitazga o‘tirish.
6. Mikoplazmoz
Mikoplazmoz – urogenital zonalarning
infeksion-yallig‘lanish jarayoni bo‘lib,
mikroorganizmlarning Mycoplasma turiga
mansub mikroblar keltirib chiqaradi. Ular
jonli organizmdagi hujayralarda parazitlik
qilib, mustaqil yashashga layoqatli emas.
Mazkur turdagi mikroblar yetarlicha tadqiq
etilmagan.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, homilador
onadan go‘dakka.
7. Ureplazmoz
Ushbu teri-tanosil xastaligini ureaplazma deb
nomlangan mikroorganizmlar keltirib
chiqaradi. Statistik ma’lumotlarga
qaraganda, 70 foiz ayollar ularning
tarqatuvchisi hisoblanadi. Eng xavfli jihati,
kasalliklikning alomatlari yashirin tarzda
kechadi. Odatda ureaplazma unchalik faol
bo‘lmaydi. Biroq stress va immun tizimini
susaytiruvchi boshqa hollarda ular
kuchayadi. Ilmiy tadqiqotlarda ureaplazmalar
spermatozoidlar faolligini yo‘qotib, ularni
butkul yo‘q qilishi isbotlangan.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, homilador
onadan go‘dakka.
8. Genetal gerpes
Genital gerpes yoki ikkinchi darajali gerpes
lablarda paydo bo‘luvchi uchuqni keltirib
chiqaradigan gerpes virusining (uchuq)
“qarindoshi” sanaladi. Bunda butun
organizmga zarar yetadi. Jumladan, gerpes
jinsiy a’zolar, teri, ko‘z, immunitet
kuchsizlangan taqdirda, jigar, oshqozon va
bosh miyani shikastlaydi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, tananing
shikastlangan qismlari bilan aloqa — qo‘l,
lab va boshqalar.
9. Pedikulez (qov biti)
Ushbu xastalik 20-asrning o‘rtalaridan keng
tarqala boshladi. Asosiy alomatlari qattiq
qichishish, kulrang-ko‘kimtir dog‘lar, yaralar,
sochda sirkalarning paydo bo‘lishi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa, buyumlar orqali
(choyshab, kiyimlar va boshqalar).
10. Inson papillomavirusi
Inson papillomavirusi eng zamonaviy
xastaliklardan biri. Turli manbalarda
reproduktiv yoshdagi 70-95 foiz insonlarda u
qaysidir darajada rivojlangani qayd etilgan.
Ayni paytda kasallikning yuzdan ziyod turi
aniqlangan. Ularning faqatgina 40 turi o‘ta
salbiy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega.
Qolganlari bezarar yoki yorqin alomatga ega
emas. Bachadon bo‘yni saratoni
xastaligining rivojlanishiga ham ushbu
kasallik sabab bo‘lishi mumkin. Bunda inson
papillomavirusi avvalo jinsiy aloqa yo‘li bilan
yuqadi va keyinchalik saratonning avj
olishiga sabab bo‘ladi.
Yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa
11. Gepatit V
Gepatit V (HBV) dunyo bo‘ylab keng
tarqalgan va o‘ta yuqumli xastalik. Har yili
o‘rtacha 4 million kishi mazkur kasallikning
og‘ir turiga chalinadi. Bu xastalik virusi
qonda uzoq muddat saqlanib turishi va ilk
alomatlarini yillar o‘tganidan so‘ng namoyon
etishi mumkin. Gepatit V virusi tashqi
ta’sirlarga o‘ta chidamli. Qurigan qon
tomchisi, ustara (lezviye) yoki igna uchida
bir haftagacha jon saqlashi mumkin. Boshqa
insonlar terisi yoki shilliq qavatiga tushishi
bilanoq kasallik rivojlanishi boshlanadi.
Ilk alomatlari shamollashga o‘xshaydi. Bir
necha haftadan so‘ng esa ishtahaning keskin
tushib ketishi, o‘ng qovurg‘a osti qismida
og‘riq, qayd qilish boshlanadi, peshob rangi
quyuqlashadi, axlat rangsizlanadi. Immunitet
kuchli bo‘lgan taqdirda, kasallik 90 foizga
yo‘qoladi. Biroq kasallik surunkali tusga
kirsa jigar hujayralariga shikast yeta
boshlaydi va saraton avj olishi mumkin.
Gepatita Vning yuqish yo‘llari: jinsiy aloqa,
bemor qoni tekkan buyumlarga teginish,
homilador ayoldan go‘dakka.
Bugun ko‘pchilik sayoq yurishni hush
ko‘ruvchilar “xavfsiz jinsiy aloqa”
mavjudligiga o‘zlarini qattiq ishontirishgan.
Ular o‘ylab ko‘rmaydilarki, bunday vositalar
samara keltirayotgan bo‘lsa, teri-tanosil
kasalliklari qanday qilib bu darajada avj olib
ketayapti? Ishonch bilan aytish mumkinki,
himoya vositalari (prezervativlar)ning
ishonchliligiga hech kim hech qanday kafolat
bera olmaydi!
Unutmang! Jinsiy aloqada turli kasalliklardan
saqlanishning 100 foizlik kafolati, bu — ikki
butkul sog‘lom erkak va ayol o‘rtasidagi jinsiy
aloqadir.
Manba: Erkak.Uz
Просмотров: 4081 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama