00:45
Erkaklar uchun zarur tibbiy tekshiruvlar

Ko‘pchilik erkaklar salomatligi bilan bog‘liq
muammolar mavjud bo‘lsa ham shifokor
ko‘rigidan o‘tishni o‘ziga odat qilmagan.
Biroq hech qanday shikoyat bo‘lmasa ham
shifokor ko‘rigidan o‘tish lozim. Zero
kasallikni davolagandan ko‘ra uning oldini
olish ham oson, ham ancha arzon. Shuning
uchun ham quyida erkaklar uchun eng zarur
bo‘lgan yetti turdagi tibbiy ko‘rik haqida
qisqacha ma’lumot berishni joiz deb topdik.
Demak ular:
Diabet
Agarda siz sog‘lom turmush tarzi qoidalariga
qat’iy rioya etsangiz, tana vazni va
kasalliklarning rivojlanishiga qulay muhit
yaratuvchi boshqa omillar (masalan,
xolesterin miqdorining me’yoridan baland
bo‘lishi yoki qon bosimining baland bo‘lishi)
mavjud bo‘lmasa, diabet bo‘yicha chuqur
tekshiruvlardan o‘tishga mutlaqo hojat
qolmaydi. Ammo 45 yoshdan oshgan
aksariyat erkaklar bunday deya olmaydi. Shu
davrdan qondagi glyukoza va A1C miqdorini
o‘lchatib borish tavsiya etiladi. A1C-test
uchun qorin to‘q bo‘lishi talab etilsa,
glyukoza meyorini aniqlashdan avval suvdan
boshqa hech narsa iste’mol chilmaslik
so‘raladi.
Jinsiy a’zolar infeksiyalari
Uzoq muddat davomida bir sherik bilan jinsiy
aloqa qilgan taqdiringizda ham, mazkur
ko‘rikdan o‘tish foydadan holi bo‘lmaydi.
Chunki ayrim infeksiyalar yillar o‘tib ham
yuzaga chiqishi mumkin.
Tana vazni indeksi
Mazkur ko‘rsatkichni aniqlash uchun shifokor
huzuriga borish shart emas. Organizmdagi
yog‘lar miqdorini aniqlash uchun bo‘yingiz
va vazningiz o‘rtasidagi farqni ajrata
olsangiz bas. 18.5dan 24.9 intervalgacha
bo‘lgan ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi.
Xolesterin
Amerika kardiologlar assosiatsiyasi
erkaklarga 20 yoshdan keyin har 4-6 yilda
qon tarkibidagi xolesterin miqdorini o‘lchab
borishni tavsiya qiladi. Shaxsiy shifokor sizda
diabet, chekish yoki yuqori arterial bosim
mavjud bo‘lgan holda yanada qisqaroq
muddatdan ushbu tekshiruvdan o‘tishni
tavsiya qilishi mumkin.
Xolesterin miqdori qon tahlili asosida
aniqlanib, tekshiruvdan avval 9-12 soat hech
narsa yemaslik talab etilishi mumkin.
Arterial qon bosimi
Xolesterinda bo‘lgani kabi arterial qon
bosimi ham hech qanday alomatlarsiz
kechishi mumkin. Biroq bugun uni aniqlash
oson, og‘riqsiz va juda arzon kechadi.
Prostata tahlili
Avvallari prostata bezi bilan bog‘liq
muammolar 50 yoshdan keyin sekin-asta
chiqib kelaverardi. Bugun esa bunday
muammolar yosh tanlagani yo‘q. Atrof-
muhitning ifloslanishi, zararli odatlar,
turmush tarzining keskin o‘zgarib ketgani,
avtomobil, kompyuter kabi zamonaviy omillar
prostata bezi saratonining “yoshi”ni ancha
kichraytirib yubordi. Shu bois ham o‘z
vaqtida urolog ko‘rigidan o‘tib, prostata bezi
holatini tekshirib turish lozim.
Manba: Erkak.Uz
Просмотров: 4601 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama