00:48
Qo‘l terlashi sabablari

Qo‘lning terlashi erkaklarni ko‘p hollarda
noqulay holga solib qo‘yadi. Bu kuchli jins
vakillari ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi
albatta. Doimiy stress, o‘ziga ishonchsizlik,
imkoniyatlariga past baho bilan qarash kabi
omillar oila boshliqlari bo‘lmish erkaklarning
kasbiy muvaffaqiyatga erishishlariga ham
to‘sqinlik qilishi mumkin. Bunday odamlar
boshqalar bilan qo‘l berib ko‘rishishdan
qochishadi. Bu esa o‘zgalar bilan ish va
boshqa masalalar yuzasidan bo‘lib o‘tuvchi
uchrashuvlarning samimiyat, ishonch va
ishchanlik ruhida o‘tishiga xalal bermasdan
qolmaydi.
Shu bilan birga, ayrim kishilar qo‘li
terlaydigan odam bilan bir marta
ko‘rishganidan so‘ng boshqa u bilan
salomlashmaslikka ham harakat qiladi.
Xo‘sh, bunday vaziyatda kafti doimo nam
bo‘lib yuruvchilar qanday yo‘l tutishlari
lozim? Buning sabablari qanday va
oqibatlarini qay tarzda bartaraf etish
mumkin?
Umumiy ma’lumot
Avvalo aytish kerakki, inson organizmida
taxminan 2-5 million dona ter ajratuvchi
bezlar bo‘lib, ularning eng katta qismi qo‘l va
oyoq kaftlari (tovon)da joylashgan. Ter
ajralib chiqish jarayoni organizm uchun juda
muhim hisoblanadi. Jumladan, mazkur
jarayon orqali organizmdan ortiqcha issiqlik
energiyasi hamda zararli moddalar chiqarib
yuboriladi. Biroq ayrim insonlarda ter ajralib
chiqishi me’yori buzilgan bo‘lib, bu ularga
ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi.
Tibbiyotda ter chiqishining me’yoridan ortishi
gipergidroz deb nomlanadi. Gipergidroz
umumiy yoki lokallashgan bo‘lishi mumkin.
Umumiy gipergidroz kuchli ruhiy zo‘riqish,
jismoniy mashg‘ulotlar va issiq sharoitda
kuzatilishi odatiy hol hisoblanadi.
Shuningdek, organizm kuchsizlanganida, turli
kasalliklarga chalinganda ham gipergidroz
ro‘y beradi. Lokallashgan gipergidroz esa
asosan qo‘l va oyoq kaftlarining terlashida
ko‘zga tashlanadi.
Qo‘l terlashi sabablari
Buning sababi avvalo fiziologik omillarga
borib taqalishi mumkin. Eng ko‘p hollarda
qon-tomir distoniyasi, buyrak usti bezlarining
intensiv ishlashi hamda qalqonsimon bezlar
faoliyatining buzilishi natijasi bo‘ladi. Shu
sababdan ham kuchli kaft terlashiga duchor
bo‘lganlar zudlik bilan terapevt, nevropotolog
yoki endokrinolog ko‘rigidan o‘tishlari va
gipergidroz sabablarini aniqlashtirib, tegishli
choralarni ko‘rishlari shart.
Organizm sog‘lom bo‘lgan holda kaftlarning
terlashi esa asosan turli stress, asabiy
vaziyatda organizmda ko‘p miqdorda
adrenalin ishlab chiqarilishi bilan bog‘liq.
Davolash choralari
Psixoterapevtlarning qayd etishlaricha, qo‘l
terlashidan davolanish tashqi ta’siru
vositalar orqali amalga oshirilishi qiyin.
Buning uchun avvalo inson ruhiyatini
davolash talab etiladi. Agarda inson qo‘rquv
va hayajonini o‘z vaqtida jilovlay olsa, kaftlar
terlashidan xalos bo‘la oladi.
Shifokorlar esa kaftlar terlashiga qarshi turli
dori vositalarini tavsiya etadilar… Masalan,
formalin yoki tanin eritmasi, alyumin
geksaxlorid yoki glutaraldegid singari
preparatlarni yozib berishlari mumkin. Biroq
unutmaslik kerakki, bunday vositalar qo‘l
terlashini vaqtinchaga to‘xtatishi, qisman
kamaytiradi. Aks ta’sir ko‘rsatganda
kaftlarda turli allergik asoratlarni keltirib
chiqaradi ham.
So‘nggi vaqtlarda shifoxonalarda mazkur
muammoga qarshi jarrohlik amaliyotlari ham
o‘tkazilmoqda. Masalan, simpatektomiya yoki
ter bezlariga boruvchi simpatik asab
tolalarini kesish amaliyoti mavjud. 95 foiz
holatda bu ijobiy samara beradi. Biroq ayrim
bemorlarda bu tananing boshqa a’zolari
terlashini oshirib yuborishi ham ehtimoldan
holi emas.
Shuningdek, ayrim mamlakatlarda botoks
dori vositasi yordamida kaft terlashiga qarshi
kurashilmoqda. Organizmga igna orqali
yuboriluvchi mazkur preparat kaft terisidagi
ter bezlariga borayotgan asab impulslari
tartibini buzib yuboradi. Natijada ter ajralib
chiqishi to‘xtaydi. Bitta botoks in’eksiyasi
olti oygacha ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shundan so‘ng kaft terlashi yana davom
etadi.
Xalq tabobati
Xalq tabobatida ham qo‘lning terlashiga
qarshi turli choralar mavjud. Masalan, kuniga
ikki mahal qo‘llarni sirka eritmasi bilan
yuvish yoki limon sharbati surtish foyda
beradi. Shuningdek, eman daraxti po‘stlog‘i,
marvarak (shalfey), kalendula, qoncho‘p
(chistotel) va boshqa dorivor giyohlar
damlamasidan foydalanish mumkin. Olma
sirkasi, achchiqtosh, salitsil kislotasi yoki
kamforali spirt ham qo‘l terlashidan yordam
beradi.
Ayrim foydali tavsiyalar
Qo‘llarni tez-tez yuving va sochiq bilan
yaxshilab arting. Qo‘l uchun mo‘ljallangan
spirtli antiseptik vositalarni doimo o‘zingiz
bilan olib yuring, yoningizda ro‘molcha va
quruq salfetkalar bo‘lsin.
Terlashga olib keladigan buyumlarni
qo‘lingizda ko‘tarib yurmang, kaft terisiga
havo o‘tkazmaydigan qo‘lqop va
boshqalardan zaruratsiz foydalanmang.
Muhim uchrashuvlardan oldin asablaringizni
tinchlantirib oling. Buning uchun qo‘l
terlashiga asosan asabiylashish sabab
bo‘lishi haqida o‘ylang, ko‘zlaringizni yumib,
uch-to‘rt marotaba chuqur nafas oling.
Manba: Erkak.Uz
Просмотров: 3424 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Сайтга Кунда Неча Бор Кирасиз ???
Всего ответов: 88
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama