00:51
Oyoq terlashidan qanday qutulish mumkin?

Oyoqning terlashi ko‘pgina noqulayliklarni
keltirib chiqaradi. Nohush hid chiqarishi
faqatgina o‘zingizni emas, atrofdagilarning
ham asabiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu kabi
muammolardan qutulish uchun quyidagi
tavsiyalarga rioya qilib ko‘ring.
Oyog‘ingizni antibakterial sovun bilan kuniga
ikki mahal — ertalab va kechqurun albatta
yuving. So‘ngra ularni sochiq yordamida
yaxshilab arting. Gigiyena qoidalariga rioya
etish oyoq terlashini yo‘qotishda eng asosiy
omildir.
Oyoqlarni margansovka bilan yuvish ham
mumkin. Ushbu vosita ham oyoqdagi nohush
hidni yo‘qotisha yordam beradi.
Maxsus bakteriya va zamburug‘larga qarshi
dezodarantdan foydalaning. Shuningdek,
antiperspirant, talk yoki bolalar badaniga
sepiladigan maxsus kukundan ham
foydalanishingiz mumkin.
Oyoq terlashiga qarshi maxsus krem yoki
mentol va kamforali geldan foydalanish ham
yordam beradi.
Har kuni paypoqlarni almashtiring. Ular
albatta toza bo‘lishi lozim. Sun’iy (sintetik)
maxsulotlar mumkin emas, faqatgina tabiiy
xom ashyolardan tayyorlangan paypoqlar va
oyoq kiyimlaridan foydalaning.
Tufli (krossovka)dagi nohush hidni ketkazish
uchun uni polietilin paketga joylab, zich qilib
yoping va muzlatkichning muzxonasiga solib
qo‘ying. Ertalabgacha undagi hid yo‘qolib,
o‘rnini muz musaffoligi egallaydi.
Oyoq kiyim tanlashda havo o‘tkazuvchan
ekanligiga amin bo‘ling. Shuningdek, oyoq
kiyimlarini tashqi tomondan ham, ichki
tomondan ham tozalab yurishni kanda
qilmang. Patagini har oyda bir marta
almashtirib turing.
Oyoq kiyimni yechgandan so‘ng uning ichiga
seolit qadog‘i yoki kedr, archa payraxasi
solingan xaltachani solib qo‘ying.
Oyoq terlashidan xalos bo‘lishga
yordamlashuvchi maxsus vanna qabul qiling.
Bunin uchun maxsus dorivor o‘simliklarning
ikki osh qoshig‘ini 3 litr suvga soling va
unga oyog‘ingizni 15-20 daqiqa botirib
turing. Quyida ana shunday dorivor
giyohlardan iborat bir qancha damlamalarni
keltirib o‘tamiz:
1. ikki stakan qaynoq suvga uch osh qoshiq
quruq marvak (shalfey) soling va
sovugunga qadar qoldiring.
2. maxsus idishga 3 osh qoshiq miqdoridagi
quritilgan eman (dub) daraxti po‘stlog‘ini
soling va ustidan uch stakan qaynoq suv
quying. Aralashmani 2-3 daqiqa tindiring.
3. 4 osh qoshiq tuyilgan qirqbo‘g‘in bargi
ustiga 4 stakan qaynoq suv quying va 5
daqiqa davomida tindirib qo‘ying.
4. Oyoq uchun vanna tayyorlashda zig‘ir
urug‘i, qora choy damlamasi, limon
po‘stlog‘i, dengiz tuzi, asal, namatak
barglari, qizilpoycha (zveroboy), yalpiz,
qichitqi (gazanda) o‘ti va boshqa dorivor
giyohlardan ham foydalanish mumkin.
Yana bir usuldan tunda foydalanish mumkin.
Buning uchun yanchilgan eman (dub) daraxti
po‘stlog‘i yoki boshqa biror dorivor giyohni
paypoq uchiga solib, uni kiyib uxlash kerak.
Shuningdek, oyoqlarga lavanda (havorang
yoki binafsharang gulli, xushbo‘y, doim
yashil o‘simlik) moyini surtib, toza paxtali
paypoq kiyib uxlash yordam beradi.
Oyoqning kuchli terlashi biror infeksiya
asorati bo‘lishi mumkinligini hisobga olib,
shifokor ko‘rigidan o‘tish maqsadga muvofiq.

Oyoq terlashidan holos bolishning
eng oddiy va eng samaralisi bu
oddiy oldinlari ayollar qolga
qoyadigan xina bor edi, qutichasi
parallelopiped shaklida! Osha
xinani olib idishda qora achchiq
choy bilan aralashtiriladi. Oyoqni
oldin Yaxwilab sovunda yuvib keyin
oyoqni tagiga va barmoqlani
orasiga Yaxwilab surib 30-40
minutcha qoyib kn yuvib tawaladi.
Oyoqni tagi xinadan qizarib qoladi
ln 1 haftalada yoqolib ketadi, buni
ketma -ket 3 -4 kun qilinsa Oyoq
terlashidan asar ham qolmaydi! Ln
yangi oyoq kiyim va paypoqni kiyiw
kerak, hina qoyiwni bowlagandan
kn!(uydayam ishdayam)
Manba: Erkak.Uz
Просмотров: 5664 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 5.0/1
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama