00:02
Ishda charchamaslik sirlari

Ofisda o‘tirib ishlash kishiga deyarli og‘ir
jismoniy mehnat kabi ta’sir o‘tkazadi. Uyga,
odatda, xuddi yuk tashigan kishidek
charchagan va toliqqan holda qaytamiz.
Bunga sabab nima va qanday charchamaslik
mumkin? Bu haqda mutaxassislar
tavsiyalariga quloq tutamiz.
Gap shundaki, o‘tirish — inson gavdasi uchun
eng nofiziologik yuklanmadir. U umurtqa
pog‘onasiga uzoq vaqt oyoqda turishdan
ko‘ra ikki barobar ko‘proq og‘irlik yuklaydi.
Tanamiz bunday hayot tarzi uchun
moslashmagani sababli qiynaladi va natijada
sog‘liq bilan aloqador muammolar yuzaga
keladi. Bular — tayanch-harakatlanish tizimi
kasalliklari (umurtqaning qiyshayishi,
radikulitning zo‘rayishi, barmoqlar, qo‘l
panjalari va bilaklar asab-mushak
faoliyatining buzilishi)dan tortib, ko‘rish
qobiliyatining pasayishi, gemorroy, bosh
og‘rig‘i va semizlikkachadir.
Agar soatlab kursida o‘tirmaslik ilojingiz
bo‘lmasa, ish o‘rningizni maksimal darajada
qulay holatga keltirishga va ishingiz rejimini
tartibga solishga harakat qiling.
To‘g‘ri mebelni tanlang
Stulning o‘tirg‘ichi zamonaviy ofis
mebellarida bo‘lgani kabi orqaga emas,
oldinga qarab qiyalashgan bo‘lishi kerak (4
gradusga). Natijada odam og‘irligini biroz
oldinga — oyoqlariga tashlaydi hamda
tananing orqa yuzasi mushaklaridan iborat
tayanch yuzagan keladi va u gavdani tik
tutishga qulaylik yaratadi.
Stul suyanchig‘ining qiyalik burchagi 135
gradusga teng bo‘lishi lozim, shunda oldinga
engashib, yoki hatto to‘g‘ri o‘tirgandagiga
nisbatan, belga kam og‘irlik tushadi.
Tizzalarni ustma-ust qo‘yib o‘tirish
yaramaydi, bu oyoqdagi qon aylanishini
izdan chiqaradi. Tizzalar tos suyagi bilan bir
xil balandlikda yoki undan sal pastroqda
joylashishi lozim.
Gavdani to‘g‘ri tuting
Agar sizda yangi mebel sotib olish imkoniyati
bo‘lmasa, gavdaning to‘g‘ri holatini o‘zingiz
yarating. Buning uchun, kreslo yoki stulda
orqaga suyanib o‘tirishingizga to‘g‘ri kelsa,
belingiz nimagadir tayanib turishiga e’tibor
qarating: suyanchiq va belngiz oralig‘iga
yumshoqqina yostiqcha qo‘ying, u belning
egilgan qismini saqlab turadi. Shu tariqa,
umurtqa pog‘onasining bel qismi mushaklari,
paylari va bo‘g‘imlariga tushadigan og‘irlikni
kamaytirasiz.
Kompyuterni to‘g‘ri o‘rnating
Agar sichqoncha ishlatsangiz, ishlaydigan
qo‘l tirsagi stolda turishi kerak. Sichqoncha
uchun bilak ostida turadigan gelli
yostiqchasi bo‘lgan gilamcha sotib oling, bu
yekla mushaklariga tushadigan yukni
kamaytiradi.
Monitor balandligiga ham e’tibor qarating:
ekranga qaraganda egilmasangiz va to‘g‘riga
qarasangiz, unda monitor to‘g‘ri joylashgan.
U ko‘z bilan teng balandlikda bo‘lishi kerak,
aks holda bo‘yin mushaklari zo‘riqadi, bosh
miya va ko‘zlarga zarur miqdorda arteriya
qoni yetib kelmaydi.
Ishda tanaffus qilib turing
Uzoq vaqt davomida uzluksiz ishlash
konsentratsiya va shu bilan birgalikda,
samaradorlikni kamaytirishi tufayli, har 45
daqiqada tanaffus qilib turing. Bunda
o‘rindan turish, kerishish, oyoq-qo‘l chigilini
yozish, yurish kerak. Buning uchun 5 daqiqa
yetarli. Shunda umurtqa va bo‘yin
mushaklarining erkinligi va egiluvchanligini
saqlab qolasiz, miyaga ko‘proq oziq
moddalar yetib keladi, ishingiz samaradorligi
esa oshadi.
Manba: Lady.mail.ru
Просмотров: 2774 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Qaysi bo'limlarni sevib mutolaa qilasiz ?
Всего ответов: 11
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama