00:16
To‘yib uxlay olmaslik: miqdor emas, sifat muhim

To‘yib uxlay olmaslik bugungi kunda
ko‘pchiligimiz uchun muqarrar me’yor bo‘lib
qoldi, unga allaqachon o‘rganib ham
qolganmiz. Ish, o‘qish, farzandlar, xobbi,
do‘st-u dugonalar — bularning barchasiga
qanday ulgurish mumkin? Vaqtimiz o‘ta
tig‘iz bo‘lgani sababli biz asta-sekinlik bilan
uyqu miqdorini kamaytira boshlaymiz.
Hozirda olimlar tomonidan o‘tkazilayotgan
tajribalar salomatlik yaxshi bo‘lishi uchun
avvallari aytilganidek 8 soat uxlash shart
emasligini ko‘rsatmoqda. San-Diyegodagi
tajriba kishiga 4 soatlik uyqu kifoya qilishini
ko‘rsatgan bo‘lsa, yaponiyalik olimlar
sog‘lom bo‘lish uchun kamida 7 soat uxlash
zarur ekanligini isbotladi.
Aslida esa har bir odamda uyquning o‘z
me’yori mavjud bo‘ladi, deydi shifokorlar. U 4
—10 soat oralig‘ida bo‘lishi mumkin. Ushbu
me’yorni har bir kishi o‘zida aniqlashi,
buning uchun tajriba qilib ko‘rishi kerak.
Masalan, siz ilgarilari 02:00 dan 08:00 gacha
6 soat davomida uxlagan bo‘lsangiz, endi
shu olti soat uyquni 00:00 dan 6:00 gacha
olishga urinib ko‘ring.
Biroq bundan ham muhimi, mutaxassislar
fikricha, qancha emas, qanday uxlashdir.
Agar foydali ish koeffitsiyenti past bo‘lsa, u
holda 10 soatlik uyqu ham kamlik qilishi,
aksincha ushbu ko‘rsatkich eng yuqori
bo‘lsa, 5 soat uxlash ham kifoya bo‘lishi
mumkin. Xo‘sh, uyquni samarali qilish
yo‘llari qanaqa?
24:00 gacha uxlashga harakat qiling
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, 24:00 gacha
bo‘lgan bir soatlik uyqu unumdorligi bo‘yicha
undan keyingi ikki soatlik uyquga teng.
Kun tartibiga rioya qiling
Stressni kamaytirish uchun organizmda har
kuni bir vaqtda yotib, bir vaqtda turish
odatini hosil qilish muhimdir. Keskin
o‘zgarishlardan qochish uchun dam olish
kunlari ham ish kunlaridagi rejimni saqlab
qoling.
Xonani muntazam ravishda shamollating
Siz uxlaydigan xona dim bo‘lmasligi lozim.
Shuningdek, derazani ochib uxlash ham
tavsiya etilmaydi. Uyqu uchun 18 daraja
harorat ayni muddaodir.
Cho‘zilish mashqlarini bajaring
Ma’lum bo‘lishicha, kun bo‘yi tushadigan yuk
tufayli umurtqa pog‘onasi kechga borib, 1—2
santimetrga qisqaradi, kechasi esa yana
me’yordagi uzunlikkacha uzayadi. Buning
uchun organizmga kuch kerak bo‘ladi, biroq
uyqu oldidan cho‘zilish mashqlarini bajarish
orqali uni ortiqcha ishdan ozod etish
mumkin. Bunday mashqlar ko‘rsatmalarini
internetdan topish mumkin.
Uyqudan oldin bo‘shashing
Agar mushaklar tarang bo‘lsa, uxlab qolish
ham qiyin bo‘ladi, uyquning foydali ish
koeffitsiyenti ham kamayadi. Shu tufayli uyqu
oldidan tanangizning barcha qismlarini birin-
ketin bo‘shashtiring.
Kechqurun to‘yib ovqatlanmang
To‘yib ovqatlangandan keyin darhol uxlashga
yotsangiz, organizmga ovqatni hazm qilish
uchun ko‘p quvvat va vaqt kerak bo‘ladi.
Demakki, uxlab qolish ham ko‘p vaqtni oladi.
Shu tufayli, uyqudan 3 soatcha avval
ovqatlanib olish tavsiya etiladi.
Iliq dush qabul qiling
Uyqu oldidan dushga tushish bo‘shashish va
tinchlanishga yordam beradi. Bundan
tashqari, toza teri yengilroq nafas oladi,
natijada kislorodning organizmga kirishi
osonlashadi.
Mana shu tavsiyalarga doimiy ravishda rioya
qilib borsangiz, uyqungiz samarali bo‘lib,
uyquga ketish uchun kamroq vaqt sarflaysiz.
Aziz ayollar, bu borada sizda qanday
sinalgan tavsiyalar bor? Saytimizda yana
qanday mavzudagi maqolalarni o‘qishni
istardingiz?
Manba: ayol.uz
Просмотров: 2637 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytning yangi ko'rinishi yoqdimi ?
Всего ответов: 4
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama