00:23
Kamqonlik: sabablari, oqibatlari, (uy sharoitida) oldini olish yoxud davolash

Kamqonlik – qonda eritrositlar soni va
gemoglobin miqdorining kamayishi bilan
xarakterlanadi. Bu kasallikka aksariyat
hollarda ayollar va bolalar chalinadilar,
chunki ularda temir moddasiga bo’lgan
ehtiyoj erkaklarnikiga qaraganda 3-5 barobar
yuqori. Ushbu mavzuga to’xtalib
o’tishimizning boisi ham shunda.
Qanday sabablar kamqonlikni yuzaga
keltiradi?
Temir moddasining yetarli darajada
iste’mol qilinmasligi. Qon tizimi yetarli
darajadagi temir moddasini qabul
qilmasa, gemoglobinning yetarli miqdorini
ham ishlab chiqara olmaydi. Malumki,
dunyo aholisining 40% i kamqonlik bilan
xastalanib, kasallikka chalinganlardan
75%i temir tanqisligi oqibatida yuzaga
kelmoqda.
Zaruriy elementlarga boy mahsulotlarni
iste’mol qilmaslik, jumladan, B12
vitamini, oqsilning yetishmasligi;
To’satdan yoki surunkasiga qon
yo’qotish: ko’p miqdorda va uzoq davom
etadigan hayz ko’rish, jarrohlik
amaliyotini boshdan kechirish;
Ayollarda ustma-ust tug’ish. Farzandlar
orasida 3 yildan kam vaqt bo’lmasligi
lozim;
Spiral ishlatganda ham, har oy ko’proq
qon ketishi mumkin;
Foydali moddalarning yetarli darajada
ichaklarda so’rilmasligi (hazm qilishning
buzilishi) yoki aksincha, moddalar
parchalanishining ortib ketishi;
Shuningdek, kamqonlik boshqa bir
kasalliklar simptomi bo’lishi ham
mumkinki, tibbiy tekshiruv natijalariga
ko’ragina davo choralarini ko’rish lozim;
Davo choralari ko‘rilmagan taqdirda
kamqonlik qanday oqibatlarga olib keladi?
Immunitetni (organizmning kasalliklarga
qarshi kurashish qobiliyatini) susaytirib
yuboradi;
Ayollarning tug‘ruq paytida ko’p qon
yo’qotishiga olib keladi;
Kamqonlikka chalingan onalardan
tug’ilgan bolalar ham shu xastalikka
moyil bo’ladi;
Kamqonlik bolalarning aqliy, nutqiy va
jismoniy rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi;
Kamqonlik oqibatida yuzaga kelgan
kislorod tanqisligi tanani zaiflashtirib
boradi;
Kasallikning og’ir formasida yurak
faoliyati tezlashadi, davo choralari
ko’rilmasa, yurakka zarba yetishi mumkin.
Uy sharoitida kamqonlikning oldini olish
uchun:
Temir moddasiga boy ovqatlarni
iste’mol qilish lozim (kunlik 15 mg):
Dukkaklilar (loviya, no’xat, mosh) va
jo’xori;
Go‘sht va baliq mahsulotlari;
Sabzavot (ayniqsa, qizil sabzi), mevalar
va ko‘katlar;
Quruq mevalar: turshak; o‘rik, tut va
olxo‘ri qoqilari; yong‘oq, mayiz.
Ayniqsa, homilador ayollar
odatdagidan ikki barobar ko‘p temir
moddasini iste’mol qilishlari lozim;
Olxo’rini ko‘p iste’mol qilish qon
tarkibida qizil qon tanachalarining
ko‘payishiga yordam beradi;
Ovqatlanish mobaynida yoki ovqat
bilan birga choy yoki qahva iste’mol
qilmang, 25-30 minutdan so’ng
ichgan ma’qul. Chunki ovqatdagi organizm
uchun zarur moddalarni so‘rilmasidanoq
parchalab yuboradi;
C vitaminiga boy mahsulotlar (apelsin
sharbati, na’matakli choy…) temir
moddasining organizmga singishiga
yordam beradi;
Ibn Sino ismaloqni kamqonlikni
davolashda ishlatgan: 1 osh qoshiq
ismaloq o‘ti yoki barg kukuni 200
gramm suvda 10 minut qaynatilib, tindirib
qo‘yiladi. Dokadan suzib, kuniga uch mahal
ichiladi;
Xalq tabobatida: behining bargi va
po‘stlog‘idan qilingan damlama,
shuningdek, limono’t bargidan
tayyorlangan damlama ham kamqonlikda
foydalanadi.
Qadrli ayollar, oila a’zolaringizdan
birortasida anemiya belgilari ( bosh og’rishi
va aylanishi, ishtahasizlik, tez charchash,
ko’ngil aynishi, titroq, qo’l-oyoqlarning
muzlashi, tana haroratining pastligi, terining
och rangga kirishi, tez yurak urishi, nafas
olishning og’irlashuvi, ko’krak qafasida
og’riqlar paydo bo’lishi ) kuzatilsa, tezda
shifokor ko’rigidan o’tkazing. Yuqorida
ta’kidlaganimizdek, kamqonlik boshqa bir
kasallikning simptomi bo’lishi ham mumkin.
Ameniya faqat qon tahlilidan so’ng aniq
belgilanadi.
Manba: ayol.uz
Просмотров: 4719 | Добавил: Sayyod_Bek | Рейтинг: 0.0/0
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytda sizga nimalar yoqmaydi ?
Всего ответов: 1
Saytga Kirish
Hisobot


Reklama