00:56 Homiladorlik va soch parvarishi | |
Homiladorlik davrida sochlar yanada go'zallashadi, lekin ayni shu davrda ular qo'shimcha parvarishni talab etadi. Quyidagi maslahatlar homiladorlik davrida soch kuchini yoqotmaslikka va tuqqandan so'ng sog'lom soch tolalariga ega bo'lishga yordam beradi. 1. Homilador ayolni ko'p narsaga vaqti ba'zida esa kuchi ham yetmaydi. Shuning uchun bu davrda qulay va ko'p vaqt talab etmaydigan soch turmagini qo'llash lozim; 2. Agar sochingiz quruq bo'lsa, homiladorlik payti va sovuq kunda ularni kamroq yuvish tavsiya etiladi; 3. Homiladorlik payti uchun kerakli shampun tanlay olish muhim. Ba'zida shu davrgacha foydalanilgan shampun birdaniga soch tolalariga yoqmay qolishi mumkin; 4. Sochlarni fen bilan emas sochiq bilan quritgan ma'qulroq; 5. Dush ostida turib bosh terini massaj qilish qon aylanishini yaxshilanishiga olib keladi; 6. Elektr depilyatorlar zararsiz hisoblanadi. Lekin kimyoviy epilyasiya va rang beruvchi vositalarni homiladorlik davrida qo'llamagan ma'qul; 7. Ba'zi tadqiqotlarning ko'rsatishicha, homilador ayolning soch bo'yashi uchun kimyoviy vositalarni qo'llashi homilada xromosom o'zgarishlarni keltirib chiqarishga sababchi bo'lar ekan; 8. Sochlar salomatligi uchun vitaminga boy sabzavot va mevalardan ko'proq iste'mol qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Manba: Uzbaby.uz | |
|
| |
Sayt Menyusi
Bo'limlar
Teglar
Eng ko'p o'qilganlar
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Kirish
Hisobot

Reklama